Uchburchak
— bu juda o`ziga ishongan, barcha narsada o`zi haq bo`lishni
hoxlovchi odam, hamma narsada haq bo`lishga va sharoitni boshqarishga, faqat o`zi
uchun emas, balki imkon darajasida boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga
bo`lgan kuchli ehtiyoj Uchburchakni boshqalar bilan doimo raqobatlashuvchi,
kurashuvchi shaxsga aylantirib qo`yadi. Uchburchak kirishgan har bir ishda
yyetakchi ustanovka — bu g’alabaga, yutuqqa, muvaffaqiyatga bo`lgan ustanovkadir.
U, juda tez —tez tavakkal qiladi, qaror qabul qilishda ikkilanuvchi odamlarga
nisbatan chiday olmaydigan va yoqtirmaydigan bo`ladi.
266
Uchburchaklar nohaq bo`lib qolishni juda yoqtirmaydilar va o`z xatolarini
juda qiyinchilik bilan tan oladilar. Aytish mumkinki, ular ko`pincha o`zlari ko`rishni
hohlagan narsani ko`radilar, shuning uchun ham, o`z qarorlarini o`zgartirishni
yoqtirmaydilar, e`tiborlarini qabul qilmaydilar va ko`pchilik hollarda o`zlaricha ish
tutadilar. Lekin, ular o`zlarining pragmatik yo`nalishlariga mos keladigan, bosh
maqsadga erishishga yordam beradigan narsalarga juda muvaffaqiyatli o`rganadilar,
foydali informatsiyalarni xuddi so`rg’ichdek o`ziga so`rab oladilar.
Uchburchaklar — izzat — nafsli odamlar. Agar, kvadrat uchun or — nomus
ishi bajarilayotgan vazifani yuqori sifatiga erishish bo`lsa, Uchburchak esa, yuqori
sifatiga erishish bo`lsa, yuksak status egallashga boshqacha aytganda, kar’era qilishga
intiladi (buni Uchburchakning salbiy sifati deb qaramaslik kerak). Biron —bir ishni
boshlash yoki qaror qabul qilishdan oldin Uchburchak ongli yoki ongsiz holda o`z
oldiga "Bundan nima foyda ko`raman?" degan savolni qo`yadi. Ishonavering,
Uchburchak qanday qaror qilmasin, bunda albatta Uchburchakning shaxsan o`zi
uchun foyda (har doim ham moddiy emac) aks etgan bo`ladi. Uchburchaklardan
boshqarishning eng "yuqori" darajasida turadigan zo`r menejerlar chiqadi. Ular aynan
"yuksaklikka" intiladilar ham. Bundan ularga yana bitta sifat — "siyosiy fitnachilik"
malakasi yordam beradi. Ular o`zidan yuqori turgan rahbariyatga o`zining va qo`l
ostidagilar ishining ahamiyatliligini ustalik bilan yetkaza oladilar, foydali ishning
hidini bir chaqirimdan sezadilar va bu narsa uchun kurashda o`z raqiblarini "bir —
birlari bilan peshonasini urishtirib" qo`ya oladilar. Mana shu erda "uchburchak"
shaklining bosh salbiy sifatiga e`tibor berish kerak: bu o`ziga yo`naltirilgan kuchli
egotsentrizm. Bu narsa shunga olib keladiki, Uchburchaklar hokimiyat tepasiga
intilayotib ahloqiy normalarni unchalik pisand qilmaydilar va o`z maqsadi sari
boshqalarning boshlarida yurib borishlari ham mumkin. Bu holat boshqalarda
qo`rquv va shunga asoslangan hurmat yuzaga keltirish mumkin, lekin, hech ham
ularga nisbatan moyillik va muhabbat hosil qilmaydi. SHunday bo`lsada...
qo`rqmang! Bu "ashaddiy", ya`ni, vaqtida boshqalar tomonidan to`xtatilmagan
uchburchaklargagina xosdir. Umuman olganda, Uchburchaklar kelishgan, o`ziga jalb
qiluvchi odamlar bo`lib (shunday bo`lmasa kim ham ularga ergashar edi!") hamma
267
narsani va hammani o`z atrofida aylanishga majbur qiladilar, ularsiz bizning
hayotimiz o`z keskinligini yo`qotgan bo`lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |