Abu Zayd SHIBLIY
FIQHNING TA’RIFI
"Fiqh" so‘zining lug‘aviy ma’nosi "idrok etmoq", "anglamoq", "tushunib yetmoq"dir. Istilohda esa bu
so‘z, ochiq dalillar bilan buyurilgan amallar, ya’ni bevosita etiqodga tegishli bo‘lmagan namoz, ro‘za,
zakot kabi masalalarga oid shariy hukmlarni o‘rganish ilmini anglatadi.
Foydalari:
— Alloh taoloning rizoligiga mos amallarni to‘g‘ri ado etishni o‘rgatadi;
— dunyoda baxtli, saodatli bo‘lish, jaholat jarligidan bilim cho‘qqisiga yuksalish yo‘lini ko‘rsatadi;
insonlarga foydali va zararli bo‘lgan narsalarni bayon qilish imkoniyatini beradi; oxiratda esa,
do‘zaxdan saqlanib, jannatdagi abadiy ne’matlarga yetishuvimizga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |