Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

Reklama 
qilishda 
foydalaniladigan 
vositaga talablar
Oldindan biror 
fikrga 
kelmaslik
Chuqur 
bilimga egalik
Tahririy 
materiallarga 
muvofiqlik
emossionallik
reyting
Muloqot 
doirasining 
qiziqish 
darajasi


169 
qabul haqidagi e’lonlarni avtobus bekatiga yoki simyog’ochlarga yopishtirib ketmaslik 
kerak, chunki bunda samara deyarli nolga teng bo’ladi. 
Biz tovar markasini reklama qilishni rejalashtiradigan bo’lsak, kutilayotgan 
emosional taassurot darajasini bashorat qilish kerak. So’ngra unga eng mos keladigan 
reklama qilishda foydalaniladigan vositalar tanlanadi. Shu sababli pardoz-andoz va 
attorlik mollari uchun xira yorug’likning «shirin hayoti» ommalashtiriladigan jurnallar 
eng yaxshi hisoblanadi. Emosional taassurotni o’tkazish samarasi xabar bilan 
manfaatdor muloqot doirasi tanishgan paytda kuchayadi. Idrok qilish paytida dastlabki 
fikrlar o’zgarishi, reklama qilinayotgan tovarga nisbatan shubhalar kamayishi mumkin. 
Biroq qator tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, reklama professionallar tilida «po’choq, 
shulxa» (pod) deb ataladigan reklama tanaffusining oxirida berilganda emosional idrok 
qilish keskin pasayadi. 
Muloqot doirasining manfaatdorlik darajasi reklama qilishda foydalaniladigan 
vosita ifodalaydigan asosiy material bilan ta’minlanadi. Tomoshabin ko’rsatuvchi 
qanchalik diqqat bilan kuzatadigan bo’lsa, unda beriladigan reklama shunchalik 
samarali bo’ladi. Shu sababli ommaviy tomoshabinlarning eng katta qiziqishini jalb 
qiladigan dasturlar bilan qo’shni bo’lish muhim ahamiyatga ega. Biroq agar ko’rsatuv 
juda katta qiziqish uyg’otadigan bo’lsa, reklama samaradorligi pasayadi va hatto asabni 
qo’zg’atadi, bezovta qiladi. 
Reklama vositalarini ishga tushirishda muloqot doirasini qamrab olish muhim 
fursat hisoblanadi. Reklama xabarini shunday joylashtirish kerakki, uni maqsadli 
muloqot doirasi ko’rishi va eshitishi lozim. buning uchun eng to’g’ri keladigan vaqt 
tanlanadi. Masalan, kech oqshom va erta tongda odamlar, qoidaga ko’ra, bo’shashgan 
holatda va axborotga ta’sirlanuvchanlik darajasi yuqori bo’ladi. 
E’tiborni muloqot doirasini barqarorlik, originallik, dolzarblik bilan 
«ilintiradigan» detal (trigger) bilan ushlab qolish kerak. Tahlillarning ko’rsatishicha, 
reklama vositalari iste’molchiga bir xilda ta’sir etmaydi. 
Yakka tartibdagi (individual) iste’molchi tashqi reklama va transport 
reklamasiga ko’proq e’tibor qaratadi, ayniqsa, agar tovarlar nomenklaturasi doimiy, 
ishlab chiqaruvchining nomi esa qisqa bo’lsa (VITA korxonasi pishloqlari). Ko’rinarli 


170 
joyga muvaffaqiyatli joylashtirilgan reklamani har kuni bir talay odam ko’radi. Yaxshi 
matn, shrift va badiiy bezaklar bilan bu reklama oson yodda qoladi va tovar tez 
taniladigan va odatiy tovarga aylanadi. Mutaxassislar, aksincha, asbob-uskuna xarid 
qilish imkoniyati haqidagi asosiy axborotni maxsus nashrlardan oladi. 
Matbuotdan yangi markalar uchun reklama kampaniyalarida foydalanish 
samarali bo’ladi. Yangi chiqqan nashr sonini o’qishda iste’molchi yangi sigareta 
qutisini ko’chadagi plakatlardan ko’ra detalliroq ko’rib chiqishi va eslab qolishi, ushbu 
marka xususiyatlari haqida ma’lumot beradigan e’lon matnini yaxshilab o’qib chiqishi 
mumkin. 
Televizion reklama yaqqol ko’zga tashlanadi, lekin ancha qimmat ekanligi 
sababli ko’pchilik qayta ishlash korxonalari undan foydalana olmaydi. 1 daqiqa 
reklama namoyish etish uchun narxlar kanalga va vaqtga (kunduz, oqshom, dam olish 
kuni) qarab korxona imkoniyatlaridan katta bo’lishi mumkin. 
Matbuot nisbatan arzon va amaliy natija beradigan vosita hisoblanadi, buning 
ustiga, odamlar yangiliklarni gazetalardan bilib olishga ko’iqqan, demak, yangi tovar 
yoki taklif etilayotgan xizmatlar haqida axborot bu yerda darhol ko’zga tashlanadi. 
Bunda gazeta yoki jurnalda bitta e’lon qiymati, uni tuzish xarajatlarini hisobga 
olmagan holda, telereklamadan ancha arzonga tushadi.
Hamma narsa muayyan shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Har bir reklama 
qilishda foydalaniladigan vosita iste’molchiga ta’sir ko’rsatish noyob vositasi sifatida 
o’ziga xos xususiyatlarga ega. Demak, raqobatchilar strategiyasi, talab qilinadigan 
xarajatlar va ta’sir ko’rsatish nuqtai nazaridan reklama kampaniyasi optimal variantini 
tanlashni taqozo etuvchi ta’sir ko’rsatish dasturi zarur. 
Samarali reklamaga misol qilib Milk Advisory Board kompaniyasi tomonidan 
amalga oshirilgan sut mahsulotlarini ilgari surish bo’yicha reklama kampaniyasini 
ko’rsatish mumkin. Marketing tadqiqoti shuni ko’rsatdiki, odamlar sut ichmay 
qo’yishining sababi shunda ediki, odamlar sutni yuqori kalroiyali ovqatlarga 
qo’shimcha deb hisoblagan va yanglish ravishda moy tarkibi kam bo’lgan sutda oziq 
moddalari oddiy sutdagidan kam bo’ladi deb o’ylagan. Oqibatda kompaniya o’z 
strategiyasini o’zgartirib, sut tarkibidagi bolalik va yoshlik davrida odam suyaklarini 


171 
shakllantirish va qarishni sekinlashtirish uchun zarur bo’lgan kalsiy moddasining rolini 
alohida ta’kidlay boshladi. 
Sutning jalb etuvchanligini oshirish uchun mashhur sportchilar ishtirokida 
reklama roliklari ishlab chiqildi. Iste’molchilar maqsadli segmenti sifatida haqiqatda 
sutga va kalsiyga ehtiyoj sezadigan 25-44 yoshdagi ayollar tanlab olindi. Sut 
pozisiyasini o’zgartirish bo’yicha sa’y-harakatlar amalga oshirildi. Reklamada sut 
shubhasiz obro’-e’tiborga ega bo’lgan katta yoshdagilar bilan bog’liq bo’ldi. ular sut 
suyaklar uchun foyda ekanligini, yog’sizlashtirilgan sut esa kam kaloriyali parhez 
uchun to’g’ri kelishini aytdilar. Sportchilar sutning kuchni tezda tiklash qobiliyati 
haqida gapirdilar. 
Kampaniyani qo’llab-quvvatlash uchun «Sut. Mo’lovingiz qani?» konkursi elon 
qilindi. Konkurs qatnashchilari sut xarid qilinganini tasdiqlaydigan chek va konkursda 
ishtirok etish uchun to’ldirilgan (magazinda olingan) blank bilan birga biron kishining 
mo’ylov shaklidagi sut izi tushgan fotosuratini yuborgan. 
«Mo’ylovingiz qani?» shiorining g’oyasi juda serunum bo’lib chiqdi. U sutni 
targ’ib qilishga rozilik bildirgan mashhur kishilar kabi sut ham mashhur ramzga 
aylanishiga yo’naltirilgandi. Kutilmaganda mashhur kishilar paydo bo’lishi: "Sut. 
Mana senga kutilmagan sovg’a!", "To’g’ri yo’l tuting. Kuniga uch stakan sut ", 
"Kalsiy? Bu mening xayolimdan ketmaydigan g’oya " va "Sut – ma’budalar ichimligi 
" kabi shiorlar bilan kuchaytirildi. 
Reklama kampaniyasining umumiy byudjeti 100 mln dollardan ortiq bo’di. 
Konkurs uchun ishlab chiqilgan posterda mashhur yulduzlar fotosuratlaridan 
foydalanildi. G’olib uchun mukofot – Avstraliyaga sayohat va sut izi shaklidagi 
mo’ylov bilan rasmga tushib, Rolling Stone jurnal jurnali reklamasida mashhur bo’lish 
imkoniyati bo’di. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish