CHirmovgul
, oddiy chirmovgul (Araliyalar oilasi). Vatani — Janubiy Yevropa bilan
SHimoliy Afrika. CHirmashib o’sadigan doimiy yashil liana bo’lib, so’rg’ichlari bor,
juda uzun (bir necha metrga boradigan) poya va navbatma-navbat joylashgan to’q
rangli yaltiroq terisimon barglar chiqaradi, barglari uzun bandli bo’lib, 5—7 parrakka
bo’lingan. Ba’zi turlarining barglarida qavarib chiqqan tomirlari ro’y-rost sezilib
turadi. Ola bargli xillari bor, bularda chiroyli bo’ladigan yirik-yirik barglarining
chetlari oq. CHir-movgul juda o’sib kvtishi va xonaning butun devorini qoplab olishi
mumkin. Unga panjara yoki tizimchalar ko’rinishida tayanch bo’lishi kerak. Bu
o’simlik, ola bargli xillarini hisobga olmaganda, soyaparvar, ola bargli xillari
yorug’likni ko’p talab qiladi. Salqin xonalarda va suv purkab turiladigan mahallarda
chir-movgul yaxshiroq o’sadi. Quruq issiq xonalarda unga ko’pincha qalqonli bit
tushadi. CHirmovgulni 3:1:1:1 nisbatdagi chim, bargli tuproq, chirindili tuproq va
qumdan iborat tuproq aralashmasiga har yili ko’chirib olib o’tqazib turish kerak. Bu
o’simlik poya qalamchalaridan ko’paytiriladi. Yezda ochiq havoda o’sishi mum-kin.
Do'stlaringiz bilan baham: |