R. D. Dusmuratov buxgalteriya hisobi


ko`nikmalariga ega bo`lasiz



Download 8,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet448/517
Sana04.02.2022
Hajmi8,08 Mb.
#429678
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   517
Bog'liq
fayl 1513 20210818

ko`nikmalariga ega bo`lasiz.


452 
18-bob. BUXGALTERIYA HISOBINING ZAMONAVIY 
NAZARIYALARI VA MODELLARI 
 
18.1. Statik buxgalteriya hisobi 
 
Buxgalteriya hisobi nazariyasini tadqiq qiluvchilarning ta’kidlashicha: 
L.Pacholidan keyingi ikki yuz yilda buxgalteriya hisobi matematikaning bir 
qismi; undan keyingi ikki yuz yilda esa huquqning bir qismiga aylangan 
hamda so‘nggi yuz yildan oshiq davrda buxgalteriya hisobining maqomi 
hisobning tub mohiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanmoqda.
Biroq, huquqning buxgalteriya hisobiga ta’siri uni grafik yozuvlar 
paytida ham, hozirgi vaqtda ham kuzatiladi. Huquq ta’sirining 
gnoseologiyasi Rim huquqiga borib taqaladi. Qadimgi Rimda
22
[1. – S. 45 -
46] bankrot bo‘lganlar umuman kechirilmagan: qarzlarini to‘lay olmagan 
omadsiz savdogarlarning skameyka
23
si sindirilgan (
banca rotta
). Ko‘p 
hollarda ular u tijoratchilar (savdogarlar) jamiyatidan chetlashtirilgan. 
Rim huquqi buxgalterlik kasbi vakillarida konservativ fikrlashni 
shakllantirishga ta’sir ko‘rsatgan. Birinchilardan bo‘lib, vujudga kelgan 
ehtiyotkorlik kontseptsiyasi: korxona faqat tugatilayotgan paytdagina 
foydani ishlatishi (zararni taqsimlashi) mumkinligini, ya’ni natija 
korxonaning yopilishiga olib kelmasligi va qarzlarni ta’minlashga yetarli 
bo‘lishini ifodalaydi. Shunday qilib, savdogarning mulklari olingan kreditlar 
va vujudga kelgan majburiyatlarni qoplashga yetarli bo‘lishi zarur. O‘sha 
paytlardayoq buxgalterlar mulklarni baholashga alohida sinchkovlik bilan 
(uni kamaytirishga moyillik bildirilgan holda) yondashganlar, biroq, bunday 
yondashuvlarni qarzlarga nisbatan qo‘llamaganlar. 
Faoliyatini tugatgandan keyin foydani taqsimlashda to‘sqinlik 
bo‘lmaydigan an’anaviy (klassik) uzluksiz faoliyat ko‘rsatmaydigan korxona 
faoliyatini buxgalteriya yozuvlarida aks ettirishga Venetsiyalik savdogar-
dengizchilarning tijorat-korxonada suzish yakunlanganidan keyin foydani 
taqsimlash bo‘yicha hisob modelini keltirishimiz mumkin. 
Savdogar-dengizchilar har bir safar uchun tovarlar xarid qilish va kema 
sotib olish xarajatlarini qayd qilish maqsadida alohida schyot ochishgan. 
22
Ришар Ж.
Бухгалтерский учет: теория и практика. - М.: Финансы и статис¬ тика, 2000. 
23


453 
Safar yakunlanganidan keyin tovarlarni sotishdan tushum va kemani qayta 
sotishdan daromadlar ushbu schyotga yozilgan. Agar savdogar kemani 
(transport vositasini) keyingi safarlarga foydalanish uchun olib qolsa, u 
sotish mumkin bo‘lgan baho bo‘yicha baholangan. 
Savdogar-dengizchilar tijorat safarining muddati doimiy bo‘lmagan va 
u yakunlangandan keyin faoliyat natijasi aniqlanib, soliqlar to‘langan va 
mulkdorlar o‘rtasida foyda taqsimlangan. 
Biroq, buxgalteriya hisobi tarixida moliyaviy natijalarni aniqlash va 
sheriklik bitimining muddati tugaganidan keyin mulkdorlar o‘rtasida foyda 
taqsimlanishi bo‘yicha bundanda qadimiyroq dalillar mavjud. Professor 
R.De Ruver guvohlik berishicha, Florentsiyadagi Alberti kompaniyasida 
1302-yildan boshlab 1329-yillargacha «daromad yoki zararni hisoblash, 
keyinchalik ularning schyotlarini kreditlash yoki ulardan tegishli summalarni 
hisobdan chiqarish yo‘li bilan hamkorlar o‘rtasida taqsimlash uchun 
moliyaviy hisobotlar muntazam ravishda tuzilmagan. 
Daromadlar taqsimlanishi oralig‘ida bir yildan besh yilgacha vaqt 
o‘tgan. Bu vaqt oralig‘ida shirkatga bitta ham yangi a’zo (hamkor) qabul 
qilinmagan hamda hech kimga shirkatdan chiqish va kapitaldagi ulushini 
olishga ruxsat berilmagan. Hatto hamkorlardan birortasi vafot etganida ham 
shirkatdan avtomatik ravishda chiqarilmagan hamda uning merosxo‘rlari 
o‘zlariga tegishli bo‘lgan foydani va kapitaldagi ulushini olish uchun keyingi 
daromadni taqsimlashni kutishga majbur bo‘lishgan. Ko‘rinib turibdiki, 
kompaniyaning har bir xo‘jalik faoliyati yakunlanganida shirkat haqidagi 
shartnomani tiklash yoki uzaytirish amalga oshirilgan. Daromadlarni 
taqsimlash tartibi shartnoma bandlari bilan oldindan belgilab qo‘yilgan va 
shartnoma kuchda bo‘lgan davrda o‘zgartirilmagan. …. Foyda debitorlar, 
ombordagi tovarlar va kassadagi pul mablag‘larini hisobga olgan holdagi 
korxonaning barcha mablag‘laridan majburiyatlar va kiritilgan kapitalning 
jamini ayirish orqali aniqlangan»
24
[2. - S.23-27]. 
Moliyaviy natijani hisoblash formulasini quyidagicha yozish mumkin: 
yoMN= A
1
-(M
1
+UK
0
) (1) 
Bu yerda: A
1
– shirkat haqidagi shartnomaning tugallanish vaqtidagi 
mulklar qiymati; 
M
1
– shirkatning qarz majburiyatlari; 
UK

- shirkat ishtirokchilari tomonidan u tashkil qilinganida kiritilgan 
ustav kapitali. 
24

Download 8,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   444   445   446   447   448   449   450   451   ...   517




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish