Hojatxona odobi
Kishi hojatxonaga chap oyog‘i bilan kiradi va kirmasdan avval
"Auzu billahi min ashshaytonir rojim"
deydi.
Izoh: (Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam: "Hojatxonaga kirganingizda jinlarning
ko‘zlari bilan odam zotning avrat joylari orasidagi parda kishining (kirishdan oldin)
"Bismilloh"deyishidir ", ma’nosidagi hadislariga ko‘ra, Hojatxonalar jin va shaytonlar mavjud
bo‘lgan joylardir. "Inson u yerga kirgach, jinlar, erkak va urg‘ochi shaytonlarning yomonligidan
(sharridan) Allohdan panoh so‘rasin, hadisiga ko‘ra hojatxonaga kiradigan odam, avval, "Bismillah"
deyishi, so‘ngra "auzu " aytishi sunnatdir.
Xaloda chap oyog‘iga og‘irligini solgan holda o‘tiradi. Zarurat bo‘lsagina, gapiradi. Hojat ushatganida
bino ichida bo‘lsa ham, oldini va orqasini qibla tomonga qilishi tahriman makruhdir.
Izoh: Inson oldi yo orqasini qiblaga qilgan holda hojatxonada o‘tirganida makruh ekanligi esiga
tushib qolsa, darhol yo‘nalishini o‘zgartiradi. Hadisi sharifda ifoda qilinganiga ko‘ra, bunday harakat
tufayli iison juda buyuk savobga ega bo‘ladi. Mazkur hadis quyidagichadir: "Dastlab unutgan holda
tahorat ushatish uchun qiblaga qarab o‘tirgan inson, so‘ngra qiblaga bo‘lgan hurmati tufayli esiga
tushgach, boshqa tomonga o‘girilsa, u yerdan bu xususdagi barcha gunohlari kechirilgan holda
chiqadi ".
Quyoshga. oyga va shamol esayotgan tomonga qarab tahorat ushatish, suvga, soyaga, yer yoriqlariga,
yo‘llarga, qabristonga, mevali daraxt tagiga yozilish yoki siyish makruhdir.
Izoh: Payg‘ambarimiz, solishyuhu alayhi va sallam, "Sizlardan biringiz aslo turg‘un suvga bavl
(siydik) qilmasin ", deganlar. Bu xususda qisqacha shuni aytishimiz mumkinki, oz miqdordagi turg‘un
suvga bavl qilish, u suvni mutlaqo iflos qiladi. Pok narsani hech qanday majburlovchi sababsiz,
qasddan iflos qilish esa haromdir. Turg‘un suv ko‘p bo‘lgan taqdirda, unga bavl qilish haromga yaqin
makruhdir. Oqayotgan suvga bavl qilish esa tanzihan makruhdir, ya’ni juda katta zarari bo‘lmasa
ham, hayot manbai bo‘lgan suvni ezozlab, tozalik tuyg‘usini ham nazarda tutgan holda, bunday
nojo‘ya harakatlardan saqlanish lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarda (holatlarda) bavl qilish
o‘rniga katta tahorat ushatishning hukmi ham shunday, hatto undan ham jirkanch va nojo‘ya
harakatdir.
Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, "Lanatga uchraganlardan qochinglar", deganlar.
Sahobalar: "Lanatga uchraganlar kimlar, yo Rasulolloh!" deb so‘raganlarida, u zot bunga javoban:
"Serqatnov yo‘llarga bavl qilib, tahorat ushatganlar, boshqalarga haqsizlik qilganlardir", deb
marhamat qilganlar.
Nurul Izoh
www.ziyouz.com kutubxonasi
8
Xalodan o‘ng oyoq bilan chiqiladi va
"Mendan kulfatni ketkazib, ofiyat bergan Alloh taologa hamd
bo‘lsin"
, yoki
"G’ufronaka"
deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |