Siyosiy notiqlikda
esa jamiyatda siyosiy va ijtimoiy g‘oyalarni oldinga olib
chiqa oladigan, unga ommani ishontira oladigan notiqlar muhim ahamiyat kasb etgan.
Maqtov notiqligida
saylovlarda, jamoat orasida nufuzli shaxslarning o‘rnini yanada
mustahkamlash uchun ularning xizmatlarini oshirib ko‘rsatish maqsadida
so‘zlanadigan nutq egalari salohiyat kasb etgan. Xuddi shuningdek, notiqlik san’atini
o‘qitish uchun xizmat qiluvchi o‘quv-mashq notiqligi vujudga kelgan. Bu o‘quv-
224
mashq notiqligi maktabi turli jarayonlarda notiqlik mahoratini kamol toptirgan.
Rimlik notiqlardan biri eramizdan ilgari III- II asrlarda yashab o‘tgan davlat
arboblaridan Mark Partius Kato yoki Katondir. Katon notiq sifatida nutq sanati
nazariyasi va amaliyoti masalalari bilan maxsus shug‘ullangan.
Keyinchalik Rimda aka –uka Tiberiy va Kay Grakx, Mark Anatoniy, Mark
Tulliy Sitseron kabi taniqli qator notiqlar etishib chiqdilar. Ular orasida Sitseron sud
notiqligi bilan shuhrat qozondi.
Mark Tulliy Sitseron (103-43) Rimdan uzoq bo‘lmagan Arpina shahrida
badavlat oilada dunyoga keladi. U YUnonistonning mashhur so‘z ustalari Litsiniy,
Krass va Mark Antoniy kabi notiqlardan so‘z san’atining nozik sirlarini o‘rganadi.
Sitseronning mashhur asari, uch kitobdan iborat “Notiqlar haqida” deb nomlangan
yuqorida zikr etilgan ustozlari tajribasi bayon etiladi. Bu kitobda YUliy Sezar, Strabon,
Katull, huquqshunos Ssevola Vauning shogirdlari Katt, Sulnitsiy Ruflarning ijtimoiy
va siyosiy nutqlari, notiqlik san’ati iste’dodi yoritilgan. Sitseron ushbu asarida notiqlik
san’atiga erishish uchun quyidagi talablarga qat’iy rioya qilishi lozim deb biladi:
1. Notiqning o‘ziga ishonchi mustahkam bo‘lishi kerak. Buning uchun esa notiq o‘z
nutqida olga suriladigan fikrga to‘la ishonch hosil qilishi lozim .
2. Nutq to‘liq isbotli dalillarga ega bo‘lishi kerak .
3. Materialni to‘plash nutqqa tayyorgarlikning asosidir.
4. Materialni to‘g‘ri joylashtirish – ekspozitsiyaga alohida etibor berish lozim.
Joylashtirish shunday bo‘lsinki, u materialni butunlay o‘zlashtirib olishga yengillik
yaratsin. Buning uchun esa nutqni aniq qismlarga bo‘lish lozim.
5. Har qanday sohada ham nutqning muvaffaqiyatini bilish hal etadi. Agar notiq o‘z
nutqi qaratilgan sohani yaxshi bilmasa , u qanchalik sanatkor bo‘lmasin, o‘z
tinglovchisini jalb etolmaydi.
Sitseron ushbu fikrlarini boyitib yana shunday deydi”Kimki jo‘n narsalar haqida
oddiygina, kundalik voqealar haqida o‘rta darajada, ulug‘ hodisalar haqida esa zavq-
shavq bilan gapirsa, shu odam san’atning chinakam ustasi bo‘ladi”-deb aytadi.
Sitseronning yana “Notiq” va “Brut” (“Taniqli notiqlar haqida”) asarlari ham mavjud.
Notiqlik san’ati O‘rta Osiyoda ham keng tarqalgan san’at turlaridan biri sanaladi.
225
Ular orasida buyuk qomusiy olimlar A. Beruniy, A. Farobiy, Ibn Sino, Al- Xorazmiy,
Mahmud Qoshg‘ariy, Zamaxshariy, Sakkokiy til , lug‘at, grammatika va mantiqqa doir
ilmiy asarlar yaratganlar. Bular o‘z navbatida notiqlik san’ati rivojlanishiga munosib
hissa qo‘shishgan. Chunonchi, Beruniy asarlarida nutqni ikki xil yo‘l bilan ifodalash –
nasr va nazmda namoyon etish mumkinligini bildirsa, Farobiy grammatika va mantiq
fanlarining nutqdagi o‘rni va ahamiyatini izohlaydi.
Sharq notiqlik sanatining namoyondalaridan biri Kaykovusdir. U o‘zining
mashhur asari “Qobusnoma ” bilan taniqlidir. Kaykovusning ushbu asari XI asr Sharq
pedagogikasining nodir boyligi bo‘lishi bilan bir qatorda notiqlik haqida ham nozik
fikrlar bayon etilgan. Asrning “Suxandonlik bilan baland martabaga ega bo‘lish
haqida” deb nomlangan ettinchi bobida va hunarni egallashga bag‘ishlangan oltinchi
bobida notiqlik sirlariga doir bildirilgan mulohazalar nafaqat o‘sha davrda, balki
hozirda ham katta ahamiyatga ega. U: “Notiqlikni egallash yo‘li, birinchidan, tinimsiz
mehnat qilishdir, deydi, – ikkinchidan , nutqing go‘zal bo‘lsin. So‘zining ikki tomoni
bordir. Biri go‘zal tomoni, ikkinchisi xunuk tomonidir. Xalq oldida gapiradigan
so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul kilsin”
O‘zbek mumtoz adabiyotining ulkan namoyandasi, so‘z mulkining sultoni
Alisher Navoiy butun ijodi bilan o‘zbek tilining boyligi, naqadar go‘zalligi,
jozibadorligi, chuqur ma’no kasb etishini namoyon etdi. Shoirning “Agar sen shohsen-
ogohsen, agar sen ogohsen- shohsen”- degan dono fikrida ham tilimizdagi so‘z qadrini
qanchalik yuksak darajada egallagan insonning shoh darajada bo‘lishini anglash
mumkin. U notiq (va’zxon yoki voiz) nutqidan inson hamisha ta’sirchan bo‘lishini
ta’kidlaydi:”Va’zxon shunday bo‘lishi kerakki, uning majlisiga kirgan odam to‘lib
chiqsin, to‘la kirgan odam esa yengil tortib, holi qaytsin”. Uning voiz qanday bo‘lishi
haqidagi fikri ham ahamiyatlidir: “ Voiz xaq so‘zni targ‘ib qilishi, Payg‘ambar
so‘zidan chetga chiqmasligi kerak, eng avval uning o‘zi xaq va shu yo‘lga solishi
lozim. O‘zi yurmagan yo‘lga elni boshlamoq – musofirni yo‘ldan adashtirib biyobonga
tashlamoq va sahroda uni yo‘qotmoqdir. O‘zi mastning elni hushyorlikka chaqirishi -
uyquchi kishining odamlarni bedorlikka davat etganiga o‘xshash bir narsadir. ” Demak,
voiz, avvalo, o‘zi shariat va tariqat yo‘liga kirgan notiq bo‘lishi kerak ekan .
226
Navoiy davrining yuksak voizi, zamondoshi Mavlono Husayn Voiz Koshifiydir.
O‘zining “Futuvvatnomai Sultoniy yoxud javonmardlik tariqati” (T, A Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti, fors tojik tilidan N. Komilov tarjimasi) asarida
shunday yozadi: “Bilgilki, odamzodning sharafi nutqi bilan va nutq odobiga rioya
qilmagan odam, u sharafdan bebahradir. So‘z hamma vaqt savob uchun ishlatilishi,
to‘g‘ri va haqqoniy bo‘lishi kerak. Notiq so‘zlovchilarni ikki guruhga ajratadi:1.
Martabaga erishganlar. 2. Martabaga erishmaganlar.
Martabaga erishgan ulamolar(olimlar,oriflar-Sa)nutqda so‘z o‘rni va qadrini aniq
biladiganlar hisoblanib, ular quyidagi qoidalarga rioya qilishlari zarur. Birinchidan, har
kimning ahvoliga qarab, munosib so‘z aytsin. Ikkinchidan, dag‘allik qilmasdan lutf va
muloyimlik bilan gapirsin. Uchinchidan, gapirayotganda tabassum qilib, ochilib
gapirsin. To‘rtinchidan, ovozini baland ko‘tarmasin, eshituvchilarga malol
keltirmaydigan qilib gapirsin. Beshinchidan, odamlarga nafi tegadigan manoli gaplarni
gapirsin. Oltinchidan, agar so‘zning qadr- qimmati bo‘lmasa, uni tiliga olmasin, chunki
ulug‘larning so‘zi bamisoli urug‘dir, agar urug‘ puch yoki chirigan bo‘lsa, uni erga
eksang unib chiqmaydi –deb ko‘rsatadi.
Martabaga erishmaganlar ko‘pchilikni tashkil etib, endigina nutq fazilatlarini
o‘rganayotgan kishilardir. Ular quyidagi suhbat va nutq odobi qoidalarga rioya
qilishlari zarur: birinchidan, so‘zlamaganlarga gapirmasin. Ikkinchidan, so‘zlayotganda
ovozini baland ko‘tarmasin. Uchinchidan, gapirayotganda o‘ngu so‘lga qaramasin.
To‘rtinchidan, g‘arazli va kinoyali gaplarni gapirmasin. Beshinchidan, qattiq
gapirmasin va betgachoparlik qilmasin. Oltinchidan, pushaymon bo‘lmaslik uchun
o‘ylab gapirsin. Ettinchidan, odamlarning gapini bo‘lib gap qaytarmasin.
Sakkizinchidan, ko‘p gapirmasin, chunki ko‘p gapirish aqli nohislik belgisidir. Oz
bo‘lsa ham soz gapirishni shior etsin. ( O‘sha asar 3-7-5-8-betlar).
Notiqning quyidagi fikrlari ham ibratlidir:” Agar so‘z senikimi yoki sen
so‘znikimi, deb so‘rasalar aytgil: men so‘zniki va so‘z menikidir. CHunki so‘z insonlik
daraxtining mevasidir, daraxtni mevadan, mevani esa daraxtdan ajratib bo‘lmaydi.
Agar nuqsonli so‘z qaysidir, deb so‘rasalar, Xudo va Rasulning so‘ziga(teng-S. A. )
kelmaydigan so‘zdir”. (O‘sha asar, 58-bet)
227
O‘zbek adabiyotida ham o‘z asarlari va nutq irod qilish mahorati bilan mashhur
adiblar anchagina. Ular orasida Behbudiy, A. Avloniy,A. Qodiriy, Fitrat, CHo‘lpon,
G‘. G‘ulom, Oybek, X. Olimjon, M. SHayxzoda, A. Qahhorlar nomini ehtirom bilan
tilga olmoq lozim. Keyingi yillarda esa S. Ahmad, Odil YOqub, P. Qodirov, E.
Vohidov, A. Oripov, SH. Xolmirzaev, O‘tkir Hoshimov, Tog‘ay Murod kabi adiblar
ham o‘z asarlari bilan xalq orasida shuhrat qozonganlar.
Birgina H. Olimjonning “Men o‘zbek xalqi nomidan so‘zlayman” maqolasida
butun xalqni dushmanga harshi kurashga da’vat etuvchi so‘zlari nihoyatda ta’sirlidir:
“Qadim o‘zbek yigitlari uzoq safarga otlanganlarida o‘zlari bilan bir siqim ona
tuproqni ham olib borganlar. Bu tuproq ularni xatarlardan himoya qilgan, ularni o‘q
o‘ldira olmagan, nayza tesha olmagan, o‘tdan olib o‘tga tashlaganda ham omon
saqlagan”. Bir siqim tuproq-Vatan timsoli, yurt himoyasi uchun fidoyilik ramzi ekanini
his qilish qiyin emas.
Xullas, yuqoridagi fikrlardan aniqlash mumkinki, suhbat va nutq madaniyati
insonning jamiyatdagi o‘rnini topishda, shaxs va mutaxassis sifatida faoliyat
ko‘rsatishga erishtiradi. Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati
madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki
shakli ─ yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg‘iz
o‘qituvchidan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab
qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o‘qituvchining va
shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog‘liq. O‘qituvchi pedagogik mahoratida
nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini,
tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me’yordir.
O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga etadigan jarayon emas,
u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o‘giti natijasida
yillar davomida takomillashib boradi. O‘qituvchida nutqiy qobiliyat bo‘lishi lozim. Uni
rivojlantirish faqat o‘qituvchining shijoatiga bog‘liq.
Nutq madaniyatining va notiqlik san’atiga umumiy, o‘xshash tomonlari bor. Har
ikkala soha til va nutq, inson nutqi bilan aloqadordir. Har ikkalasi o‘qituvchi nutqiy
faoliyatining ta’sirchan, chiroyli bo‘lishi uchun zarur hodisa bo‘lib, uning nutqiy
228
madaniyatini o‘stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik san’ati ham
nutqning ma’noliligi, nutqiy go‘zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |