55
kamaytirib, yonmaydigan holatga olib keladi. 1 litr suvni 1
o
C ga isitish uchun 4,2
kJ issiqlik sarflanadi. Demak, 1 litr suvni havo harorati 20
o
C qaynash
haroratigacha chiqarish uchun 335 kJ issiqlik sarflanadi.
Uning parga aylanishi
uchun esa 2260 kJ issiqlik sarflanadi. Bundan tashqari 1 litr suv 17000 l parga
aylanishini hisobga olsak, unda yonayotgan zonadan kislorodni siqib chiqarishi
hisobiga yana alanganing o‘chirishini qo‘shimcha ta’minlaydi.
Suv bilan reaksiyaga kirishishi mumkin bo‘lgan moddalarni,
masalan
ishqoriy yer metallar: kaliy, natriylarni suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Chunki bu
metallar hattoki, 0
o
C dan past haroratda ham suv bilan reaksiyaga kirishib suv
tarkibidan vodorodni siqib chiqaradi, uning havo bilan aralashmasi portlashga
xavfli aralashma hosil qiladi.
Shuningdek, suv bilan kuchlanish ostida bo‘lgan
elektr qurilmalarini ham o‘chirib bo‘lmaydi. Bunda o‘chiruvchi hayoti uchun
xavfli vaziyat vujudga keladi. Chunki suv elektr tokini yaxshi o‘tkazadi.
Bundan tashqari yonayotgan kalsiy karbidni ham suv bilan o‘chirish
bo‘lmaydi, buning natijasida atsetilen ajralib chiqishi portlash xavfini vujudga
keltiradi. Suv bilan o‘chirishda suvni kuchli oqim sifatida, purkash yo‘li bilan va
mayda zarrachalar sifatida va shuningdek, ko‘piklantirilgan holatlarda qo‘llanilishi
mumkin. Kuchli suv oqimi sifatida yonayotgan hududga yo‘naltirilgan suv
birinchidan
alangaga zarba beradi, ikkinchidan yonayotgan yuzani sovutadi. Bu
yo‘l bilan alangalanayotgan yong’inlarni uzoqdan turib o‘chirish imkoniyatini
tug’diradi.
Bunday yong’inlarda yaqin kelish imkoniyati, olov tafti kuchli
bo‘lganligidan deyarli bo‘lmaydi. Kuchli suv oqimi bunday yong’inga
yo‘naltirilganda asosan sovutish hisobiga alanga susayadi va alanga tarmoqlari suv
kuchi bilan uzib yuboriladi ammo kuchli suv oqimi bilan har qanday yong’inni
ham o‘chirish imkoniyati bo‘lmaydi. Masalan, bunday usulda yengil
alangalanuvchi suyuqliklarni o‘chirishda foydalanish aksincha
zararli xulosaga olib
keladi, chunki yengil alangalanuvchi suyukliklar kuchli suv oqimi ta’sirida katta
maydonalarga tarqalib ketishi va suvdan yengil bo‘lganligi sababli suv yuzasida
56
o‘z yonishini davom ettirishi yong’inning katta maydonlarga tarqab ketishiga
sababchi bo‘ladi.
Agar suvni purkash yo‘li bilan ishlatilsa, bunda
suv zarralarining kattaligi
0,1 mm dan kichkina bo‘lsa, unda suv zarralarining yonuvchi jismlar bilan
tutashish yuzalari katta bo‘lganlari sababli yonayotgan zonadan issiqlikni yutish
kattalashadi shuningdek, suv zarralari kichik hajmiga ega bo‘lganligi sababli uning
buglanishi kuchayadi, bu o‘z navbatida o‘chirishning havoni siqib chiqarish
omilini vujudga keltiradi va o‘chirish o‘z-o‘zidan ma’lumki, tezlashadi.
Suv purkash usulida binolarning ichidagi yong’inlarni o‘chirish ham yaxshi
natija beradi. Bu usul bilan xonadagi haroratni pasaytirish
va tutunga qarshi
kurashish mumkin. Bu usulni qo‘llashda suvni binoning yuqori qismiga purkash
kerak. Purkashni shunday amalga oshirish kerakki, purkalgan suv iloji boricha
ko‘proq yonish mahsulotlari bilan to‘qnashsin. Purkalgan suv zarrachalari pastga
qarab yo‘naladi, ko‘tarilayotgan issiqlik bilan to‘qnashib bug’ga
aylanadi va bu
bug’ yo‘nalishini o‘zgartirib yuqoriga qarab yo‘naladi, buning natijasida, hosil
bo‘lgan bug’ xonaning yuqori tomonini egallaydi va yonayotgan zonani bosadi.
Yirikroq zarrachalar esa qizib, pastga qarab yo‘nalish davrida yonishdan
hosil bo‘lgan mahsulotlar bilan birikib pastroqqa yonish o‘chog’iga yo‘naladi va
bu erda parlanib yana havoning o‘rnini egallaydi. Bu
bilan ajralayotgan tutunni
bosimi xonani sovutadi, kislorodli havoning kirish yo‘lini bosim ortishi hisobiga
kamaytiradi, bu esa yong’inni o‘chirish imkoniyatini yaratadi. Suv purkash yo‘li
bilan 120
o
C haroratdan yuqori haroratlarda chaqnashi mumkin bo‘lgan yonuvchi
suyukliklarni o‘chirishda ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: