M. M. Axmetjanov, sh sh. Olimov, S. S. Avezov. P e d a g o g I k mahorat


Hozirgi davrda o‘qituvchining nutq madaniyatini oshirishda notiqlik



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/233
Sana06.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#432192
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   233
Bog'liq
pedagokik mahorat

 
6.4. Hozirgi davrda o‘qituvchining nutq madaniyatini oshirishda notiqlik 
san’atini egallash yo‘llari 
 
Ishonch bilan gapir, ana shunda 
so‘z ham tinglovchilarni mahliyo 
etish ham o‘z- o‘zidan kela qoladi.
I.Gyote
Tayanch so‘zlar: 
O‘qituvchi nutq odobi,o‘qituvchining notiqlik san’ati, nutq 
texnikasi, nutq sur’ati. 
 
Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili necha asrlik tarixiy taraqqiyoti davrida 
shakllanib, takomillashib, rivojlanib kelmoqda, U yangi demokratik jamiyatda, 
ayniqsa, siyosat, ijtimoiy taraqqiyot, madaniyat, fan va texnik rivojlanishi bilan bog‘liq 
har qanday murakkab tushuncha va tasavvurlarni, g‘oya’ni xalqqa yyetkazishda 


240 
munosib aloqaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. SHu asosda ulug‘ avlodlarimiz 
vakillarini har tomonlama milliy ruh, yuksak ma’naviy qudrat egasi, o‘zligini anglash 
tuyg‘usini kamol toptirishdek eng muhim vazifani ado etmoqda.
Yangi jamiyatni barpo etish, xalqimiz ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini 
singdirish, yangi demokratik jamiyatning har bir shaxsini barkamol inson sifatida 
tarbiyalashimiz, yurt fuqarolarining ilg‘or qatlami sanalgan o‘qituvchi-pedagoglari 
oldida ham juda katta masuliyat yuklaydi. O‘qituvchining asosiy vazifasi-yosh avlodni 
jismonan baquvvat, ma’nan barkamol, yuksak ilm sohibi va namunali insoniy 
fazilatlarning beqiyos egasi sifatida tarbiyalashdan iborat. O‘qituvchi hamisha yangi 
davr o‘zgarishlari, g‘oyaviy-siyosiy, madaniy, ilmiy, qarashlari va yangiliklarini 
chuqur his qilgan holda dars jarayonida katta usuliy tayyorgarligi bilan ana shu 
maqsadga erisha oladi. Buning uchun esa o‘zbek adabiy tilining fonetik, lug‘aviy, 
orfografik (imlo) va grammatik xususiyatlarini yaxshi anglagan, bu sohada atroflicha 
bilim va malakaga ega bo‘lishi lozim.
Til – ichki jihatdan tabiiylik kasb etsa-da, tashqi jihatdan, yangi bir butunlik 
sifatida ijtimoiy hodisadir.
Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi uning jamoa, jamiyat va o‘zaro munosabatda 
fikr ifodalash, aloqa vositasi sifatida xizmat qilishidir. Jamiyatdagi kishilarning ana shu 
til birliklari: lug‘at tarkibi, tovushlar tizimi, grammatik va intonatsion qoidalardan 
to‘g‘ri, aniq va jonli foydalanishlari asosida nutq paydo bo‘ladi. Umuman, nutqni, bir 
imorat deb tasavvur qilsak, unga ketadigan g‘isht, yog‘och kabi barcha materiallari til 
asosida shakllanadi, barqarorlik topadi. Yanada oydinroq qilib gapirganda, nutq til 
birliklari va vositalari orqali yaraladi, nutqning ham ijtimoiyligi yuzaga keladi .
“Nutq madaniyati” fani predmetining asosi- kishilar nutqining adabiy til 
me’yorlari nuqtai nazardan me’yoriyligini kuzatish, uslubiy jihatdan to‘g‘ri va 
aniqligini izohlash, nutqning to‘g‘riligi, sofligi, ifodaliligi, mantiqiyligi, ta’sirchanligi, 
shu asosda uning go‘zalligini his qilishdir. Shaxs unga erishish uchun quyidagi 
vazifalarni doimiy va muntazam bajarib borishi zarur: 
1.Har bir shaxs o‘zbek adabiy tili me’yorlarini doimiy tarzda o‘rganib, tilning fonetik, 
leksik, grammatik va intonatsion qoidalarini nazariy, ilmiy jihatdan egallab borishi 


241 
zarur.
2.Tilimizdagi so‘zlarning lug‘aviy manosini har doim chuqur anglashga, yangi 
so‘zlarni faol nutqqa aylantirishi, ular orqali so‘z birikmasi, gap tuza olishi, fikr bayon 
eta olishi, shu asnoda nutq matnini go‘zallashtirishga intilishi lozim.
3.U kundalik hayotida lug‘at bilan ishlash malakasi va ko‘nikmasiga moslashmog‘i 
darkor. ” O‘zbek tilining imlo lug‘ati”, ”O‘zbek tilining izohli lug‘ati” , “O‘zbek 
tilining sinonimlar lug‘ati”, “O‘zbek tilining omonim lug‘ati” , “O‘zbek tilining 
antonimlar lug‘ati” , “O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati” va boshqa xildagi lug‘at 
kitoblar doimiy hamrohi bo‘lishi zarur.
4.Kundalik gazeta-jurnallar, badiiy, ilmiy asarlarni muntazam ravishda o‘qib, o‘qilgan 
matn yuzasidan mushohada va mulohaza yuritishi, matndagi har bir fikrni aniq his 
qilishi, ularni eng muhim, dolzarb va hayotiy real dalillarga asoslanganligini farqlay 
olishi kerak.
5.O‘zaro muloqot, munosabat va suhbatda doim samimiylikka erishish, nutqda faqat 
darak (xabar) gaplardan emas, so‘roq, undov, ritorik so‘roq gaplardan, Qur’on oyatlari, 
hadis, maqol va iboralardan o‘rinli foydalanishga erisha olishi lozim. Agar lozim 
topilganda donolar, shoirlar, olimlar va ilg‘or kishilarning hayotiy saboqlari, tajribalari 
bildirilayotgan mavzuga mos g‘oya yoki iqtibos tanlay olish shu nutqning boyishi 
uchun xizmat qiladi.
6.O‘zaro nutq muomalasida so‘zlovchi suhbatdoshi dunyoqarashi, yoshi va jamiyatdagi 
o‘rnini hisobga olmog‘i, shuningdek, nutq so‘zlanayotgan auditoriya, sinf xonasi va 
jamoat qiziqishlarini ham nazarda tutishi zarur.
7.Nutq irod etilayotganda (gapirilayotganda) sharoit yoki o‘sha muhitda uslub turi, 
shakllarini ham to‘g‘ri tanlamog‘i lozim.
8.Nutq odobi, madaniyati asosida nutq etiketi (xalqning, ajdodlarning avlodlarga 
qoldirgan urf-odat, rasm-rusm) lariga to‘liq rioya etishdir. So‘zlayotgan paytda 
“Assalomu alayko‘m” kalomini o‘rniga qo‘yish, suhbatdosh yoki tinglovchiga nisbatan 
yuksak hurmat ko‘rsata bilish, tavozelik kabi odatlarni egallash lozim. 
Suhbatdoshining shaxsiy qadriyatiga tegmaslik, jerkib tashlamaslik, hech qachon 
“Sening gaping nohaq!” demasdan pastga urmaslik kerak, unga nisbatan kinoya, 


242 
kesatiq, noma’qul so‘zlarni qo‘llamasligi kerak. O‘z navbatida xushomadgo‘ylik 
qilmasdan, uning fazilatlarini to‘g‘ri ifoda etish mahoratiga ega bo‘lishi lozim.
9. Ayniqsa, jamoaga kesatiq, kinoya qilmaslik lozim. Asab bilan bir-ikki kishining 
nuqsonini jamoaga to‘nkab gapirish nutqning eng yomon ko‘rinishi bo‘lib, 
gapirayotgan shaxsning hurmatini yo‘qotadi.
10. Tinglovchiga ma’qul va yoqimli, zarur fikrni topib ayta olishi lozim. Uni qisqa va 
lo‘nda qilib yyetkazish, daliliy gapira olish mahoratini egallashi darkor. “Aytar so‘zni 
ayt, aytmas so‘zdan qayt” maqoli shu fikrimizning mazmunini aniq namoyon eta oladi.
Mashhur psixolog D.Karnegi “O‘z-o‘ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so‘zlash 
san’ati” kitobi(T:YAngi asr avlodi. 2012) –da nutq eng avvalo quyidagi talablardan 
iborat bo‘lishi kerak: 
1.Fikr aniq va juda zarur bo‘lishi kerak.
2.Muhim g‘oya’ni tanlay bilish va har xil so‘zlar bilan tinglovchilar diqqatini qaratich 
lozim.
3.Mutaxassislikka aloqador bo‘lmagan kishilar oldida so‘zga chiqqanda, maxsus 
atamalardan chetta turganingiz ma’qul.
4.Tinglovchilarni ko‘rish qobiliyatidan, mushohadasidan foydalanish lozim. Iloji bo‘lsa 
imkoniyatga qarab eksponat, surat, rasmlarni ishlatish lozim.
5.Mavhum fikr-mulohazalaringizni aniq tarzda, ravshan misollar va hodisalar bilan 
bayon eting. 
6.Haddan ziyod ko‘p masalalarni tihishtirib tashlamang. 
7.O‘z ma’ruzangizni qisqa xulosalar, o‘zingiz tomondan aytilgan mulohazalar bilan 
yakunlang.
O‘qituvchi nutqini takomillashtirishning quyidagi yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tish 
mumkin:
- o‘z-o‘zini nazorat qilish;
- nutq madaniyatini rivojlantirish;
- nutqiy muloqotnint barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini egallash uchun o‘ziga 
sharoit yaratish.
O‘z-o‘zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o‘qituvchi 


243 
o‘z nutqiy faoliyatini kuzatishi, u jonli, xilma xil, hissiy bo‘yoqlimi yoki bir xil 
monotonlimi, bilib borishi lozim.
Nutqni tayyorlash jarayonida o‘zingizcha quyidagi savollarga javob toping: 
tinglovchilarda qanday fikr uyg‘otmoqchisiz? Ularda qanday kayfiyat yaratmoqchisiz? 
Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritmni talab etadi? Bir necha bor 
nutqingizni qaytarib ko‘ring.
Nutqingizni badiiy adabiyotdagi lavhalarga o‘z taassurotlaringizni qo‘shgan 
holda qayta to‘ldiring. 
Kommunikativ nutqning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun, o‘qituvchi o‘zida 
notiqlik san’atiga xos, kator maxsus qobiliyatlarni rivojlantirishi talab qilinadi:
o
ijtimoiy perseptiv qobiliyat; 
o
ijtimoiy tasavvur qobiliyati; 
o
o‘zini boshqara olish qobiliyati; 
o
muloqotda o‘zining ruhiy holatini boshqara olish qobiliyati; 
o
irodaviy ta’sir ko‘rsatish qobiliyati; 
o
ishontira olish qobiliyati.
Nutq malakalari va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli egallash uchun sharoit 
yaratuvchi notiqning umumiy ruhiy, jismoniy xususiyatlarini rivojlantirish, bunda 
tasavvurni, obrazli xotira va fantaziya’ni rivojlantirish ko‘zda tutiladi. Bunday 
faoliyatda tovush, diapazon, tembr, diksiya, ritmika muhim rol o‘ynaydi. 
Xulosa qilib aytganda, notiqlik san’atiga erishish, nutq madaniyatining har bir
talablariga to‘la javob berish va ijodiy faoliyat ko‘rsatish demakdir. Bu esa 
o‘qituvchidan juda katta mas’uliyatni talab etadi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish