2.4-rasm. Buxgalteriya hisobining «uzviy aloqa» funksiyasining
vujudga kelish jarayoni.
Buxgalteriya hisobi tizimi boshqaruvni uzviy aloqa orqali har
qanday darajada axborot bilan ta’minlay oladi. Boshqa hech qanday
tizim ushbu vazifani bajara olmaydi.
Uzviy aloqa funksiyasi, odatda, asosan dastlabki hujjatlardan
olinadigan, turli xil tashuvchilardagi birlamchi axborotlarni shakllan-
tiradi. Masalan, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi ishbay naryadlarda
mavjud bo‘lgan axborotlar, ham bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmini
hisobga olish uchun, ham ma’lum davr ichidagi rejalashtirilgan har bir
tadbir bo‘yicha rejadan chetga chiqishlarni aniqlash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |