2.6-rasm. Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning
turkumlanishi
Ma’muriyatning barcha xatti-harakatlari korxonaning moliyaviy
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Shuning uchun buxgalteriya
zarur ma’lumotlarni tayyorlagan holda javob berishi lozim bo‘lgan
savollarning mazmuni: ishlab chiqarish quvvatlarining materiallar bilan
ta’minlanganlik darajasini, mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar
holatini, ayrim turdagi materiallarni hamda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar tannarxining qanday shakllanayotganligini, debitor va
kreditor qarzlar o‘zgarishining holatini va boshqalarni ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |