43
bo’ladigan oddiy shakldagi tillarang otsindapsus ancha chiroyli; ola bargli
otsindapsus yorug’sevar bo’ladi, yorug’lik yetishmay qolganida barglarining tillarang
tusi uchinqirab qoladi. Otsindapsusning poyalari uzun-uzun bo’lganidan tayanchga
muhtojdir. Bu o’simlik qishda o’rtacha miqdorda, yozda mo’l-ko’l sug’oriladi va shu
bilan birga uncha qo’shimcha ravishda suv purkab turiladi. Tuprog’ining qurib
qolishiga bardosh berolmaydi — poyasining pastki tomonidagi barglarini tashlab
yuboradi. Qalamchalaridan ko’paytiriladi, qalamchalarining bir nechtasini bitta
tuvakka ekish kerak. Bir necha yilda bir marta qum aralash oziqli tuproqqa ko’chirib
olib o’tqaziladi.
Toshyorar
, o’simtali toshyorar (Toshyorarlar oilasi). Vatani—SHarqiy Osiyo. Qeng
tarqalgan, yoyilib o’suvchi kichikroq o’simlik, poyalari kalta tortgan bo’lib, barglari
dumaloq, uzun bandli; bargining ustki tomoni to’q yashil yoki qo’ng’irnamo yashil
tusda bo’lib, tomirlari chetida kumushsimon yo’llari bor, pastki tomoni qizg’ish.
Barglari va ularning bandlari qizg’ish tusli qattiq-qattiq siyrak tuklar bilan qoplangan.
Tosh-yorar jingalaklar, yerbag’irlab o’sadigan poyalar chiqa-radi, shulardan bir
nechta barglari va ildizlari bo’ladigan yosh o’simliklar rivojlanadi. Toshyorar bahor
yoki yozda ba’zan g’ullaydi; gullari mayda, och tusli, ko’rimsiz bo’ladi, gul bandlari
uzun.
Toshyorar kamtalab o’simlikdir, qishda unga salqin-gina yorug’ xona bo’lishi kerak.
Qishda uni o’rtacha miqdorda, yozda sal ko’proq (lekin juda mo’l-ko’l qilib emas)
sug’orib turiladi. Bolachalaridan ko’paytiriladi: ularning o’zi ba’zan qo’shni
o’simliklarning tuvaklarida ildiz olib qoladi (ularni ko’chirib olib o’tqazish mahalida
bir-biridan ajratib olish mumkin).
Tradeskantsiya
, virginiya tardeskantsiyasi
(Kommeliyalar oilasi). Poyalari tik o’sadigan pastroq yoki o’rtacha bo’yli botqoq
o’simligi, poyalari navbatma-navbat joylashgan uzun-uzun kambar barglar chiqaradi,
barglari poyasiga taqalibroq turadi. Bu o’simlik chiroyli bo’lib, shig’ab gullaydi.
Gullari pushti band-li bo’lib novdasining yuqori tomonidan chiqadi, ancha yirik, och
zangori rangda, soyavonga to’plangan bo’ladi. Har xil alohida guli oz vaqt—6-10
soat ochilib turadi, keyin uning o’rniga boshqasi ochiladi. Tradeskantsiyaning gullash
davri uzoq — deyarli yil bo’yi davom etadi; gullashida faqat qishdagina biroz uzilish
bo’ladi.
Bu o’simlik mo’l-ko’l sug’orib va vaqt-vaqtida suv purkab turishni talab qiladi.
Yorug’lik yetishmasligiga ko’nikib ketaveradi, hatto shimolga qaragan derazalar
tagida ham yaxshi o’saveradi. Poya qalamchalari hamda tupidan kesib olingan
bo’laklaridan ko’paytiriladi. Ancha tez o’sib, shoxlaydi, tupini har yili, gohida esa
yiliga ikki marta ham bo’lib turish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: