Ofiopogon
(Piyozgullilar oilasi). Vatani — Xitoy va Yaponiya. Qamtalab kichikroq
o’simlik, to’q yashil rangda bo’ladigan bir (talay kambar, chiziqli qattiq barglar va tik
shingilga to’plangan och tusli mayda-mayda gullar chiqaradi. Barglari ola-bula
bo’ladigan formalari bor. Ofiopogonning yer ostki qismi-ildiz-poya. Bu o’simlik
butun yoz bo’yi qiyg’os gullab turadi. O’rtacha miqdordagi yorug’lik va nisbatan
kam miqdorda sug’orib turishga muhtoj bo’ladi, unga oziqli, yengil tuproq kerak.
Ofiopogon yozda balkonda o’stirilishi mumkin. Ko’chirib olib o’tqazish vaqtida bir
dasta barglari bilan birga ajratib olinadigan ildiz poyasidan ko’paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |