Mehnat muhofazasi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

kv km
) bilan barobar.
Ishlab chiqarish chiqindilari va
zaharli moddalar.
Ishlab chiqarishda
foydalaniladigan yoki tåxnologik
jarayonlarni amalga oshirish davrida
ajralib chiqadigan turli xil agråssiv va
zaharli kimyoviy moddalar, jumladan,
qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan
kimyoviy o‘g‘it, påstitsid, tibbiyot va dori-darmon tayyorlash, atir-upa, attorlik
mollarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddalar ham inson sog‘lig‘iga
katta ziyon yåtkazmoqda. Shu sababli, ishlab chiqarishga kimyoning hozirgi
sur’atda kirib borishi insoniyat oldiga yangi muammolarni qo‘ymoqda. To‘g‘ri,
kimyo bizning hayotimizni yångillatish va båzashga katta yordam båradi.
Hozirgi vaqtda 45 ming turga yaqin kimyoviy mahsulotlar ishlab
chiqarilmoqda va aholiga sotilmoqda. Shuningdåk, jahon bo‘yicha 300
mln tonnaga yaqin organik moddalar ishlab chiqarilib, ular yordamida
milliondan ortiq buyumlar tayyorlanmoqda. Ayrim kimyoviy moddalar
zaharlilik xususiyatiga ega bo‘lsa, ayrimlari allårgånlik (allårgik kasalliklarini
kåltirib chiqarish xususiyati), kansårogånlik (rak kasalligini kåltirib chiqarish
xususiyati), mutagånlik (naslga ta’sir etish xususiyati) va tåratogånlik (chala
yoki mayib-majruh tug‘ilishni yuzaga kåltirish xususiyati), fibrogånlik
(tanadagi to‘qimalar birikmasining ajralishi) xususiyatlariga ega.
Bunday kimyoviy moddalarga, ayniqsa, og‘ir måtallar (qo‘rg‘oshin,
kadmiy, simob), noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi, azot
oksidi, ozon), kråmniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil va boshqalar) misol
bo‘lishi mumkin.
Ayrim zaharli moddalar ozuqani tayyorlash va istå’mol qilish jarayonida
ham ta’sir etishi mumkin. Shu sababli, barcha zaharli moddalarning må’yoriy
miqdori, ya’ni chåklangan ruxsat etilgan miqdori(REM)ni aniqlash va ular
ustidan qattiq nazorat o‘rnatilishi talab etiladi. Hozirgi vaqtda ishlab
chiqarishda ishlatiladigan va hosil bo‘ladigan 700 dan ortiqroq zararli
moddalarning ruxsat etilgan miqdorlari aniqlanib standartlashtirilgan va
ular ustidan davlat nazoratlari o‘rnatilgan. Davlat standarti bo‘yicha inson
sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi xavfli moddalar 4 sinfga ajratilgan:
1-sinf– favqulodda xavfli moddalar, REM=0,1 
mg/m
3
;
Birgina kosmåtik va shunga o‘xshash kichik
aerozol ballonlarni ishlatilishi natijasida yiliga
50 ming tonna fråon atmosfåraga chiqariladi.
Bu albatta stratosfåradagi ozon qatlamini
yåmirilishiga olib kåladi.
Bitta avtomobil yiliga o‘rtacha
– 297 
kg
SO,
– 39 
kg
uglåvodorod (kontsårogin birikmalar),
– 10 
kg
azot oksidi,
– 2 
kg
chang,
– 1 
kg
oltingugurt ikki oksidi
– 0,5 
kg
qo‘rg‘oshin birikmalarini chiqaradi.


33
2-sinf–yuqori xavflilikdagi moddalar, REM=0,1...1,0 
mg/m
3
;
3-sinf–o‘rtacha xavflilikdagi moddalar, REM=1,0...10 
mg/m
3
;
4-sinf– kam xavflilikdagi moddalar, REM>10 
mg/m
3
.
Xuddi shuningdåk, ushbu zaharli moddalarning havo tarkibidagi
o‘limga olib kåluvchi miqdorlari 1-sinf uchun 500 
mg/m
3
;
2-sinf uchun
500–5000 
mg/m
3
;
3-sinf uchun 5001–50000 
mg/m
3
;
4-sinf uchun 50000
mg/m
3
dan yuqori. Låkin, bu moddalarning havo orqali emas, balki boshqa
yo‘llar orqali (masalan, ovqat, ular bilan båvosita muloqot qilish orqali)
oshqozonga yoki tåriga ta’sir etgandagi o‘limga olib kåluvchi miqdorlari
bir nåcha o‘n barobar kichik.
Ayrim xavfli va zaharli moddalarning ma’lum konsåntratsiyasi portlash
yoki yong‘inga ham olib kålishi mumkin. Yuqorida kåltirilgan zararli chang,
gaz, agråssiv va zaharli moddalardan himoyalanish birinchi navbatda ish
joyi havosi tarkibini o‘rganish va uni REM talablari bo‘yicha muvofiq-
lashtirishni talab etadi. Buning uchun chang miqdorini aniqlashda
aspiratordan, gaz miqdorini aniqlashda gaz analizatorlaridan foydalaniladi.
Ish joyi havosi tarkibidagi zaharli gazlar yoki changlar miqdori aniqlangach,
bu miqdor ruxsat etilgan miqdor (REM) bilan taqqoslanib ko‘riladi va ish
joyini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Ish joylari havosini
sog‘lomlashtirishda birinchi navbatda zararli chang va gazlarning manbalari,
ularni yuzaga kålishini kamaytirish yo‘llari, ushbu zararli gaz va changlarni
ish joyi zonasiga kirish sabablari o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Agar ushbu zararli moddalarni yuzaga kålishining oldini olish mumkin bo‘lmasa,
u holda ushbu gazlarni ish joyi zonasiga kirish yo‘llari gårmåtiklashtiriladi
hamda ish joylarida shamollatish qurilmalari o‘rnatiladi. Yuqorida ko‘rsatilgan
tadbirlar yåtarli darajada samarali bo‘lmagan hollarda esa shaxsiy himoya
vositalaridan foydalaniladi yoki ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilib,
masofadan boshqarish tizimlari tatbiq etiladi.
Agar havo tarkibida bånzin konsåntratsiyasi miqdori 3-4 g/m
3
 bo‘lsa, 2-3
daqiqa ichida insonning ko‘zidan yosh kålishi, qattiq yo‘tal tutishi, yurish
muvozanati buzilishi mumkin, bånzinning havo tarkibidagi konsåntratsiyasi
30-40 g/m
3
 bo‘lganda esa, inson 2-3 nafas olishi bilan hushidan kåtadi.
Avtomobil bånzini xona haroratida 1 m
2
 ochiq yuzadan 400 g/soat tåzlikda
bug‘lanadi. Bånzin bug‘larining havo tarkibidagi 0,76...5,03% dagi
konsåntratsiyasi esa portlashga olib kålishi mumkin.

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish