Т ш ш n a V mama w j ш ш a f t



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/51
Sana04.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#431273
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
Bog'liq
Ijtimoiy falsafa.Б.Очилова (1)

Nazorat uchun savollar:
1. Ijtimoiy falsafaning predmetiga ta’rif bering.
2. Ijtimoiy falsafaning falsafa fani bilan aloqasini izohlang.
3. Ijtimoiy falsafaning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi va 
farqli tomonlarini tushuntiring.
4. Ijtimoiy falsafaning dunyoqarashlik funksiyasini tushuntirib bering.
5. Ijtimoiy falsafaning insonparvarlik fimksiyasining ahamiyatini 
ko'rsating.
6. Ijtimoiy falsafaning tamoyillari o‘rtasidagi aloqadorlikni tushun­
tiring.
23


JAMIYAT - YAXLIT TIZIM SIFATIDA
Jam iyat tushunchasi va m azmuni. 
Jam iyat nim adan iborat 
degan m asala ko‘p asrlardan beri faylasuflarni qiynab kelmoq- 
da. Dastlab javob aniq ko‘rinib turgandek tuyuladi: jam iyat — bu 
odamlarning majmuasi. Biroq bu javob, olimlarni anchadan buyon 
qoniqtirm ay q o ‘ygan. Axir, uyni oladigan boMsak, bu shunchaki 
gMshtlaming yig ‘indisi emas-ku! Bunda hammadan m uhim rog‘i 
tarqoq elementlami bir butun qilib birlashtiruvchi bog‘lanishlar va 
o ‘zaro ta’sirlardir.
“Jamiyat” deganimizda uning o ‘ziga x o s tomonlari, institutlari, 
rivojlanishi, m unosabatlam ing takomillashuvi masalalariga oydin- 
lik kiritish nihoyatda zarur.
Jam iyat (arabcha - um um iy) - tabiatning bir qismi, borliqning 
alohida shaklini ifodalaydigan falsafiy tushuncha; odam lar uyush- 
masining maxsus shakli, kishilar o ‘rtasida amal qiladigan ko'plab 
m unosabatlar majmuasi, jam iyat o‘zida moddiylik va m a’naviylik- 
ni, obyektivlik va subyektivlikni, tabiiylik va ijtimoiylikni mujas- 
samlashtiradi. Insoniyatning ulug' mutafakkirlari doim iy o ‘zgarish 
va rivojlanishda boMgan jam iyatning tub mohiyatini bilishga, in- 
sonning jam iyatdagi o ‘m i va rolini belgilashga, taraqqiyot man- 
tigMni anglashga harakat qilganlar. Turli tarixiy davrlarda jam iyat 
mohiyati m ifologik, diniy taMimotlar orqali izohlangan. Jamiyat 
mohiyatini ilmiy-falsafiy bilish, jam iyatning yaxlit ilmiy man- 
zarasini yaratish insoniyat m a’naviy taraqqiyotining buyuk yutugM 
boMdi. Ilm iy bilimlar va falsafiy tafakkum ing rivojlanishi bilan 
jam iyat mohiyatini ilmiy asosda o ‘rganish imkoniyati vujudga kel­
gan. Gegelning fikricha, jam iyat falsafa orqali o'zligini anglaydi. 
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan A bu N asr Forobiy, A bu Ray- 
hon Beruniy, Abu Ali ibn Sino singari ulug* m utafakkirlar jam i- 
yatoing paydo boMishi, m ohiyati va istiqbollari to ‘g ‘risida ilg‘or
24


ilmiy qarashlam i ilgari surdilar. Forobiyning ideal (fozil) jam iyatni 
barpo etish to ‘g ‘risidagi g ‘oyalari ijtimoiy falsafa rivojida muhim 
o ‘rin tutadi. Ibn Sino jam iyatning paydo b o ‘lishi kishilarning bir- 
dam likka boMgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy 
tengsizlik, tabiiy holat, m ehnatning ijtim oiy taqsim lanishi jam iyat 
taraqqiyotining asosi ekanligini ko‘rsatdi. Beruniy birinchi boMib 
sivilizatsiyalarning paydo boMishida tabiiy-geografik om ilning hal 
qiluvchi rol o‘ynaganligini asoslashga harakat qildi, jam iyat hayoti- 
da oila, til va madaniyatning ahamiyatini ko‘rsatdi. M arkaziy Osiyo 
m utafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy taMimotlari keyinchalik Yevro- 
palik olim lar tom onidan ijodiy rivojlantirildi. X IX asr o ‘rtalariga 
kelib jam iyatni ilmiy asosda tadqiq etish, etiigan ijtimoiy m uam ­
m olam i oqilona hal etishda fan yutuqlaridan foydalanish, jam iyat 
istiqbolini oldindan ko‘rish hayotiy zaruriyatga aylandi. G ‘arbiy 
Yevropaning G.Spenser, E.Dyurkgeym , Gegel, M.Veber, V.Pareto 
singari nazariyotchi faylasuflari jam iyatni tabiiy-tarixiy jarayon, 
murakkab ijtimoiy tizim sifatida tadqiq etdilar va jahon ijtimoiy 
falsafasi rivojiga salmoqli hissa qo'shdilar.
H ar bir o'zgargan tarixiy davrda jam iy at mohiyatini yangicha 
idrok etish, yangicha yondashish zaruriyati paydo boMadi. Turli 
tarixiy davrda yaratilgan jam iy at to ‘g ‘risidagi falsafiy ta ’limotlar- 
da davr pyhi, jam iyatning m a’naviy salohiyati o ‘z aksini topadi. 
Ijtimoiy nazariya va ta ’lim otlar ham isha jam iyat duch kelgan mu­
rakkab m uam m olam i hal etish zaruriyatidan paydo boMadi. Jam i­
yat ilg‘or falsafiy ta ’lim otlar tufayli olg ‘a tom on rivojlanishi bilan 
hozirgacha amal qilib kelgan ta ’lim otlar o ‘m iga ilg‘orroq ta ’Iimot- 
lami yaratish hayotiy ehtiyojga aylanadi. Jam iyat g ‘oyat m urakkab 
ijtimoiy organizmdir. U odam lar o ‘rtasida amal qiladigan axloqiy, 
diniy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, mafkuraviy va h.k. munosabat- 
laming, tarixan tarkib topgan oila, din, davlat, axloq va sh.k. ijti­
moiy institutlam ing majmuasidir. Jam iyatning m oddiy va m a’naviy 
hayotini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish ham, ulardan birini mu­
him, boshqasini nomuhim deb hisoblash ham birday xatodir. Jami­
yat hayotining m a’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy sohalari bir-bi­
ri bilan o ‘zaro bogMiq. Ularni boshqarish va takom illashtirishda
25


davlat, jam iyat tashkilotlari va kishilarning o ‘z-o ‘zini boshqarish 
organlari muhim rol uynaydi. H ar bir tarixiy davrda jam iyatning 
m a’naviy-intellektual salohiyati, siyosiy va huquqiy madaniyatiga 
muvofiq ravishda siyosiy boshqarish usuli shakllanadi va amal qila­
di. D em okratik jam iyat iqtisodiy bozor munosabatlari vositasida 
boshqariladi, davlat siyosati iqtisodiy munosabatlami takomillash- 
tirishga yordam beradi. Ijtim oiy raqobat, manfaatdorlik iqtisodiy 
rivojlanishning muhim qonuniyati sifatida amal qiladi. Demokra­
tik davlat jam iyat m a’naviy hayotini takomillashtirish, jam iyatning 
intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilm-fanni taraqqiy ettirish 
haqida k o ‘proq, g ‘am xo‘rlik qiladi. Davlat jam iyat m a’naviyati- 
ning hom iysi sifatida ta ’lim-tarbiya sohasida tub islohotlami am al­
ga oshiradi. YUksak m a’naviyat taraqqiyotning asosidir. Jamiyat 
tarkibini turli sinflar, sotsial qatlam lar va guruhlar tashkil etadi. Ja­
m iyat ijtimoiy tarkibiningxilm a-xilligi m ehnatning ijtimoiy taqsim- 
lanishi, mulkchilik turli shakllarining mavjudligi bilan bog‘liqdir. 
Demokratik jam iyatda m ulkdorlar sinfi dem okratik davlatning 
siyosiy va ijtimoiy tayanchi, iqtisodiy farovonlikni ta ’minlovchi 
kuch hisoblanadi. Demokratik jam iyatning shakllanishi va taraq- 
qiyotini m a’rifatli-huquqiy davlatsiz tasavvur etib boMmaydi. Ijti­
moiy farovonlik va ijtimoiy totuvlik kom il inson shaxsini shakllan- 
tirishga, fuqarolik jam iyat asoslarini yaratishga, huquqiy bilim va 
madaniyatni rivojlantirishga bog‘liqdir. Bozor m unosabatlari sha- 
roitida iqtisodiy hayotni erkinlashtirish m uqarrar ravishda siyosiy 
hayotni erkinlashtirishni taqozo etadi. Fuqarolik jam iyati Ьаф о 
etish, dem okratik institutlami rivojlantirish, komil inson shaxsini 
shakllantirish demokratik jam iyat taraqqiyotining bosh maqsadidir.
Shuni aniq aytish m um kinki, ijtimoiy aloqalaraing mohiyatini 
aniqlash va tushuntirib berish - ijtim oiy falsafaning asosiy vazifa- 
sidir. Aflotunning fikricha, jam iyat odam lam ing ehtiyojidan paydo 
boMadi. Arastu uni “ tabiatning hosilasi”, o ‘rta asr falsafasi — Al- 
loh yaratgan degan fikm i olg ‘a suradi. Forobiy jam iyatning paydo 
boMishini teleologiya — oldindan belgilangan m aqsadga muvofiq 
nuqtai nazardan tushuntiradi - jam iyat odam lam ing kom illikka eri- 
shishi uchun zam r, deb hisoblaydi.
26


Jam iyat tushunchasini tahlil etishda bir qancha ta ’r if va yon- 
dashuvlam i uchratish mumkin. M asalan, nemis faylasufi M aks 
Veber (1864-1920) fikricha, jam iyat insonlarning o ‘zaro ta ’siridan, 
ya’ni ijtimoiy xatti-harakatlardan tashkil topgan tizim boMib, bosh­
qa odam lam ing xatti-harakatiga qarshi javob tariqasida y o ‘naltiril- 
gandir. M. Veber jam iyat rivojining asosini ijtimoiy faoliyatda, deb 
hisoblaydi.
Am erika sotsiologi va ijtim oiy falsafa bo‘yicha mutaxassis — 
faylasuf Tolkott Parsons (1902-1979) iikricha, jam iyat qadriyatlar 
va m e’yorlar bilan bog‘langan odam lam ing m unosabatiga asoslan­
gan tizimdir. Inson shularga asoslanib o ‘z ijtim oiy faoliyatini am al­
ga oshiradi. T.Parsonsni m a’lum m a’noda M .Vebeming g‘oyaviy 
m erosxo‘ri deyish mumkin.
Fransuz faylasufi va sotsiologi Em il D yurkgeym (1858 — 1917) 
ning fikricha, “jam iyat — bu individlam ing oddiy yig'indisidan ibo- 
rat bo‘lmay, maxsus xususiyatlarga ega boMgan, ulam ing birlash- 
masidan tashkil topgan tizim b o ‘lib, reallikni o ‘ziga xos xususiyat­
larga ega boMgan “sui generis” aks ettiradi”.
Taniqli faylasuf P.A.Sorokin (1889-1968) jam iyatga individlar 
va ijtimoiy guruhlam ing o ‘z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan 
faoliyati bilan belgilanadigan, bir-biri va jam iyat bilan o 'zaro mu­
nosabatlari natijasida vujudga keladigan integral yaxlitlik sifatida 
ta’r if beradi. U ning fikricha, “jam iyat m avjud boMishi uchun hech 
boMmasa ikki kishi boMishi va ular bir-birlari bilan o ‘zaro ta ’sir 
bogManishida bogMangan boMishi kerak. B u eng oddiy jam iyatning 
ko‘rinishidir...”.
P.A.Sorokin jam iyatni gorizontal, vertikal y o ‘nalishlarda va 
fiuktuatsiya (tebranish) tarzida m urakkab harakatda boMgan ijti- 
m oiy-m adaniy tizim lam ing rang-barangligini tan olish nuqtai naza- 
ridan tavsiflagan.
Hozirgi davrning taniqli faylasuflari R.Aron, D .Bell, P.BIau, 
E.Giddens, R.Darendorf, G .Zim m el, F. Znanetskiy, T.Kun, K.Le- 
vi-Stross, K. M anngeym , R. M erton, X .Ortega-i-Gasset, K.Popper, 
P.A. Sorokin, E.From m , K.YAspers va boshqalar jam iyat to ‘g ‘ri- 
sidagi o ‘ziga xos fikrlarini bildirganlar. K o‘pchilik m utafakkirlar
27


jam iyatning mohiyatini bir yoki bir nechta asosiy prinsip orqa­
li tushuntiradilar. M asalan, O.Shpannda bu prinsip — birbutunlik,
O.Tofflerda — plyuralizm, U .R ostouda — bosqichma-bosqichlik, 
K.Popperda — ochiqlik, R.M ertonda —universallik. Lekin masalaga 
jiddiy qarovchi faylasuflar hatto o ‘zlarining prinsiplarini ham mut- 
laqlashtirmaydilar. M asalan, K.Popper ochiqlik prinsipi to ‘g ‘risi- 
da shunday deb yozadi: “Ochiq jam iyatlar... hali mukammallikdan 
yiroqda..., balki avlodlarim iz bir necha yuz yillardan so 'n g axloqiy 
jihatdan bizdan ancha o ‘tib ketsalar kerak. Bulam ing barchasi ro ‘y 
berishi mumkin, deb hisoblasam-da, shunga qaramay, yana qay- 
taraman: hozirgi davrda biz yashab turgan ochiq jam iyatlar — qa- 
chonlardir mavjud boMgan jam iyatlarning eng yaxshisi, eng erkin 
va adolatlisi, o ‘z-o ‘zini tanqid qiluvchi va islohotlam i eng tez qabul 
qiluvchilardir” 1.
Rossiyalik taniqli tadqiqotchi E.V. Tadevosyan o ‘zining ja m ­
iyatga bergan ta ’rifida uning barqarorlik, bir butunlik, o ‘zini-o‘zi 
boshqarish, o ‘ziga to ‘qlik, o ‘zini-o‘zi rivojlantirish, odam lam ing 
maMum aloqadorligi va o‘zaro ta ’sirda boMishi, m uayyan ijtimoiy 
m e ’yorlar va qadriyatlarning mavjudligi kabi xususiyatlam i ajratib 
k o ‘rsatdi.
“Jamiyat” tushunchasi yuqorida k o ‘rsatib o ‘tilgan m a’nolardan 
tashqari yana: a) biologik tizim lam ing eng rivojlangan bosqichi; 
b) konkret aniq sotsium; v) ijtim oiy aloqalar va o ‘zaro ta’sirlar 
shakli va b. Jam iyat to ‘g ‘risida gap ketganda, u keng, falsafiy nuqtai 
nazardan tushuniladi. Eng keng m a’noda, jam iyat - bu odam lar bir- 
lashuvining ham m a shakllari, ularning o ‘zaro aloqalari va o ‘zaro 
ta ’sirlarining ham m a usullari majmuidir.
Dem ak, “jam iyat” tushunchasi quyidagi m a’nolam i qam rab ol­
gan:
1. 
Jam iyat tushunchasida nafaqat hozir yashab turgan kishilar­
ning faoliyatlari, balki ulam ing o ‘tmishi ham da kelajak avlodlar 
hayoti, ya’ni insoniyat tarixining ilk boshlanishidan tortib, uning 
kelajagigacha, barcha jihatlari aks etadi.

КЛоппер.
Открытое общество и его враги. М., 1992, Т.2, С.276-277.
28


2. B u tushunchada m uayyan xildagi jam iyatlarning o ‘ziga xos 
jihatlari ham ifodasini topadi. M asalan, “antik davr jam iyati”, “Yev- 
ropa jam iyati”, “osiyocha jam iyat” va hokazolar.
3. M azkur tushunchada bir-biriga bevosita bogManmagan holda 
mavjud boMgan jam iyatlar ham ifodalanadiki, bunda ulam ing ma- 
kon va vaqt bilan aloqador jihatlari e’tiborga olinadi. Bularga misol 
tariqasida qadimgi saklar, 0 ‘rta Osiyo jam iyatlari, Yaqin Sharqdagi 
arab jam iyatlari yoki G ‘arbiy Yevropadagi jam iyatlar va boshqa- 
lami olish mumkin.
Hozirgi k o ‘rinishda jam iyat takror ishlab chiqarish, o ‘zini o ‘zi 
boshqarish va o ‘zini o ‘zi tashkil qilish ichki m exanizm lariga ega 
boMgan tarixan muayyan, yaxlit va barqaror tizim sifatida namoyon 
boMadi. Jam iyat — bu, insonlarning shunday birlashm asiki, uning 
yaxlitligi ijtim oiy ishlab chiqarish, y a ’ni insonlarning um um an ish­
lab chiqarish, o ‘z hayotini q u w atlash va takror ishlab chiqarishga 
qaratiigan birgalikdagi faoliyati bilan ta’m inlanadi1.
Jam iyat ijtim oiy tizim sifatida quyidagi funksiyalam i bajaradi:
• hayotiy ne’matlamLishlab chiqarish;
• ishlab chiqarishni tizimlashtirish;
• takror ishlab chiqarish va insonni ijtimoiylashtirish;
• m ehnat natijalarini taqsimlash;
• davlatning boshqaruv faoliyatining qonunga muvofiqligini 
ta ’minlash;
• siyosiy tizim lam i strukturalash;
• mafkuralarni shakllantirish;
• m adaniyatlar va m a’naviy qadriyatlarning tarixiy davom iyli- 
gini ta ’minlash.
Jam iyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rtasida barqaror aloqa- 
lam ing m avjudligi, ulam ing yakdilligi hech qachon faylasuflarda 
shubha o ‘y g ‘otmagan. Shunday boMsa-da, jam iyatning yaxlitligi, 
butunligi xarakteriga nisbatan turli yondashuvlar m avjud boMgan

Shermuxamedova N.
Falsafa:o‘quv-uslubiy majmua.—Т.: Noshir, 2012. — 509- 
510-b.
29


va m avjud bo‘lib qolmoqda. Falsafa tarixida jam iyatning “atom- 
li” nazariyasi, “ijtim oiy guruhlar” nazariyasi, ijtim oiy institutlar 
va tashkilotlar nazariyasi, jam iyatning “jam iyat organizm kabi” 
nazariyasi singarilar m a’lum. Bugungi kunda k o ‘plab faylasuflar 
jam iyatning tizim sifatidagi nazariyasidan foydalanadilar. Ushbu 
tizim alohida sifatlarga ega, ya’ni:
— integrallik (tizim yaxlitlik sifatida, o (zining elementlaridan 
yuqori);
— funksionallik (har bir elem entning roli uning tizim ichidagi 
o ‘m iga b o g ‘liq);
— tuzilm aviylik (tizim elementlari aloqalarining va munosabat- 
larining nisbatan barqarorligi);
— tashqi m uhit bilan o ‘zaro bog‘liqligi (har qanday tizim bir 
m uncha kattaroq tizim ning elementi hisoblanadi v a bir tom ondan 
ushbu katta tizim ning impulslariga bog‘liq b o ‘lsa, boshqa tomon­
dan, o ‘zi ham tashqi m uhitga ta ’sir k o ‘rsatadi).
U shbu barcha belgilarga insoniyat jam iyati m os keladi.
Jam iyat k o ‘p darajali jam iyat b o ‘lib, asosiy darajalari quyida-- 
gicha nam oyish qilinishi mumkin. Birinchi daraja — bu ijtimoiy 
o ‘zaro m unosabatlar strukturasini belgilab beradigan ijtim oiy rol.
Ikkinchi daraja — ushbu ijtimoiy rollar taqsim langan turli ijti­
m oiy guruhlar va institutlar.
U chinchi daraja — ko‘plab avlodlar tajribalari tom onidan taj- 
ribadan o ‘tkazilgan, inson faoliyati nam unalarini k o ‘rsatadigan 
m e’o ‘rlam i q o ‘ 1 lab-quvvatlaydigan va ishlab chiqadigan madani- 
yat.
To‘rtinchi daraja - huquqiy aktlar bilan tartibga solinadigan va 
ijtim oiy tizim ichida aloqalarni m ustahkamlaydigan siyosiy tizim.
Jam iyat — o ‘z-o‘zini ishlab chiqaradigan, o ‘z-o ‘zini tashkil 
qiladigan, o ‘z-o‘zini tartibga soladigan doim iy harakatdagi tizim
bo‘lib, doim iy o ‘zgarishlar jarayonida bo'ladi.
Jam iyat rivojlanishining asosiy manbai har doim ham yuzaga 
kelgan bashoratlar doirasida har doim ham tartibga solinm aydigan 
insonlar hulq-atvorida aks etadigan ijodiy energiya hisoblanadi. 
Bunday energiya innovatsion deb ataladi. U shbu energiya ichki
30


o ‘z-o ‘zini tartibga solish va nazorat mexanizmlari tufayli amalga 
oshiriladigan jam iyat tizim larida madaniy va institutsional o ‘zga- 
rishlarni keltirib chiqaradi.
Jam iyat rivoji odatda bir m uncha murakkab tizim elem entlarini 
yaratishga qaratiladi. Jam iyat rivojlanishining su r’ati hayot jara- 
yonlari tezlashuvi va ulam ing sekinlashuv davrlarining navbat al- 
mashinuvi, jam oat tuzilm alarining vaqti-vaqti bilan inqirozi va eski 
ahvoliga qaytishi bilan bog‘liq.
Albatta, har bir alohida shaxs m a’lum bir jam iyatda va m a’lum 
bir tarixiy davrda tu g ‘iladi. U yuzaga kelgan, hisobga olm aslikning 
imlconi y o ‘q bo‘lgan ijtimoiy m unosabatlar tizim iga tushib qoladi. 
Biroq, u ushbu tizim da o ‘z o ‘rnini va rolini belgilab olishi lozim 
boMadi.
H okim iyat jam iyatning obyektiv qonuniyati sifatida uning 
taqdiri azali hisoblanmaydi. Shu m unosabat bilan V. Koxanovskiy, 
V. Yakovlev, L. Jarov v a T.M atyashlam ing ta ’kidlashlaricha “butun 
tarix - bu insoniyatning ijtimoiy munosabatlarida erkinlik va inson­
parvarlik sari harakatidir”.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish