467
Statik buxgalteriya hisobining oxirgi elenmenti dinamik buxgateriya
hisobi uchun ham muhimdir. Statik buxgalteriya hisobida dengiz
sayohatchilari qo‘llagan Venetsiya buxgalteriyasidan bitta ham element
foydalanilmaganligiga e’tibor qaratish muhimdir.
18.3. J.P.Savari – statik va dinamik buxgalteriya hisobining
atoqli tadqiqotchisi
Statik buxgalteriya hisobi XIII asrdan XIX asrgacha bo‘lgan davrda
asta-sekinlik bilan barpo bo‘lgan. XIX asrga kelib statik buxgalteriya
hisobining nazariy asoslari shakllangan. Statik buxgalteriya hisobining
nazariyotchilari orasida G.V.Simon, G.Niklish, V.Le Kutr va boshqalarni
ajratib ko‘rsatish mumkin.
XVII asrda statik va dinamik buxgalteriya
hisobining falsafasining
shakllanishi buxgalteriya hisobining ham statik, ham dinamik yo‘nalishi
vakili sifatida e’tirof qilingan atoqli frantsuz buxgalteriya hisobi
tadqiqotchisi J.P.Savari nomi bilan bog‘liq. Ko‘plab tadqiqotchilar,
xususan, frantsuz R.Ober tomonidan J.P.Savarining bu sohadagi xizmatlari
L.Pacholi
xizmatlari
bilan
tenglashtirilgan.
R.Obergacha
barcha
tadqiqotchilar hisob tarixida ikki yoqlama yozuvning vujudga kelishini
burilish davri sifatida qarashgan va shu sababli L.Pacholining
ishlariga
alohida e’tibor berishgan. R.Ober bizning davrimizda buxgalteriya
hisobini davrlarga ajratish bosqichlarini belgilar ekan
42
[10. S.15],
J.P.Savarini hisob tarixidagi hal qiluvchi o‘rin tutgan shaxs sifatida e’lon
qilgan. Ungacha buxgalteriya hisobi butunligicha ma’lumot berish
tavsifiga ega bo‘lib, xo‘jayinning ish yuritishini osonlashtirgan, mulk
egasining “pul topish va shuxrat qozonish bilan bog‘liq
mayda-chuyda
hayotiy tashvishlarini” hal etishga yordam bergan. Aynan, R.Ober
hisobning uch yuz yillik tarixi – buxgalteriya hisobining yuridik
doktrinasini shakllantirgan J.P.Savari ishlari bilan bog‘liq yuridik maktab
tarixi ekanligini ko‘rsatgan.
J.P.Savari 1675 yilda “Mukammal tijoratchi” ishini chop qilgan.
Ushbu asarda balanslar xilma-xilligi tamoyilini shakllantirgan va mulklar
hisobini soxta tugatish paytida sotish mumkin bo‘lgan baho bo‘yicha va
moliyaviy natijani aniqlash uchun esa tarixiy baho (haqiqiy tannarxi)
bo‘yicha yuritish talabini ilgari surgan. J.P.Savari “eng kam baho
tamoyili”ni asoslagan.
Bu yerda shuni ta’kidlash o‘rinli-ki, Luka Pacholi davrida (hisob oila
42
Соколов Я.В.
Основы теории бухгалтерского учета. - М.: Финансы и ста¬ тистика, 2000.
468
doirasida, ya’ni yakka xo‘jalikda yuritilganida) buxgalteriya hisobi axborot
tizimiga korxonaning ishlab chiqarish vositalari bilan bir qatorda korxona
mulkdorlarining shaxsiy mol-mulklari (kreditorlarning
talablari shaxsiy
foydalanishda bo‘lgan mulklarga ham qaratilgan) ham kiritilgan. J.Savari
mulkdor tomonidan kiritilgan korxona mol-mulklari haqida ma’lumotlarni
jamlaydigan inventar balans bilan mulkdorning shaxsiy mulklari haqida
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan konkurs (tanlov) balansi o‘rtasida farqni
aniqlashtirgan. J.Savari inventar balansga ustuvorlik bergan holda
korxonalar mustaqilligi (korxonalarning ajratilganligi) printsipini oldindan
aytib bergan deyishimiz mumkin.
1549 yilda V.Shveyner buxgalteriya hisobida dastlabki hujjatlarning
o‘rnini aniq belgilab bergan. U tomonidan “hujjatsiz yozuv yo‘q” degan
qoida shakllantirilgan. Frantsuz maktabi vakillari italiya maktabi
g‘oyalarini rivojlantirgan holda xotira kitobini
yuritish zarurligini shubha
ostiga olishgan
43
[11. S.101]. M.van Damm (1606 yil) barcha buxgalteriya
yozuvlari uchun yagona asos sifatida uni dastlabki hujjatlar bilan
almashtirish fikrini qat’iy talab qilgan. Bu zamonaviy buxgalteriya
hisobining shakllanishining uzoq tarixiy taraqqiyoti yo‘lidagi muhim
bosqichdir.
J.P.Savarining xizmati shunda-ki, aynan u 1673
yilda dastlabki
hujjatlarning isbotlovchi (sud muhokamalarida ularni tan olinish) kuchiga
egaligini kiritgan.
Shuningdek, zamonaviy buxgalteriya hisobining inventarizatsiya,
hisobot kabi uslubiy elementlarini shakllantirishda ham J.Savarining
xizmati katta bo‘lgan.
J.Savari inventarizatsiyaning maqomini ko‘tardi (mulkdor mol-
mulklari saqlanishini ta’minlash va ular to‘g‘risida axborotlarni
shakllantirish), buxgalteriya hisobotlarini qonuniylashtirgan va ularni
tuzish majburiyligini kiritgan.
L.Pacholi davrida schyotlar buxgalterlik kuzatishning elementar
(oddiy) ob’ektlariga (ombordagi
zaxiralar assortimenti, turli valyuta
mablag‘lari va shu kabilar) ochilar edi. 1531 yilda Iogann Gotlib
schyotlardagi ob’ektlarni yiriklashtirish zarurligini ko‘rsatdi. J.Savari
buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki pog‘onasini asoslagan:
birinchi pog‘ona schyotlari
– gorizontal bog‘lanishlarda (schyotlar
korrespondentsiyasida) ishtirok eluvchi sintetik schyotlar;
ikkinchi pog‘ona schyotlari
– sintetik schyotlar ko‘rsatkichlarini
aniqlashtirish (taxlil qilish) uchun foydalaniladigan va o‘zlari
43
Соколов Я.В.
Бухгалтерский учет: от истоков до наших дней. - М.: Аудит, ЮНИТИ, 1996.
469
aniqlashtiradigan sintetik schyotlar bilan vertikal bog‘lanishda ishtirok
etuvchi analitik schyotlar.
J.Savari buxgalteriya hisobi registrlarini ishlab chiqishda ham
ishtirok etgan. L.Pacholining ikki yoqlama yozuv postulat
44
idagi g‘oyalar
o‘rin olgan oborot vedomosti ham J.Savarining ijodigi bog‘liq.
J.Savari ishlarida asosiy maqsadi moliyaviy natijani aniqlash bo‘lgan
dinamik buxgalteriya hisobi elementlari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: