Insonparvarlik -
(“Inson” - arabcha; “parvar”- fors-tojikcha; “lik”- o`zbekcha
- kishiga g’amxo`rlik, gumanizm) - odamzodning qadri,
uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama namoyon bo`lishi
uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi,
adolatli hayotini ta`min etishga intilish, insoniylikning barcha
tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish
ma`nosini anglatadi.
Interv’yu -
Matbuotda e`lon qilish, radio eshittirish yoki televidenieda
foydalanish uchun muxbirlarni biror kishi bilan utkazgan
suxbati, shu suxbatning matbuotda e`lon kilingan matni
interv’yu deb ataladi.
Intizom -
Maqsadga erishishda, qilinayotgan ishlarda keragicha va
maslahatga muvofiq tartibli ravishda bajariladigan hatti -
harakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |