39
6. Tarbiyaviy funksiyasi
. Buxgalteriya
hisobi chuqur nazariya,
me’yoriy-huquqiy baza, puxta uslubiy ta’minot
bilan birga axloqiy
jihatlariga (buxgalterlik etikasi) ham asoslanadi.
Shu bois,
xalqaro
amaliyotda «professional buxgalterlarning axloq kodeksi» amal qiladi.
Buxgalterlar o‘z faoliyatida ushbu kodeks normalariga
rioya qilishlari
lozim.
2.3. Buxgalteriya hisobini yuritishga qo‘yiladigan
asosiy talablar
Hisob yuritish oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish
uchun u ma’lum talablarga javob berishi kerak. Bular:
xo‘jalik
muomalalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirish, hisob ko‘rsatkich-
larining reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanuvchanligi, to‘liqlik, o‘z
vaqtidalik, aniqlik, muhimlik, bir-biriga zid bo‘lmaslik, tushunarlilik va
soddalik, tejamlilik va oqilonalik.
Do'stlaringiz bilan baham: