Eslab qoling! Aholining turmush darajasi — aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi
ichki yoki milliy mahsulot.
Daromadi past davlat — aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi
milliy mahsulot 745 AQSH dollaridan kamni tashkil etuvchi davlat.
Qashshoq davlat — yuqoridagi ko‘rsatkich 200 AQSH dollaridan
kamni tashkil etuvchi davlat.
Bilimingizni sinab ko‘ring: 1. «Rossiya o‘ziga xos madaniyati bilan ajralib turadi» degan iborani qan-
day tushunasiz?
2. Rossiya qanday resurslarga boy?
3. Sobiq Ittifoqning parchalanishi Rossiya uchun qanday oqibatlar olib
keldi?
4. Rossiyada aholi turmush darajasidagi mintaqaviy farqning sabablarini
aniqlang.