Amaliyot.
Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi
. Bu insonning butun bilish jarayoni
sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi,
uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi.
Amaliyotning tarkibiy qismlari:
1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot
vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar
.
Maqsad sub’ektga yoki
odamlar guruhiga xos.
Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi.
Pirovard
maqsad muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning
chegara bilmas intilishi
bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad
haqidagi falsafiy ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi
odamning faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi.
Bu faoliyatning
6
Beruniy. Hindiston. –Т.: «Фан», 1966 y. 25-b.
7
Милитан В. Психология лжи. –М.: «АСТ», 1993. с. 39.
Do'stlaringiz bilan baham: |