4.2-rasm. Buxgalteriya balansi tuzulmasi .
Balansga asosan xo‘jalik yurituvchi subyekt uchinchi shaxslar
oldidagi majburiyatlarini bajara olishi yoki unga moliyaviy qiyin-
chiliklar xavf tug‘dirayotganligini aniqlash mumkin.
Balans bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoli-
yatining yakuniy moliyaviy natijasi hisobot davrida xususiy kapitalning
o‘sishi ko‘rinishida aniqlanib, unga muvofiq korxona rahbarlarining
ularga ishonib topshirilgan moddiy va moliyaviy resurslarni saqlash va
ko‘paytirish layoqati baholanadi.
Balans ma’lumotlari asosida istalgan xo‘jalik yurituvchi subyekt-
ning operativ moliyaviy rejasi tuziladi va olingan foydaga muvofiq, pul
mablag‘lari harakatini nazorat qilish amalga oshiriladi.
Balans ma’lumotlari soliq organlari, kredit muassasalari va davlat
boshqaruv organlari tomonidan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |