Adabiy tilning
og’zaki shakli
Tallafuzga, ohang va urg’uga asoslangan nutq shakli.
Adabiy tilning
yozma shakli
Yozuvga, grafik belgilarga asoslangan nutq shakli.
Adaptatsiya (
ko`nikish)-
Shaxs yoki guruhning ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta`sir etish,
moslashish jarayoni.
Afsona -
Fors so`zidan olingan bo`lib, fantastika, sehr-jodu hamda
hayotiy uydirmalar asos bo`lgan nasriy hikoyalar.
Akseleratsiya -
Ijtimoiy - iqtisodiy o`zgarishlar ta`sirida bolaning intellektual
va jismoniy rivojlanishining tezlanishi.
An`analar -
Jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma`naviy
faoliyat shakllarining, kishilar o`rtasidagi aloqalar va
munosabatlarning avloddan-avlodga o`tishi, ajdodlar hayoti,
belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi.
Andragogika-
Kattalarning o`z-o`zini mustaqil rivojlanishi, mustaqil bilim
egallashi, kasbni takomillashtirish haqidagi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |