M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat


Sharq va g‘arb mutafakkirlarining notiqlik san’ati haqida qarashlari



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

6.2. Sharq va g‘arb mutafakkirlarining notiqlik san’ati haqida qarashlari 
 
Jim-jimador gapirishdan saqlan.
Til oddiy va go‘zal bo‘lsin.
A.P.Chexov 
Tayanch so‘zlar:
Notiqlik san’ati, sharq notiqligi, g’arb notiqligi, rim notiqligi, 
notiqlik qonuniyatlari, go‘zal va chiroyli nutq. 
 
Notiqlik san’atiga eramizdan oldingi VII asrda Yunonistonda asos solingan. 
Qadimgi Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilar edi. 
Ular, notiqlik san’atining yetuk namoyondalari bo‘lib, o‘zlarining chiroyli so‘zlari, 
baland va ta’sirchan ovozlari bilan odamlar tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim 


229 
va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq 
madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba 
qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. 
Yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik bilan birga 
notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida tan olingan. Notiqlik 
san’atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati 
uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi 
murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan. 
Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng 
takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining 
quyidagi uchta qonuniyatiga ayniqsa jiddiy e’tibor berilgan: 
- tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g‘oya’ni); 
- tafakkurini uyg‘otish (fikrini, ongini, maqsadini); 
- tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzur halovat va qoniqish hissini uyg‘otmoq). 
Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga halovat 
bag‘ishlash” orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchlariga 
sadoqatli bo‘lishga, eng yaxshi insoniy fazilatlarga amal qilib, ularni bajarishga, odob 
va axloq qoidalariga rioya qilishga chorlar edilar. Bu ularning asosiy vazifasi 
hisoblanardi. Notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va chiroyli 
nutqlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, 
Isey, Esxil, Demosfen kabi namoyondalar Yunonistonning mashhur davlat arboblari 
bo‘lib etishganlar.
 
Yunon notiqlari og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot 
kabi mantiq ilmi qoidalarini chuqur o‘zlashtirganlar. Ular o‘z fikrlari va tuyg‘ularini 
ruhan o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va 
keskin ta’sir o‘tkazganlar. Har bir notiq o‘z ustida yillab tinimsiz mashg‘ulotlar olib 
borgan, sehrli ovoz sohibi bo‘lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga 
amal qilganlar. Ular o‘zlarining ta’sirchan nutqlarini namoyish qilish bilan notiqlik 
san’atini “Mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli” deb 
hisoblagan va buni o‘z faoliyatlarida isbotlab berganlar.
 


230 
Mashhur faylasuf olim 
Sokrat
(eramizdan avvalgi 469 ─ 399 yillar) savol─javob 
usuli orqali suhbat metodiga asos solganligi ma’lum.
Sokratning shogirdi Platon esa o‘z ustozi g‘oyalarini davom ettirib, 
savol─javobni notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyatini yoritadi hamda uni 
inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub 
sifatida baholab, uni mazmunan yanada boyitdi. 
Yunonistonda notiqlik san’atining gullab yashnashi 
Demosfen
(eramizdan 
avvalgi 384─322 yillar) nomi bilan uzviy bog‘langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik 
san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning 
istehzolariga bardosh berib, qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini 
namoyish eta olgan. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining etuk 
namoyodasi, ya’ni o‘z davrining notiqlik san’ati bo‘yicha elitasi sifatida mashhur 
bo‘ldi. U davlat tribunasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi. 
Demosfenning notiqlik san’ati g‘oyalarini davom ettirib, qadimgi YUnonistonda 
Mark Sitseron
(eramizdan avvalgi 106─43 yillar) nutq mahorati, uni takomillashtirish 
yo‘llari, nazariyasi va tarixi bo‘yicha o‘z tajribalaridan kelib chiqib, bir nechta asarlar 
yaratdi. Sitseronning notiqlik san’ati tarixiga bag‘ishlangan “Brut”, “Notiqlik san’ati 
namoyondalari”, “Notiq”, “Notiqlik haqida” kabi asarlari shular jumlasidandir. 
Notiqlik san’atining ulkan imkoniyatlarini, odamlarni va jamiyatni boshqarishda 
qudratli kuch ekanligini ta’kidlab, uni davlatning siyosiy jihatdan bosh quroli deb 
hisoblaydi. SHu sababli har bir davlat rahbari va davlat arbobi notiqlik san’atining 
cheksiz imkoniyatlarini chuqur egallashi lozimligini aytadi. Sitseronning notiqlik 
san’ati nazariyasida “Ideal notiq” haqidagi g‘oyalari muhim ahamiyatga ega. Uning 
fikricha, “Ideal notiq egasi yuksak ma’naviyatli, chuqur bilimga ega, tafakkuri boy 
faylasuf bo‘lishi kerak.” Ideal notiqlar tinglovchilar qalbiga va his tuyg‘ulariga tez, 
chuqur kirib borishi, ularning kayfiyatini, ruhiyatini bilib, shodlik va sevinch 
tuyg‘ularini, yoki aksincha, g‘azab va nafratini ta’sirchan nutqi asosida uyg‘ota olishi 
lozim. 
Sitseron tomonidan ishlab chiqilgan va nazariy hamda amaliy jihatdan 
asoslangan notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlarni, tizimlar va uslublarni rimlik 


231 
Kvintilian 
(eramizdan avvalgi 35-95 yillar) ma’lum bir tartibga keltirib, tabahalashtirib, 
undan shu soha bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchilar unumli foydalanishlari uchun qayta 
ishlab chiqdi. U notiqlik san’atining balandparvoz, asabga teguvchi teatr artistlariga 
xos ovoz ritorikasiga harshi edi. Kvintilianning fikricha, notiq tashqi ovoz natijalari 
bilan emas, balki ilmiy asosga ega, mazmunan boy, mukammal va “tiniq” nutq orqali 
ulkan yutuqlarga erishishi mumkin. U “Tarbiya haqida” asarida o‘z nazariyalariga 
asoslanib, notiqlik san’atini o‘rganish metodikasini yaratdi. Faylasuf olim o‘z asarida 
ilk bor, notiqlik san’atining maktabda bolalar ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’siri haqidagi 
g‘oyalarini ilgari surdi, o‘qituvchilarga tarbiyachilar bilan qizg‘in faoliyat olib 
borishlari uchun notiqlik san’atini mukammal o‘rganishga doir metodikasini taqdim 
etdi.
Mamlakatimizda notiqlik san’atining rivojlanishi O‘rta Osiyo madaniyati tarixi 
bilan bog‘liq bo‘lib, nutq madaniyati hamisha o‘ziga xos mavqega ega bo‘lib kelgan. 
O‘rta Osiyoda notiqlik san’atining xususiyatlari shundan iboratediki, u eng avval o‘sha 
davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilaredi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish