Mehnat muhofazasi



Download 6,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/127
Sana04.02.2022
Hajmi6,98 Mb.
#428312
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   127
Bog'liq
mehnat muhofazasi

Kkal
0
C
Birinchi tibbiy yor-
dam ko‘rsatish dorilar
qutichasi (aptechka)
Shifokor xonasi
4.3.
Ishlab chiqarishda havo muhitini sog‘lomlashtirish
Zararli changlarni inson sog‘lig‘iga ta’siri hamda ulardan himoyalanish
yo‘llari.
Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang
va gazlarni ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. Shu sababli, sof toza
havo dåyarli uchramaydi va havo tarkibida doimo ma’lum miqdorda (1
m
3
Yuvinish xonasi
6-rasm.
Ishchilarga birinchi yordam ko‘rsatish.


30
toza havo tarkibida 0,25 
mg
dan 0,5 
mg
gacha) changlar bo‘ladi. Changlar
ko‘rinishi va tarkibiga bog‘liq holda quyidagi guruhlarga bo‘linadi: organik,
noorganik (minåral) va måtall changlari. Yirik changlar nafas olganda
burun bo‘shlig‘ida qolib, o‘pkaga kirmaydi. Mayda changlar esa (asosan,
o‘lchami 10 
mk
dan kichik bo‘lgan changlar) nafas orqali burun
bo‘shlig‘idan o‘tib, o‘pkaga o‘rnashadi va vaqt o‘tishi bilan turli xil
kasalliklarni kåltirib chiqaradi. Ayniqsa, diamåtri 0,3 mikromåtrdan kichik
changlar qonga tushishi ham mumkin. Changlar o‘z zarrachalari yuzasida
turli xil zararli moddalar (mishyak, bårilliy, kadmiy, nikål, qo‘rg‘oshin,
xrom, mis, asbåst, vanadiy va boshqalar) bilan bog‘lanib, insonning kuchli
zaharlanishiga sabab bo‘ladi.
Yuqorida kåltirilgan chang turlari ichida, ayniqsa, måtall changlari,
jumladan qo‘rg‘oshin changlari inson uchun juda xavfli. Qo‘rg‘oshin
changlarining havo tarkibidagi juda oz kontsåntratsiyasi ham inson sog‘lig‘iga
salbiy ta’sir etadi. Masalan, 100 
ml
qon tarkibida 35 
mkg
qo‘rg‘oshin
bo‘lishi insonning bosh miyasi funksiyasining buzilishiga olib kålishi mumkin.
Bundan tashqari, qo‘rg‘oshin qonda gåmoglobin sintåzining buzilishiga,
muskul tizimlarini susayishidan tortib shol
(paralich) bo‘lishgacha, jigar, buyrak va
miya faoliyatini buzilishiga olib kåladi.
Amårikalik olimlar tomonidan bundan
1600 yil oldin yashagan Janubiy Amårika
tub aholisining suyak skålåti tarkibidagi
qo‘rg‘oshin miqdori bilan hozirgi zamondagi odamlarning suyak skålåtidagi
qo‘rg‘oshin miqdori taqqoslanganda, bu miqdor hozirgi zamon odamlarida
700 – 1200 marta ko‘p ekanligi aniqlangan.
Qora måtallurgiya, qurilish matåriallarini ishlab chiqarish, nåftni qayta
ishlash, enårgåtika sanoati va qishloq xo‘jaligidagi ishlab chiqarish
jarayonlarida ajralib chiqadigan turli xil organik va noorganik changlar
ham inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Zararli gazlar va ulardan himoyalanish yo‘llari.
Havo muhiti va tarkibi
changlardan tashqari, ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish davrida
yuzaga kåladigan turli xil zaharli gaz va kimyoviy moddalar bilan ham
ifloslanadi. Bu atmosfåra havosini buzilishi bilan bir vaqtda turli xil kasal-
liklarni kålib chiqishiga ham sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kålayotgan zaharli va zararli
moddalar, masalan, oqindi suv, axlat, ishlangan gaz, radioaktiv modda,
biotsid va boshqalar ekotizimga kålib tushgach, izsiz yo‘qolib kåtmaydi.
Ularning kichik kontsåntratsiyali miqdori ham uzoq vaqt ta’sir etishi,
inson, o‘simlik va hayvonlarni zaharlashi mumkin. Bundan tashqari, zararli
va zaharli moddalar yer yuzi iqlimini, shuningdåk, atmosfera, troposfera
(atmosferaning pastki qatlami), stratosfera (yer yuzidan 10–80 
km
uzoq-
likdagi qatlami) va kriosferani (yer yuzining muzliklar va qorliklar bilan
qoplangan yuzasi) ham o‘zgarishiga olib kålishi mumkin.
Hozirgi vaqtda jahon bo‘yicha 3,3 mln
tonna qo‘rg‘oshin ishlab chiqarilmoqda.
Faqatgina avtomobillardan chiqadigan
gazlar bilan havoga har yili 250 ming
tonna qo‘rg‘oshin chiqarilmoqda.


31
Iqlimga ta’sir etuvchi muhim omil – Yerning issiqlik balansi. Albatta,
bu quyosh nurlari ta’sirida yuzaga kåladi. Hozirgi vaqtda «Yer – atmosfera»
tizimi issiqlik tångligi holatida bo‘lib, yerga tushadigan 100% qisqa to‘lqinli
quyosh nurlarining o‘rtacha 18% atmosferada yutiladi (3% bulutlar va
16% havo orqali), 30% kosmosga qaytariladi (20% bulutlar va 6% havo
hamda 4% yer yuzasi orqali). Qolgan 51% qisqa to‘lqinli quyosh nurlari
yer yuzasida yutiladi. Shundan 21% qayta nurlanib, uzun to‘lqinli nurlar
ko‘rinishida qaytadi, 30% esa såzilarli (7%) va yashirin (23%) issiqlik
ko‘rinishida atmosferaga uzatiladi. Ushbu kåltirilgan nurlar balansi yerning
«Issiqlik xo‘jaligi» asosini tashkil etadi. Qabul qilingan nurlarning qaytgan
nurlarga nisbati «albådo» dåb ataladi. Maksimal qaytarish xususiyatiga
ega bo‘lgan mutlaq oq jismning albådosi birga tång. Yerning albådosi
0,30 ni tashkil etadi. Låkin, insoniyat tomonidan yerdan noto‘g‘ri
foydalanish, o‘rmonlarning kåsilishi, cho‘l yerlarni haydalishi, sun’iy suv
havzalarini barpo etilishi, atrof-muhitga minglab tonna chiqindilarning
chiqarilishi, ishlab chiqarish jarayonlari natijasida tonnalab zaharli gaz va
moddalarning atmosferaga chiqarilishi issiqlik balansining o‘zgarishiga olib
kålmoqda. Masalan, havo tarkibida karbonat angidrid gazining ortishi
ma’lum miqdorda iqlimning isishiga olib kålishi mumkin. Karbonad angidrid
gazi rangsiz gaz bo‘lib, uning sof, toza havo tarkibidagi miqdori 0,03% ni
tashkil etadi. Ushbu gaz tirik organizmlarni nafas olishida, nåft va gazni
yoqish jarayonida, bug‘ qozonlarida, issiqlik elåktr stansiyalarida, avtomobil
ishlashi vaqtida ajralib chiqadi. Kåyingi yuz yil ichida havo tarkibidagi
karbonad angidrid miqdori 14% ga, hozirgi vaqtda esa har yili 0,4% ga
ortib bormoqda. Industrial era (taxminan 1860-yillar) dan hozirgi vaqtgacha
140 mlrd tonnaga yaqin uglerod atmosferaga chiqarilgan, hozirgi vaqtda
esa atmosferaga jahon bo‘yicha yiliga 8 mlrd tonnaga yaqin uglerod
chiqarilmoqda. Ushbu gazning havo tarkibidagi miqdorining ortib borishi
atmosferada ma’lum qatlam hosil qilib, issiqlikni kosmosga uzatilishini
susaytiradi. Havo tarkibida karbonad angidrid
gazining ma’lum miqdorda ortishi natijasida
2030-yilga borib havoning isishi 1,5–2,5
o
C ga
yåtishi taxmin qilinmoqda. Haroratning ortishi
esa okåan sathining ko‘tarilishiga olib kåladi.
Bundan tashqari, millionlab kishilar
havoning ifloslanishi va ifloslangan suvdan istå’mol qilish oqibatida jigar
hamda turli xil yuqumli va allårgik kasalliklar bilan kasallanmoqda.
Hozirgi vaqtda sanoat va avtomobil transporti tomonidan atmosfåraga
chiqariladigan uglårod oksidining (is gazi) yillik miqdori taxminan 8 million
tonnaga yåtadi.
Yuqorida kåltirilgan gaz va zararli moddalardan tashqari, oltingugurt,
simob, qo‘rg‘oshin, asbåst, uglårod, azot oksidi, uglåvodorodlar, ammiak
va shunga o‘xshash minglab zaharli moddalar ishlab chiqarish chiqindilari
sifatida atmosfåraga chiqarilmoqda.
Hozirgi vaqtda, kåyingi 100 yil
ichida harorat 0,5
o
C ga, okåan sat-
hi esa 10-15 
sm
ga ko‘tarilganligi
qayd etilgan.


32
1987-yili G‘arbiy Bårlinda bo‘lib
o‘tgan Xalqaro simpoziumda qayd
etilishicha, ishlab chiqarishda
sovituvchi suyuqliklar, turli xil aero-
zol ko‘rinishiga ega tozalovchi
vositalar va uglåvodorodlarni (fråonlarni) kång ishlatilishi Antraktida «Ozon
tuynugi»(Qora tuynuk)ni hosil bo‘lishiga olib kålgan. Amårikalik
olimlarning baholashicha, «Ozon tuynugi» ning 1987-yilgi o‘lchami AQSh
ning maydoniga tång kålgan. Hozirgi ma’lumotlar bo‘yicha esa uning
o‘lchami Yevropa qit’asining o‘lchami (20507000 

Download 6,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish