3
K IR IS H
Biologik fanlar orasida eng m uhim laridan biri genetikadir.
G enetika — hayotning asosiy xususiyatlari irsiyat va o ‘zgaruv-
chanlik
qonuniyatlarini, bu qoniniyatlardan amaliy maqsadlarda
oqilona foydalanish usullarini o ‘rganadigan fandir.
G enetika faniga oid bilimlar inson uchun zarur b o ‘lgan, xalq
xo‘jaligining deyarli ham m a sohalarda qo‘llaniladi. Hozirgi davrda
genetikaning juda tez rivojlanayotgan sohalari biotexnologiya va
genetika injeneriya seleksiyaning asosiy usullari hisoblanadi.
Seleksiyaning asosiy vazifalari esa m adaniy o ‘simlikning hosildor
navlarini, uy hayvonlarining
yangi zotlarini, mikroorganizmlarning
foydali shtam mlarini keltirib chiqarishdir.
Molekulyar genetika va genetik injeneriyaning keyingi yillarda
barq urib rivojlanishi mikroorganizmlar, o ‘simliklar va hayvonlar
irsiyatini inson uchun foydali tom onlarga o ‘zgartirish
imkoniyatini
yaratmoqda.
Ayniqsa
odam
genetikasi
m uam m olarini
o ‘rganishda,
odam larda uchraydigan irsiy kasalliklarni davolashning istiqbolli
usullarini yaratishda genetika fanining roli juda muhimdir.
Akademik litsey va kollejlar talabalari uchun tavsiya etila-
yotgan bu darslikda genetika fanining asosiy m uam m olari qisqa va
tushunarli tarzda bayon qilingan.
K o‘pchilik mavzularning m azm uni qisqacha tushuntirilgandan
keyin mavzuni mustahkamlash
uchun savollar berilgan, vaziyatga
oid masalalar, test topshiriqlari va unga javoblar keltirilgan.
Mualliflar bu darslikni yaratishda mavzular mazmunining
sodda, tushunarli b o ‘lishiga ko‘proq e ’tibor berdilar.
Ayniqsa darslik oxirida keltirilgan atam alar lug‘ati talabalar-
ning genetikaga oid bilimlarni o ‘zlashtirishiga
katta yordam beradi
deb hisoblaymiz.
Darslik biologiya va genetika darsliklaridan maktablar, kollej
lar, akademik litseylar va oliy o ‘quv yurtlarida uzoq yillar davomi-
da bilim berib kelgan va shu fanlar b o ‘yicha o ‘quv qo‘llanmalari va
darsliklar yaratgan mualliflar tom onidan yozilgan.
Shubhasiz, darslikda ayrim kamchiliklar uchrashi mumkin.
U larni bartaraf etish maqsadida berilgan maslahatlar, taklif va
mulohazalarni mualliflar m innatdorchilik bilan qabul qiladilar.
4
Genetika
I B O B
1 -§ .
G enetika fani va uning
qisqacha yaratilishi tarixi
“G enetika” so‘zi grekcha “genesis” so‘zidan olingan b o ‘lib,
“kelib chiqish” , “tug‘ilishga taalluqli” degan m a’nolarni beradi.
G enetika barcha tirik organizmlarga xos b o ‘lgan xususiyat — irsi-
yat va o ‘zgaruvchanlik qonunlarini o ‘rganuvchi fandir.
Irsiyat — organizmning o'z belgisi va rivojlanish xususiyatlari-
ni kelgusi avlodlariga o'tkazish xossasidir.
Irsiyat tufayli tur
doirasidagi individlar o ‘xshash b o ‘ladi.
O 'zgaruvchanlik — organizmlarning individual rivojlanish
jarayonida yangi belgilarni k a sh f etish xossasidir.
O ‘zgaruvchanlik
tufayli tu r doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak,
irsiyat bilan o'zgaruvchanlik bir-biriga qarama-qarshi, ammo bir-
biri bilan uzviy bog‘liq xossalardir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi
saqlanib borsa, o ‘zgaruvchanlik uning xilma-xilligini ta ’minlaydi.
Bir tur individlari o ‘rtasidagi tafovutlar organizm irsiyatining mod-
diy
asoslari
o ‘zgarishiga bog‘liq. O ‘zgaruvchanlik tashqi m uhit
sharoitlari bilan ham belgilanadi.
O ‘zgaruvchanlik tirik tabiatning xilma-xilligini yaratib, tanlash
uchun material yetkazib beradi, irsiyat esa bu
xilma-xillik orasidan
eng moslanganlarini saqlab qoladi, o ‘zgaruvchanlik natijalarini
mustahkamlaydi.
Tiriklikning bu ikkala qaram a-qarshi b o ‘lib tuyulgan xususi-
yatlari: irsiyat (konservativ) va o ‘zgaruvchanlik (progressiv) organik
olamning evolutsiyasi asosini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: