O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

Eslab qoling!
Siyosiy konsensus
— ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida
imzolangan siyosiy kelishuv to‘g‘risidagi shartnoma.
Bilimingizni sinab ko‘ring:
1. Globallashuv jarayoni deganda nimani tushunasiz?
2. Nima uchun AQSH dunyoning eng qudratli davlati hisoblanadi?
3. AQSH Prezidenti nima deb ta’kidlamoqda?
4. Z. Bjezinskiyning geosiyosiy qarashlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
58-§. AQSHNING O‘RTA OSIYO VA BOSHQA HUDUDLARDAGI
GEOSIYOSIY MANFAATLARI
AQSh manfaatlari dunyoning deyarli barcha mintaqalarida
mavjud. O‘rta Osiyo mintaqasida AQSh manfaatlari Turkiya va
Xitoy manfaatlari bilan to‘qnashadi. Turkiyaning o‘zida G‘arb va
Islom tarafdorlari bir-biriga qarama-qarshi turadi.
AQSh o‘zining geosiyosiy manfaatlarini Afg‘onistonda tartib
o‘rnatishdan boshladi. Buning uchun u O‘zbekiston, Tojikiston va
Qirg‘iziston bilan ularda mavjud aerodromlardan foydalanish
bo‘yicha shartnomalar imzoladi. O‘zbekiston keyinchalik ushbu
shartnomani bekor qildi. AQSh O‘rta Osiyo davlatlaridan tashqari
150
!
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ozarbayjon va boshqa davlatlar bilan o‘z aloqalarini yaxshilashga
harakat qilmoqda. Bu o‘rinda uning Ozarbayjon neftini Turkiya
porti Seyxanga eksport qiluvchi quvur qurilishini qo‘llashi diqqat-
ga sazovordir.
AQSh Eronda barpo qilinayotgan AES qurilishini qoralab,
asosiy aybni Eron va asbob-uskunalar yetkazib berayotgan Ros-
siyaga qo‘ymoqda.
AQSh—Xitoy munosabatlarining asosiy maqsadi Xitoyga
mintaqaviy muammolar bilan cheklanib, global muammolarga
aralashmaslik tamoyilini tushuntirishdan iboratdir. Amerikaliklar
Xitoy tomonidan Tayvanni kuch orqali qo‘shib olish maqsadida
amalga oshirilgan har qanday faoliyat AQSh investitsiyalar oqimi-
ni to‘xtatib qo‘yishga sabab bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlamoq-
dalar. Lekin investitsiyalarning asosiy qismi AQSh, Yevropa mam-
lakatlari yoki Yaponiya tomonidan emas, balki Tayvan va Xuatsyu,
ya’ni xorijda yashovchi xitoyliklar tomonidan ta’minlanmoqda.
Janubi Sharqiy Osiyoda joylashgan 500 ta korxonaning umumiy
qiymati 540 mlrd dollarni tashkil etadi. Ana shu jihatlarni hisobga
olmaslik Amerika—Xitoy munosabatlariga putur yetkazishi va
AQSh ni Sharqiy va Janubi Sharqiy Osiyodagi geostrategik man-
faatlardan mahrum qilishi mumkin. Shuning uchun AQSh Xitoy
uni «tabiiy ittifoqdoshi» sifatida qabul qilishini juda xohlamoqda va
bu maqsadga erishish uchun o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga
solmoqda.
Ana shu va boshqa maqsadlarini hayotga tatbiq etishda AQSh
o‘zining doimiy, barqaror ittifoqdoshi — Yaponiyaga tayanmoqda
va u bilan bo‘lgan munosabatlarni mustahkamlashga katta e’tibor
qaratmoqda.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish