3
Kirish.
Ilm fan va texnikaning jadal suratlar bilan rivojlanishi, oxirgi o’n yilliklarada
shunday savolni qo’yadiki nazariya va texnikada kuchsiz
signallarning turli xil
parametrlarni o’lchashda aniqlik darajasini oshirishni va xar xil olchash
qurilmalarida tez ta’sir etuvchi va xalaqit beruvchiga chidamlilikni talab qilmoqda.
Hozirgi vaqtda o’lchash texnikasida,
avtomatika va telemexanikada, texnik
aloqa va radiotexnikada sinxron detektorlash usuli keng ko’lamda qo’llanilmoqda.
O’lchashlar texnikasida sinxron detektorlash o’zgaruvchan tok vektorini
o’lchashda, magnitli o’lchashda – xalaqit beruvchi fonidagi signalni o’lchash va
ajratishda, ayirim hollarda foydali signallarning qisman ortirishda, avtomatikada –
signal hatoligidan xosil bo’luvchi o’zaro ta’sir muntazamligini ta’minlashda,
foydalanilayotgan elementlarning fazaviy yoki belgili
sezgirligini yaratish uchun;
telemexanika va aloqa texnikasida, radiotexnikada – kanallarni vaqt bo’yicha
chastotaviy ajratishda, xalaqit beruvchi signallar bilan kurashish uchun va h.k.
Fan va texnikaning yangi yo’nalishlarining bir butun holda rivojlanishida
o’lchash texnikasi sohasi oz o’rniga egadir. Bunday
istiqbolli sohalardan kvant
elektronikasi, mikroelektronika, integral va tolali optika, so’ngi
yillarda tez
rivojlanayotgan nanoelektronikani ketirish mumkin va bu sohalardan, toza
materiallarni olish texnologiyasi va ular asosida moddaning berilgan xossasini va
hodisaning fundamental tabiatini chuqur va aniq organishda, materiallarning optik
va boshqa xarakteristikalarini aniqlashda foydalanish mimkin.
Muhim toza
materiallarni olish texnologiyasida moddaning parametrlarini o’lchash usulining
ajrata olish sezgirligi asosiy o’ringa ega bo’ladi, shuning uchun bunday
tadqiqotlarda sinxron detektorlash usulini qo’llash dolzarb ahamiyatga egadir.
So’ngi yillarda foton kristalida foton taqiqlangan
soha konsepsiyasi haqida
turli ishlarda turlicha ma’lumotlar keltirilgan. Foton taqiqlangan soha spektral
sohasida yorug’lik to’lqini foton kristali bo’ylab tarqalaolmaydi, to’liq qaytadi.
Materiallarning foton taqiqlangan sohasi spektrning mikroto’lqinli sohasi(13-15
ГГц)da eksperimental ravishda aniqlashga bag’ishlangan ilmiy maqola 1991 yil
4
e’lon qilingan. Foton taqiqlangan sohasi spektrning infraqizil sohasi(1.35 -1,95
мкм)da joylashgan foton kristali 1999 yilda olingan. Hozirgi kunda foton kristali
asosidagi optoelektronikaning passiv elementlari va
yangi nurlanish manbalarini
yaratish yo’lida intensive izlanishlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda mavjud
bo’lgan yarimo’tkazgichli yorug’lik diodlarining ichki kvant effektivligi 99,7% ni
tashqi effektivligi juda past 2-4% ni tashkil etadi. Foton kristalidan foydalanish
qurilmaning bu ko’rsatkichlarni oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Sinxron detektorlash va uning har xil sohalarda qo’llanilishi ko’plab
kitoblarda
maqolalarda
keltirilgan,
lekin
sinxron
detektorlashning
spektroskopiyada qo’llanilishi ilmiy adaboiyotlarda
amaliy jihatdan deyarli
keltirilmagan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishning mazmuni ishda foton kristali xususiyatiga
ega bo’lgan nano’lchamli SiO
2
sharlaridan tashkil topgan sun’iy opallarning
yorug’likni qaytarish va o’tkazish spektrlarini signalni
sinxron detektorlash usuli
yordamida o’lchashni, sinxron detektorlash usulining fizik asoslari va sinxron
detektorning har xil ish rejimlarini o’rganishga bag’ishlangan. Xulosada olingan
natijalar va butun qilingan eksperimental o’lchashlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: