456
qonuniylashtirilgan.
Tadbirkorlikning intensiv rivojlanishi kreditlarning
qoniqarsiz holati va bankrotlik holatlari iqtisodiy hayotda davlatning rolini
oshirish,
tartibni
saqlashni
kafolatlashni
kuchaytirish,
kreditorlar
manfaatlarini himoyalash zaruratini vujudga keltirdi.
Ordanans barcha yirik va kichik tadbirkorlardan “amalga oshirilgan
muomalalar,
veksellar,
debitor
va
kreditor
qarzlar,
shuningdek,
tadbirkorlarning uy xo‘jaligi uchun jalb qilingan pul mablag‘lari haqidagi
ma’lumotlarni aks ettirgan daftarni yuritish”ni majbur qilgan
30
[5. -C.18].
Bundan tashqari, Ordonansda “savdogarlarning ikki yilda kamida bir
marta
inventarizatsiya o‘tkazishi majburiy ekanligi eslatilgan, bunda Kodeksda
baholashning hech qanday tartiblari ko‘zda tutilmagan
31
[1.- S. 67-68].
Kodeksda uning asosiy muallifi Jak Savari
tomonidan buxgalteriya
hisobining uchta funktsiyasi ajratib ko‘rsatilgan:
–
tadbirkorlarning o‘z-o‘zini axborot bilan ta’minlashi;
–
barcha xo‘jalik faktlarini majburiy ravishda hujjatlashtirish va sud
muhokamalarida hujjatlarining yuridik kuchga ega bo‘lishi;
–
mol-mulklarni inventarizatsiya qilish.
Tadbirkorlarning o‘z-o‘zini axborot bilan ta’minlashini
amalga
oshirish maqsadida J. Savari davriy inventarizatsiyaga asoslangan hisobotni
qonunan qayta tiklagan (agar u XIV asr oxirida Florentsiyada mavjud
bo‘lganligini hisobga olsak).
Dastlabki hujjatlarning yuridik kuchga ega bo‘lishi haqida
Kodeksda
birinchi marta eslatilgan. Luka Pacholi davrida va undan keyingi ikki yuz yil
davomida sud muhokamalarida dastlabki hujjatlarning
yuridik kuchga ega
bo‘lishi haqida ma’lumotlar faqat “savdoga oid” (buxgalteriya) daftarlarida
mavjud bo‘lgan.
Ordonansda hisobot balansini tuzish bo‘yicha hech qanday talablar
mavjud emas. “Mukammal savdogar” nomi bilan 1675 yilda alohida kitob
sifatida chop qilingan Kodeksga sharhlarda J.Savari
inventarizatsiya
ro‘yxati
ni uning asosi sifatida bayon qilgan. Balans inventarizatsiya ro‘yxati
buxgalteriya schyoti shaklida
aks ettiriladigan yakuniy bosqichi sifatida
inventarizatsiya qaydnomalarining tarkibiy qismi sifatida talqin etilgan va
“inventarizatsiya ro‘yxatini balans ko‘rinishida taqdim etish” deb
nomlangan.
J.Savari balans vazifalarini ochib bergan. Balans “birinchidan,
tadbirkor yil davomida nimalarni olgan (sof aktivlari orqali), ikkinchidan,
30
Обербринкманн Ф. Современное понимание бухгалтерского баланса / Под ред. Я. В. Соколова. — М.:
Финансы
и статистика, 1997.
31
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000.
457
tadbirkorning mol-mulkini uning xodimlari va ishchilari o‘g‘irlamasligini
aks ettiradi”. Frank Oberbrikmann fikricha «Savarining g‘oyalari hisobot
foyda va zararni, shuningdek o‘g‘irlik hollarida mumkin bo‘lgan mulkiy
zararlarni aniqlash uchun tuzilishini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, hisobot
mol-mulklar qiymatini hisoblash, shuningdek xo‘jalik holati haqida
ma’lumot berish uchun xizmat qiladi»
32
[5. - S.19].
Shunday qilib, inventarizatsiyaning uchta vazifasi namoyon bo‘lgan:
mulkdor mulklari saqlanishini ta’minlash;
mulkiy
holatni aniqlashtirish, ya’ni
qarz majburiyatlarini qoplash uchun
korxona mulklarining yetarliligini aniqlash
;
xo‘jalik yuritishning moliyaviy natijasini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: