Bernulli egri chizig‘i
– hisob insoniyat
tarixining
ibtidosidayoq
paydo
bo‘lib, to yerda hayot bor ekan
mangu qolishini bildiradi.
sh i o r :
Science
– fan,
Conscience
– ishonch,
Independance
– mustaqillik
2.5-rasm. Buxgalterlarning xalqaro gerbi
Ishonchlilik.
Avvalo, buxgalterlar tomonidan ilmiy, nazariy
bilimlarning amaliyotda vijdonan qo‘llanilishi xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar faoliyatining ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi. Buxgalterlik
amaliyotida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot ma’lumotlari
ishonchli, ya’ni haqqoniy holatni aks ettiradigan bo‘lishi lozim. Aks
holda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar noto‘g‘ri
qarorlar qabul qilishiga olib kelishi mumkin.
Demak, axborotlar ishonchliligi
dastlabki hisob hujjatlarini
yuritish va buxgalteriya hisobi registrlarini to‘lg‘azishdan to
buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning boshqa shakllarini taqdim
etishgacha bo‘lgan butun buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy
hisobotni tuzishning asosiy printsipi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |