Setkreziya
(tradeskantsiyalarga yaqin turadigan Kommeliyalar oilasi). Juda
manzarali va rang-tusi xilma-xil bo’lishi bilan ajralib turadi. Setkreziyalar
tradeskantsiyalardan ko’ra kattaroq, novdalari bilan barglari yirikroqdir, barglarining
rangi har xil, turiga qarab och yashil, to’q yashil, binafsharang, oq yo’lli och yashil
bo’ladi; ba’zi turlarining barglari bilan novdalari mayin tuklar bilan qalin qoplangan
bo’lsa, boshqalarida bargining bir qismi — qiya yoki pastki qismi tuk bilan
qoplangandir. O’simliklar poyasining uzunligi har xil: ko’p tarmoqlanadigan kalta
yoki 1 m gacha boradigan uzun bo’ladi. Barglari 3 sm dan 15 sm gacha boradi va
bundan ko’ra uzunroq bo’ladi. Setkreziyalarning ko’pchiligi oq yoki pushti gullar
chiqarib, gullaydi. Bu o’simliklar xona yorug’ bo’lishini talab qiladi, yorug’lik
yetishmaganida barglari rangsizlanib, o’zining chiroyini yo’qotib qo’yadi.
Setkreziyalarga
qilinadigan
parvarish
va
ularni
ko’paytirish
yo’llari
tradeskantsiyalardagi bilan bir xil.
Do'stlaringiz bilan baham: |