Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
Ochiq bo‘lmagan shariy dalillar bilan bajarilishi takidlangan amal (Ramazon
va Qurbon hayiti
namozlari, namozda (zam suradan avval) Fotiha surasini o‘qish kabi).
Hukmi. Bajarilishi lozim (vojib) bo‘lib, uni inkor etgan kishi kofir bo‘lmaydi. Vojibni bajargan kishi
savob oladi. Tark qilgan kishi esa, jazoga loyiq bo‘ladi.
3. Sunnat
Sunnat ikki qismga bo‘linadi:
a) Sunnati muakkada: Payg‘ambarimizning,
sollallohu alayhi va sallam, har doim bajarib,
juda kam
holatlarda tark qilgan sunnatlaridir Tahoratda og‘zini suv bilan chayish kabi.
b) Sunnati g‘ayri muakkada: Payg‘ambarimizning,
sollallohu alayhi va sallam, ba’zan bajarib, ba’zan
tark qilgan sunnatlaridir.
Hukmi. Sunnat amalni bajargan kishi savobga erishadi. Uni tark qilish karih va zararlidir.
4. Harom
Qattiy, ochiq shariy dalillar bilan bajarilishi taqiqlangan amal. Zino, o‘g‘rilik qilmoq kabi.
Hukmi. Harom ishni qilgan kishi do‘zax azobiga giriftor bo‘ladi. Tark qilgan kishi esa, Allohning
amriga itoat qilgani uchun savobga erishadi, haromni inkor qilgan odam kofir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: