Mahorat so`zining lug`aviy ma`nosi haqida gapiradigan bo`lsak - bu ma`lum
ishni a`lo darajada bajarmoqdir. Mutaxassis - murabbiy mahorati deganda esa, chuqur
bilimli, o`quvchilar ruhiyatini yaxshi biladigan, o`qituvchilikning g`ururi, yuqori
darajada bo`lgan insonlar faoliyati tushuniladi. Aslida bizning kasbda mayda ish
yo`q. Har bir harakatimiz katta ahamiyatga ega.
Bola eng toza, eng nafis va eng buyuk mavjudotdir. SHuning uchun hali u, bu
yoshda gunoh qilishga ulgurmagan bo`ladi. Hamma narsaga g`ayrat va hayajon bilan
boqadi. U kattalarni juda aqlli, ishonchli, ibratli deb biladi. Bola-rostu yolg`oningizga
chippa-chin ishonadi.
Bola shuning uchun ham nafiski, u hali aldovga yo`liqmagan, zarbaga duchor
bo`lmagan-bir aldov uning ming ishonchini poymol qilishi, bir zarba uning murgak
dunyoqarashini alg`ov-dalg`ov qilib yuborishi mumkin.
Ayting, ruhiyatning bolalikda shakllanadigan poydevoriga darz ketmasin!
Xayoldagi qalban nogiron odamlar kattalarning o`quvchilar ko`nglini asrab-
avaylab olmaganining natijasidir. O`quvchilarning buyukligi shundaki, ular yer
kurrasining ertangi sohiblari, kelajak tarixini bituvchilaridir.
Aytingchi, shunday toza, nafis va buyuk zot qoshiga qanday qilib taraddudsiz,
shunchaki, ro`baro`y kelib bo`ladi? Bu bokira olamga bo`ynida la`nat, ko`nglida
loqaydlik bilan kirish gunohi azim-ku! Bir noqobil shifokor umriga kushanda
bo`lishi, no`noq muhandis muhim mexanizmni ishdan chiqarishi mumkin.
Noqobil muallim esa, har gal o`ttiz nafar bolaning ma`naviy dunyosini qorong`i
qilib chiqaveradi.
Haqiqatdan ham hayotda turli xil murabbiylarni uchratamiz. Ba`zilari
o`quvchilarni joni dilidan ortiq sevadi, biroq bilimi sayoz, ba`zilari chuqur bilimga
ega bo`lsada o`quvchilar bilan muomala qilishni bilmaydi, ba`zilari o`rta miyona.
105
Sanasangiz nuqsonlar ko`payaveradi. Xo`sh, pedagogik mahorat nima o`zi? U
hammada ham bormi? Albatta, mahoratni hammada shakllantirish mumkin. Buning
uchun avvalambor sabr - bardosh, qunt bilan o`qish, o`z ustida ishlash,
o`quvchilarning ruhiyatini, ularning rivojlanish xususiyatlarini chuqur o`rganib,
tahlil qila olish va yana eng asosiy narsalar o`quvchilarga mehr va o`qituvchining
o`zida pedagogik g`urur mujassam bo`lmog`i lozim.
Demak, pedagogik mahorat bu-o`qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida
shaxs sifatidagi xususiyatlarini yuqori darajada tashkil qila olish mahoratidir.
Mutaxassis - murabbiyning mahorati bir qator komponentlardan tarkib topadi.
U pedagogika va psixologiya bo`yicha ilmiy bilimlarni, ya`ni kasbiy bilimlar,
kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o`z ichiga oladi.
O`qituvchilar mehnat faoliyati jarayonida o`z ishlarining chinakam
ustalariga aylanadilar. O`qituvchilar bilan bo`lgan suhbatlaridan birida: "…. men
o`zimni bir oz bo`lsada, talantli pedagog deb hisoblamaganman va hisoblamayman
ham … Ammo, men ko`p ishladim, o`zimni ishga qobiliyatli deb hisobladim va
hisoblayman, men ana shu mahoratni egallashga harakat qildim, dastlab, hatto
ishlaganim ham yo`q, ha shunday mahorat bormi, yoki pedagogik talanti deb
aytilishi lozim bo`lgan narsa haqida gapirish kerakmi, deb o`ylayman. Ammo,
biz talantlarning tasodifiy taqsimlanishiga bog`lasak bo`ladimi? Bizda bunday
juda talantli tarbiyachilar qani? Mahorat haqida, ya`ni, tarbiyaviy jarayonni chindan
ham bilish to`g`risidagina, tarbiyalash o`quvi haqidagina gapirish lozim. Men o`z
tajribamda masalani ko`nikma va malakaga asoslangan mahorat hal qiladi, degan
xulosaga keldim", deb ta`kidlagandi bir adib. Sog`lom fikr yurituvchi har bir kishi
mahoratli tarbiyachi bo`la oladi, mahoratga tajriba hamda fikr yuritish orqali
erishiladi, deb ishongandi. Mutaxassis - murabbiylik mahorati - bu avvalo,
o`qituvchiga pedagogik vaziyatni ta`lim tizimi oldida turgan siyosiy va
pedagogik vaziyatlarga muvofiq tarzda hal etish imkonini beradigan kasbiy
bilim, ko`nikma va malakalarni egallashdir. Mutaxassis - murabbiylik mahoratining
nazariy asosi kasbga oid bilimlardir. Tarbiyaning birinchi galdagi vazifalarini
konkret aniqlab, yuzaga kelgan pedagogik vaziyatda pedagogik bilimlarni
106
qo`llashni, tarbiyaviy ishda maqsadga qat`iy va zo`r g`ayrat bilan intilish talab
qilinadi. Bu nimaga erishmoqchi bo`lganimizni bilishimiz va buni qech qachon
unutmasligimiz kerak. Ammo, pedagogika, psixologiyaga doir bilimlar konkret
tarbiyaviy momentlarda yuzaga keladigan barcha vazifalarga tayyor javoblar
berolmaydi. Mutaxassis - murabbiyning faoliyati - ijodiy faoliyati va aynan
bilimlarini ijodiy qo`llash, mohir - pedagogning o`ziga xos xususiyatini ko`rsatib
turadi.
Mutaxassisning pedagogik odobi - yuksak madaniyati va ma`naviyatida
bilinadi. Ochiq ko`ngil, qat`iylik, turli vaziyatlarda o`zini tuta bilishi, o`quvchilarga
nisbatan talabchan va mehribon, tamoyilli va g`amxo`r, ota-onalar, o`quvchilar,
kasbdoshlar bilan ijobiy muloqotda bo`la oladigan, fikrlovchi va dunyoqarashi keng
bo`lishi lozim.
Kasb odobining tarkibi-axloqiy bilim, axloqiy his-tuyg`u, axloqiy e`tiqod,
axloqiy idealdan iborat.
Axloqiy bilimlar - insonning hulqini tartibga soluvchi xulq-atvor to`g`risidagi
tushunchalar, qoidalar, talablar, tamoyillardir.
Xulq-atvor tushunchalari: yaxshilik, adolat, mas`uliyat, burch, vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik.
Axloqiy qoidalar - umuminsoniy va axloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy
axloqiy bilimlarga ega bo`lishlik.
Axloqiy his-tuyqu-o`z kasbidan faxrlanish, zavqlanish, g`ururlanish, o`z qadr-
qimmatini anglash, ma`suliyatni, javobgarlikni his qilish.
Axloqiy e`tiqod-jamiyatga, o`z kasbiga, o`quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar
oldidagi vazifasini bajarishini his qilish, axloqiy bilim qarashlariga ega bo`lishdir.
Bir adib o`z vaqtida "Biz pedagoglarga unday qiling yoki bunday qiling
demaymiz. Biz ularga o`zingiz boshqarmoqchi bo`lgan psixik hodisalarning
qonunlarini o`rganing va shu qonunlarni hamda ularni qo`llamoqchi bo`lgan
muhitlarni nazarda tutib, ish ko`ring deymiz. Faqat mana shu muhitlarning o`zigina
xilma-xil emas, balki tarbiyalanuvchilarning tabiati ham bir-biriga to`g`ri
kelmaydi. Tarbiya muhitining hamda tarbiyalanuvchilar shaxsining shunday o`ta
107
xilma-xilligida qandaydir umumiy tarbiyaviy retseptlar berish mumkinmi? Mana
shuning uchun ham biz pedagoglarga imkon boricha umuman kishini o`rganishi, o`z
tarbiyalanuvchilarini va ularni o`rab turgan muhitni o`rganishni, har doim ham
xayolga kelavermaydigan pedagogik tadbirlar tarixini o`rganishni, o`zida
tarbiyaning aniq ijobiy maqsadini tarkib toptirishni va egallagan bilimlarga hamda
o`z aqliga taya’nib, bu maqsadga erishish sari og`ishmay borishni maslahat
beramiz". Pedagogik faoliyat jarayonida o`qituvchi o`ta xilma-xil kasbiy va shaxsiy
sifatlarni namoyon qiladi. Bu sifatlar bir-biri bilan uzviy bog`langan va mutaxassis -
murabbiyning amaliy faoliyatida bir butun sifatida yuzaga chiqadi. Shaxsiy sifatlar,
maxsus bilimlar va kasbiy bilimlar murakkab va ko`p qirrali birikmasini pedagogik
qobiliyatlar deb, atash qabul qilingan. Pedagogik qobiliyatlar murakkab strukturaga
egadir.
Pedagogik
qobiliyatlarning
shakllanishiga
o`qituvchilarni
tayyorlab
yetishtiradigan o`quv yurtlaridagi ta`lim-tarbiya jarayoni katta ta`sir ko`rsatadi.
Ammo, har bir bo`lajak mutaxassis - murabbiy, bilim yurtida ishlayotgan o`qituvchi
o`zlarida pedagogik qobiliyatlarini o`stirish uchun zo`r ishtiyoqni namoyon qilishlari
kerak. Pedagogik qobiliyat pedagogik faoliyatning shartigina emas, balki natijasi
hamdir. Pedagogik mahorat mutaxassis - murabbiyda pedagogik odobi(nazokati) ning
mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Mutaxassis - murabbiyning umumiy ma`naviy tarbiyalanganligi pedagogik
odobining asosidir. Pedagogik odobi - bu o`quvchilarga nisbatan pedagogik etikaning
o`ziga xos amalga oshirilishidir. Pedagogik odob - bu o`qituvchining yuksak
insoniylik, insonga mehribonlik, o`zini tuta bilishi, sabr-bardosh, har qanday
vaziyatlarda ham hayrihohlik munosabatlarini o`rnata bilishi kabilarni qamrab
oluvchi ma`naviy xulq-atvoridir. Pedagogik odobiga ega bo`lgan mutaxassis -
murabbiy o`quvchilar, ota-onalar, hamkasblari bilan bo`ladigan o`z munosabatlarini
ustalik bilan boshqaradi. Pedagogik odobda, avvalo, insonga chuqur hurmat namoyon
bo`ladi. Murabbiy o`quvchining tarkib topayotgan shaxsi bilan ish ko`radi va uning
o`quvchilar bilan bo`ladigan barcha munosabati: insonga mumkin qadar aql,
talabchanlik va unga imkon darajasida ko`p hurmat tamoyili asosida ko`rinishini
108
amalga oshiradi.
Bir qator kasbiy malakalar pedagogik odobi bilan bog`langan. Bu pedagogik
vaziyatni baholash, o`quvchilarning xususiyatlarini hisobga olish, pedagogik ta`sir
keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan samarani oldindan ko`rish malakasidir. Pedagogik
odob - yuksak pedagogik mahorat mavjudligining belgisidir. Pedagogik odobni
egallash mutaxassis - murabbiydan o`z ustida puxta o`ylab ishlashni talab qiladi.
Murabbiy o`z hatti - harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi bilan
o`quvchilar hatti-harakatiga o`z munosabatini bildira olishi kerak. Ya`ni, pedagogik
odobi o`qituvchida o`z tuyqularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari mavjud
bo`lishini ham nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui pedagogik
mahoratining tarkibiy qismi bo`lib, u pedagogik texnikasi deb ataladi. Pedagogik
texnikas murabbiyga o`quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqotda bo`lishda
to`g`ri muomala tarzini tanlash imkonini beradi. Muomala tarzi, o`quvchilar bilan
munosabat uslubi, diktsiya, mimika, imo-ishorani to`g`ri tanlash, bularning barchasi
pedagogik texnikasi tushunchasiga kiradi. Mutaxassis - murabbiyning pedagogik
mahorati, uning intellekti va madaniyatiga milliy dasturda jiddiy e`tibor beriladi va
shu o`rinda mutaxassis - murabbiy o`z pedagogik mahoratini, kasbga doir vazifalarini
hal qilish qanchalik qo`lidan kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi hamda
qalbiga eng yaxshi yo`llarni axtarishi kerakligi ta`kidlab o`tiladi. Milliy dasturda
mutaxassis - murabbiy o`z tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirib
qolmasligi ta`kidlanadi. U ularga o`zining hatti-harakati bilan ham ta`sir etadi. Uning
intellekti va madaniyati, qaqgo`yligi va insoniyligi, uning ma`naviy sifatlari
o`quvchilar tomonidan etalon sifatida qabul kilinishi kerak. Ilmiy - psixologik -
pedagogik bilimlar tizimining mavjudligi mutaxassis - murabbiyga faqat o`z guruhini
hamda ayrim o`quvchilarni o`rganish va ularning to`g`ri tavsifnomasini
tuzishgagina emas, balki o`quvchilar jamoasi va uning har bir a`zosining rivojlanish
istiqbollarini ham belgilash imkonini beradi. Mutaxassis - murabbiyning amaliy
faoliyati - bu ko`plab pedagogik vazifalarni beto`xtov hal qilishdir. O`zining kasbga
doir bilimlari boyligidan ijodiy foydalangan pedagoggina, ularni muvaffaqiyatli hal
etishi mumkin. Pedagogik mahoratni egallashi uchun murabbiy o`quvchini
109
rivojlantirish va shakllantirishning hozirgi bosqichida nimalarga erishmoqchi
ekanligini aniq tasavvur qilishi lozim. Bunda u mafkuraviy tarbiyaning umumiy
maqsadlariga asoslanishi kerak.
Pedagog o`quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tizimini puxta egallab olishi kerak.
Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya - pedagogika fanlariga doir bilimlar
katta rol o`ynaydi. Pedagog, ko`pincha rus tili, matematika bo`yicha bilimlarni
egallagan bo`lishi, ammo ularni o`quvchilarga yaxshi tushuntira olmasligi mumkin.
Fan asoslarini egallagan ayrim pedagoglar guruh bilan aloqa o`rnata olmaydilar,
o`quvchilar bilan to`qnashuvlarga duch keladilar. Bularning barchasi pedagogning
tarbiyaviy jarayon, tarbiyaviy malakalar haqida yetarli darajada bilimlarga ega
emasligidan dalolat beradi.
Pedagogik mahoratni egallashi uchun mutaxassis - murabbiyga faqat o`z
predmeti yuzasidan bilimlarga ega bo`lish kifoya qilmaydi, u pedagogika va
psixologiyaga doir bilimlarni o`zlashtirishi va ularni muntazam ravishda
kengaytirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |