Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

Otsindapsus
(Aroidlar oilasi). Vatani — Osiyo tropiklari. Manzarali-yaproqbargli 
o’simlik. Ko’p yillik liana bo’lib, chirmashib o’suvchi, tarmoqlanmaydigan poyalar 
va yuraksimon shaklda bo’ladigan yirik-yirik qattiq barglar chiqaradi. Barglari 
yaltiroq bo’lib poyasida navbatma-navbat joylashgan. Barglarida ola-bula hollari 


43 
bo’ladigan oddiy shakldagi tillarang otsindapsus ancha chiroyli; ola bargli 
otsindapsus yorug’sevar bo’ladi, yorug’lik yetishmay qolganida barglarining tillarang 
tusi uchinqirab qoladi. Otsindapsusning poyalari uzun-uzun bo’lganidan tayanchga 
muhtojdir. Bu o’simlik qishda o’rtacha miqdorda, yozda mo’l-ko’l sug’oriladi va shu 
bilan birga uncha qo’shimcha ravishda suv purkab turiladi. Tuprog’ining qurib 
qolishiga bardosh berolmaydi — poyasining pastki tomonidagi barglarini tashlab 
yuboradi. Qalamchalaridan ko’paytiriladi, qalamchalarining bir nechtasini bitta
tuvakka ekish kerak. Bir necha yilda bir marta qum aralash oziqli tuproqqa ko’chirib 
olib o’tqaziladi. 
Toshyorar
, o’simtali toshyorar (Toshyorarlar oilasi). Vatani—SHarqiy Osiyo. Qeng 
tarqalgan, yoyilib o’suvchi kichikroq o’simlik, poyalari kalta tortgan bo’lib, barglari 
dumaloq, uzun bandli; bargining ustki tomoni to’q yashil yoki qo’ng’irnamo yashil 
tusda bo’lib, tomirlari chetida kumushsimon yo’llari bor, pastki tomoni qizg’ish. 
Barglari va ularning bandlari qizg’ish tusli qattiq-qattiq siyrak tuklar bilan qoplangan. 
Tosh-yorar jingalaklar, yerbag’irlab o’sadigan poyalar chiqa-radi, shulardan bir 
nechta barglari va ildizlari bo’ladigan yosh o’simliklar rivojlanadi. Toshyorar bahor 
yoki yozda ba’zan g’ullaydi; gullari mayda, och tusli, ko’rimsiz bo’ladi, gul bandlari 
uzun. 
Toshyorar kamtalab o’simlikdir, qishda unga salqin-gina yorug’ xona bo’lishi kerak. 
Qishda uni o’rtacha miqdorda, yozda sal ko’proq (lekin juda mo’l-ko’l qilib emas) 
sug’orib turiladi. Bolachalaridan ko’paytiriladi: ularning o’zi ba’zan qo’shni 
o’simliklarning tuvaklarida ildiz olib qoladi (ularni ko’chirib olib o’tqazish mahalida 
bir-biridan ajratib olish mumkin). 
Tradeskantsiya
, virginiya tardeskantsiyasi 
(Kommeliyalar oilasi). Poyalari tik o’sadigan pastroq yoki o’rtacha bo’yli botqoq 
o’simligi, poyalari navbatma-navbat joylashgan uzun-uzun kambar barglar chiqaradi, 
barglari poyasiga taqalibroq turadi. Bu o’simlik chiroyli bo’lib, shig’ab gullaydi. 
Gullari pushti band-li bo’lib novdasining yuqori tomonidan chiqadi, ancha yirik, och 
zangori rangda, soyavonga to’plangan bo’ladi. Har xil alohida guli oz vaqt—6-10 
soat ochilib turadi, keyin uning o’rniga boshqasi ochiladi. Tradeskantsiyaning gullash 
davri uzoq — deyarli yil bo’yi davom etadi; gullashida faqat qishdagina biroz uzilish 
bo’ladi. 
Bu o’simlik mo’l-ko’l sug’orib va vaqt-vaqtida suv purkab turishni talab qiladi. 
Yorug’lik yetishmasligiga ko’nikib ketaveradi, hatto shimolga qaragan derazalar 
tagida ham yaxshi o’saveradi. Poya qalamchalari hamda tupidan kesib olingan 
bo’laklaridan ko’paytiriladi. Ancha tez o’sib, shoxlaydi, tupini har yili, gohida esa 
yiliga ikki marta ham bo’lib turish kerak. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish