Global -
To`liq, umumiy, universal.
Gnostik faoliyat -
Pedagogik faoliyatning natijalarini tekshirish va baholash,
uning kyechishi va samaradorligini tahlil qilish.
Grammatik
me`yor
Gapdagi so`zlarni bir biriga bog’lovchi qo`shimchalarni
to`g’ri qo`llash malakasi.
Hadis -
Islom dinida Qur`onu Karimdan keyingi muqaddas manba,
Muhammad Payg’ambarning faoliyati va ko`rsatmalari
haqida rivoyatlar majmui.
Hikoya qilish -
Bo`lib o`tgan va yuz beradigan voqea-xodisalarni batafsil
so`zlash xikoya qilish xisoblanadi. Kichik xajmdagi nasriy
asarlar, katta asarlarning ayrim parchalari darsda xikoya qilib
beriladi. Xikoya qilishda vokealar batafsil, yoki ma`lum
qisqartishlar bilan bayon etilishi mumkin. Bunda xar bir narsa
va xodisa o`z nomi, sifatlari bilan bayon etiladi.
Hisobot -
Xizmatga doir ma`lumot va muloxazalardan iborat xujjat
bo`lib, unda, biror yumush, biror soxa bo`yicha qilingan
ishlar xaqida xabar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |