4.6. Sun’iy yorug‘lik manbalari va yorug‘lik chiroqlari
Sun’iy yorug‘lik manbalari sifatida cho‘g‘lanma va gaz razryadli chiroqlardan
foydalaniladi (9-rasm). Cho‘g‘lanma chiroqlar 127 va 220
Vt
nominal
kuchlanishda ishlaydi hamda 15 dan 1500
Vt
gacha quvvatga ega bo‘ladi.
8-rasm.
Dastgohda ishlash
vaqtida yetarli darajada yoritil-
ganlik bo‘lishi shart.
ODV tipidagi qandil.
LOU tipidagi qandil.
36
9-rasm
. Qandillarning turlari.
Mahalliy yoritishda 12 va 36
Vt
kuchlanishdagi quvvati 50
Vt
gacha bo‘lgan
chiroqlardan foydalaniladi. Cho‘g‘lanma chiroqlarning ishlash muddati 1000
soatgacha, yorug‘lik bårish qobiliyati 7...20
Lm/Vt
ni tashkil etadi.
Gaz razryadli chiroqlar cho‘g‘lanma chiroqlarga nisbatan gigiyenik
talablarga to‘liqroq javob båradi. Bunday chiroqlarning ishlash muddati
14000 soatgacha yåtadi, yorug‘lik bårishi 100
Lm/Vt
ni tashkil etadi.
Eng kång tarqalgan gaz razryadli chiroqlarga silindrik truba shaklidagi
lyuminåtsånt chiroqlarni misol kåltirish mumkin. Ular turli xil markada,
ya’ni LD, LXD, LB, LTB, LDTS ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Simobli chiroqlar lyuminåtsånt chiroqlarga nisbatan ancha turg‘un
yoritadi va haroratning turli xil oralig‘ida, ya’ni ham past, ham yuqori
haroratlarda yaxshi ishlaydi. Bunday chiroqlar yuqori quvvatga ega bo‘lib,
ulardan ko‘chalarni va katta ishlab chiqarish binolarini yoritishda foyda-
laniladi. Ksånon chiroqlar kvars trubkalardan iborat bo‘lib, bu trubkalarda
ksånon gazi to‘latilgan bo‘ladi. Ulardan sport inshootlari, tåmir yo‘l
stansiyalari, qurilish maydonlarini yoritishda foydalaniladi. Bu chiroqlar
ultrabinafsha nurlar chiqaradi va yoritilganlik 250
Lk
dan ortganda xavfli
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda koloid va natriyli chiroqlar eng istiqbolli chiroqlardan
hisoblanadi. Ularning yorug‘lik tarqatishi
110...130
Lk/Vt
ni tashkil etadi.
Yuqoridagilardan tashqari ultrabinafsha nur
tarqatuvchi chiroqlardan ham ishlab chiqarishda
foydalaniladi. Masalan, bunday chiroqlar hayvon
va o‘simliklarga ta’sir etishda, tibbiyotda ishla-
tiladi. Bunday nurlarning inson tanasiga ta’siri
eritåm nurlanish dåb ataladi va uning ta’sirida
tårida kam såzilarli darajada qizarish paydo bo‘-
ladi. Yuqori darajadagi eritåm nurlanish xavfli
hisoblanadi. Uning inson uchun ruxsat etilgan
miqdori 30 milligersga tång. Yoritilganlik luksmåtr
bilan o‘lchanadi. Buning uchun Yu-17, Yu-116
rusumli luksmåtrlardan foydalaniladi (10-rasm).
PU25 tipidagi qandil.
LDO ti pidagi qandil.
10-rasm.
Yu-16–foto-
elåktrik luksmåtrning
tashqi ko‘rinishi; 1–
galvanomåtr, 2–sålånli
fotoelåmånt;3–yutuv-
chi.
1
2
3
37
Do'stlaringiz bilan baham: |