asoslanadi, shuningdek uning ishtirokchilari boMgan insonlarning
hoxish-istaklari,
maqsadlari, ideallari, tafakkuri kabi subyektiv
om illar ham bu jarayonda muhim aham iyatga ega hisoblanadi.
Ijtim oiy falsafaning asosiy m asalasi, bu — insonlarning ongi,
tafakkuri ham da borligM, turmushi, y a ’ni,
bir tom ondan, ulam ing
m aqsadlari, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, m a’naviy-axloqiy muam-
molari va ikkinchi tomondan, ularning hayoti va faoliyatining
obyektiv shart-sharoitlarining o ‘zaro bogMiqligi masalasidir.
S.L. Frank ijtimoiy falsafa predm eti va muam m olarini tushun-
tirish uchun shunday nazariy savollar qo‘yadi: “Ijtim oiy
hayot
o ‘zi nim a? U ning zam on va makonda namoyon boMishi, y o w o y i
k o ‘chm anchilam ing oddiy oilaviy-qarindoshlik yacheykasidan
boshlanib, hozirgi m urakkab va zamonaviy davlatlargacha boMgan
xilm a hil k o ‘rinishlari ortida yashiringan um um iy tabiati qanday?
Jam iyat hayoti inson hayotida qanday o ‘rin egallaydi? Inson nim aga
intiladi, uning konkret o ‘m i qanday v a u o‘zining ijtimoiy borligMni
shakllantirib nim aga erishishi m um kin? Va nihoyat, insonning ijti
moiy hayoti yangi dunyoviy kosm ik jam iyatda qanday o ‘ringa ega,
bunda uning aniq maqsadi qanday?” 1.
Shu o 'rin d a 200 у il a w a l fransuz mutafakkiri, sotsial utopisti A.
Sen-Sim on tomonidan qo‘yilgan m asalalar ham diqqatga sazovor.
U ning ta’kidlashicha, “jam iyat haqidagi fanlam ing asosiy vazi-
fasi shundan iboratki, o ‘z davrida jam iyat qurilishining eng yaxshi
darajasiga erishish uchun, bu tizimni rivojlantirish ham da bu tizim
o ‘zining taraqqiyot cho‘qqisiga etganda u inkor etilishi,
shunda
olim lar tomonidan to ‘plangan m ateriallar asosida uni yangi-
lash lozimligini boshqamvchi va hukm dorlar anglab etishi uchun
kerak."2
Taniqli m s faylasufi K.X.M om djyanning fikricha: “Ijtim oiy fay-
lasu f nimani o ‘rganmasin: jam iyat strukturasidagi tashkilotlar yoki
ulam ing ijtimoiy hayotdagi funksional jihatlarinim i, tarix dinami-
1
Франк С. JI.
Духовные основы общества. М., 1992. С. 15.
2 Сен-Симон А.
Избранные сочинения. М.- Л., 1948. Т. II. С. 273-274.
8
kasi yoki uning tamoyillari bo‘ladimi, u o ‘sha inson faoliyatining
turli hil k o ‘rinishlari va o ‘ziga hosliklarini o ‘rganadi”‘.
Insonning biosotsial mohiyatini nam oyon etish imkoniyati-
ga ega bo‘lgan
ijtimoiy borliq, ijtimoiy jarayonlam ing shaklla-
nishi va rivojlanishi qonuniyatlari ijtimoiy falsafaning fan sifatida
bahs mavzusini tashkil etadi. Jam iyat bir butun yaxlit tizim sifati
da rivojlanadim i? Uning harakatlantiruvchi kuchlari nimada? In
son “m e’yori”ning nam oyon boMishining ibtidosi boMgan ijtimoiy
borliq nim a? Uning m urakkab xilma-xil qirralari nim alardan ibo-
rat? Inson qanday pay do boMgan, uning siru-asrorlari nimada?
Shaxsning jam iyat taraqqiyotidagi roMini qanday tushunm oq ke-
rak? Inson
ijtimoiy borliq mohiyatini, uning kelajagini oldindan
bilishga qodirmi? Um um bashariy m uam m olar va ulam i hal qilish
yoMlari qanday?
Ijtim oiy falsafa predm etining ancha keng um um iy tavsifini endi
ikkita qisqagina fikr bilan yakunlash mumkin:
ijtimoiy falsafa “antropotsentrizm tamoyillariga asoslanib jam i-
yatni bir butun tizim sifatida, uning um um iy qonuniyatlari, ulam i
harakatga keltiruvchi va rivojlantiruvchi kuchlar ham da uni qurshab
turgan tabiat va atrof-m uhit bilan aloqadorligini tadqiq qiladi”2;
“ ...ijtimoiy falsafiy nazariyalar jam iyatni, o ‘zaro
hamkorlikda
boMgan kishilar o ‘zlarining va jam oalari hayotini qanday tashkil
etishlarining universal qonuniyatlarini ham da bu qonunlar konkret
shaklda qanday namoyon boMishi xususiyatlarini tushunishga yor-
dam beradi...Ijtim oiy falsafaning tadqiqot predm eti faqatgina jam i
yatni em as, shu bilan birga sotsium yoki sotsiallikni ham o ‘z ichiga
oladi”3.
Do'stlaringiz bilan baham: