Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va


- rasm. Tafakkur va uning o‘ziga xosliklari



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana04.02.2022
Hajmi0,89 Mb.
#428874
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1 мавзу.docx

1.3.1- rasm. Tafakkur va uning o‘ziga xosliklari 
Tafakkur shakllari – fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning 
bog‘lanish usuli bo‘lib, u tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida 
mavjud bo‘ladi.
Tushuncha – narsa va hodisalarning umumiy muhim belgilarini aks ettiruvchi 
tafakkur shakli bo‘lib, u ma’lum bir mantiqiy usullardan taqqoslash, analiz, sintez, 
abstraksiyalash, umumlashtirishlar foydalanilgan holda hosil qilinadi. 
Hukm – narsa-buyumga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki 
xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli bo‘lib, fikr yuritish jarayonida narsa-
buyumlar va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, 
zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. 
Xulosa chiqarish – bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida 
hosil bo‘lgan yangi hukm. Xulosa chiqarish fikr o‘rtasidagi shunday bog‘lanishdirki, 
mazkur bog‘lanish natijasida bir yoki undan ortiq hukmlardan uchinchi hukm 


keltirib chiqariladi. Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va 
anologik. 
Tafakkur qonunlari – muhokama yuritish jarayonida fikrlar o‘rtasidagi 
mavjud zaruriy aloqalar, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar. 
Tafakkur qonunlariga fikrning aniq bo‘lishi, fikrning izchilligi va tizimliligi, fikrlash 
jarayoninining ziddiyatsizlik xususiyatiga ega bo‘lishi, fikr yuritish jarayonida chin 
mulohazalardan foydalanish kabilar kiradi. 
Pedagogik 
tafakkur 
esa, 
obyektiv-subyektiv 
tarbiyaviy 
o‘zaro 
munosabatlarni, shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga bevosita ta’sir etuvchi 
bolalar va kattalarning o‘zaro birgalikdagi harakatini bilish va anglash natijasida 
yuzaga keladi. Pedagogik fikrlash tarbiyachining ta’lim-tarbiya amaliyotini anglash, 
tahlil etish, taqqoslash, umumlashtirish, baholashga imkon beruvchi kasbiy fikrlash 
qobiliyati sifatida shakllanadi.
Yangicha pedagogik tafakkur eski, odatdagi fikrlashning yangi shart-
sharoitlar va hayot talablariga mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan qarama-
qarshilik natijasida yuzaga keladi. U o‘zida ijodiy va novatorlikni aks ettiradi.
Pedagogik fanlar rivoji, nazariy konsepsiyalarning yuzaga kelishi, yangi 
metodik tizim va texnologik jarayonlarning yaratilishi muntazam ravishda 
pedagogik 
tafakkurni 
yangilashni 
talab 
etadi 
va 
maktab 
amaliyotini 
takomillashtirishning bosh sharti sifatida xizmat qiladi.
Ilmiy-pedagogik tafakkur dialektika qonunlari asosiga quriladi. Unda bolalar 
hayotiy faoliyatining tashqi shart-sharoitlari va tasodifiy stimullari taqozo etuvchi 
o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini harakatga yo‘naltirish nuqtai nazaridan 
pedagogik dalil, vaziyat, hodisa, voqeliklar hisobga olinadi. Bola qanday harakat 
qilishiga qaramasdan, uning xulq-atvori va shaxsini tahlil etishda nafaqat aniq 
yaxshi yoki yomon xatti-harakatiga oid dalillar, balki uning ichki olami bilan bog‘liq 
ideal, motiv, ehtiyoj, qiziqishlarini hisobga olish zarur. Masalaga bunday yondashuv 
shakllanayotgan shaxsning xulq-atvori tasodifiymi yoki xarakteridagi qonuniyat 
natijasi ekanligini ishonchli aniqlash imkonini beradi. Bu esa xulq-atvorni 


pedagogik savodxonlik bilan tahlil etish, ungi asosli baho berish va to‘g‘ri ta’sir 
ko‘rsatishga yordam beradi. 
Pedagogik, shuningdek, hayotiy nuqtai nazardan bolalarning o‘zaro 
birgalikdagi harakati nafaqat tarbiya obyekti sifatida, balki o‘z-o‘zidan shaxsiy 
hayot aks etadigan, anglaydigan, o‘z-o‘zini qayta tashkillashtiradigan 
ijodiy harakatlanuvchi subyektlar tarzida namoyon bo‘ladi. SHuning uchun 
pedagoglar bolalarning fiikrlashi va xulq-atvoridagi turli kutilmagan, oddiy 
bo‘lmagan istalgan vaziyatlarga tayyor bo‘lishi va operativ ta’sir ko‘rsatishi lozim. 
Haqiqiy ma’nodagi pedagogik tafakkur pedagogga tayyor namunalardan voz 
kechish, yangilikni qabul qilish, narsa-hodisalar uyg‘oq nigoh bilan qarash, qarama-
qarshiliklarni tahlil etish va uni hal etishga yo‘l topishga yordam beradi.
Pedagogik tafakkurning qator mezonlari va parametrlarini ajratib ko‘rsatish 
mumkin: 
- tarbiyaviy hodisalar va dalillarni yaxlitlikda, o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro 
bog‘liqlikda tahlil etish qobiliyati; 
- pedagogik o‘zaro harakat va ta’sir ko‘rsatishning genezisini ko‘ra olish 
qobiliyati; 
- pedagogik harakatning ta’lim-tarbiya maqsad va natijalari bilan o‘zaro 
taqqoslay olish qobiliyati; 
- pedagogik tafakkur yuritish jarayonida fikrlashning barcha turlari va 
usullarinidan foydalanish qobiliyati; 
- pedagogik voqelikni tahlil etish va umumlashtirish, pedagogik nuqtai 
nazardan haqiqat va yolg‘onni farqlay olishni yaxlitlikda amalga oshirish qobiliyati; 
- pedagogik voqelikni tahlil etishda mavhumlikdan, aniqlikka qarab borish 
qobiliyati; 
- murakkab shablon va stereotiplardan rad etish, yangi baho, umumlashma, 
yondashuv, harakatlarni izlab topish qobiliyati; 
- amaliy, ijodiy izlanishda nazariya va yangi g‘oyalardan foydalanish 
qobiliyati; 


- bolalar bilan dialog jarayonida dalilarni samarali qo‘llash va ishonchli 
asoslash qobiliyati; 
- fikriy egiluvchanlik va tezkorlikning namoyon bo‘lishi qobiliyati; 
- taktik va strategik harakatlarni farqlay olish qobiliyati. 

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish