O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi à. Rafiqov, H. Vahobov, A. Qayumov, Sh. Azimov amaliy geografiya


-§. ROSSIYANING YANGI GEOSIYOSIY SIFATI



Download 18,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/169
Sana03.02.2022
Hajmi18,88 Mb.
#427484
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   169
Bog'liq
Amaliy geografiya (A.Rafiqov, H.Vahobov) unlocked

56-§. ROSSIYANING YANGI GEOSIYOSIY SIFATI
Rossiya shakllanayotgan vaziyat va har xil holatlarga bog‘liq
holda ikkinchi darajali davlat sifatida ham, mintaqa yetakchisi
sifatida ham, yadro salohiyati ulkan super-davlat sifatida ham
namoyon bo‘lishi mumkin.
Rossiya yaqin-yaqinlargacha oziq-ovqat mahsulotlarining 30
foizdan ortiq qismini import qilar edi. Bu millat xavfsizligiga katta
putur yetkazish demakdir. 2005-yilda yig‘ib olingan don salkam 95
mln tonnani tashkil etdi. Bu esa don importini to‘xtatishga sabab
bo‘ldi. Shu bilan birga davlat xarid narxlarining juda pastligi
ko‘plab fermer va dehqon xo‘jaliklarining xonavayron bo‘lishiga
sabab bo‘ldi. Natijada ko‘pchilik dehqonlar keyingi davrda don
ekishdan voz kechdilar.
Shunga o‘xshash holat Rossiya yoqilg‘i-energetika majmuyida,
baliqchilikda, harbiy sanoat majmuyida ham kuzatilmoqda.
Ana shunday vaziyatda Rossiyaning yaqin kelajakdagi
geosiyosiy mavqei qanday bo‘lishi mumkin? Bunday savol nafaqat
ruslar va rossiyalklarni qiziqtiradi, balki u boshqa qo‘shni davlatlar
uchun ham muhim hisoblanadi. Chunki «qo‘shning tinch — sen
147
!
?
www.ziyouz.com kutubxonasi


tinch» degan naql uzoq yillar davomida barqarorlik omili rolini
bajarib kelgan.
Shu yo‘nalishda qator savollar va muammolar kelib chiqadiki,
ularga javob olish bugungi kunning eng muhim masalalaridandir.
1. Rossiya raketa-yadro qurolini saqlab qola oladimi?
2. Rossiya iqtisodiyotini sog‘lomlashtira oladimi? Qayta ishlov-
chi sanoatini takomillashtirish va rivojlantirish o‘zining qo‘lidan
keladimi?
3. Ijtimoiy sohani rivojlantira oladimi?
4. Rossiya o‘zining tashqi iqtisodiy munosabatlarini qanday
amalga oshiradi?
5. Rossiya G‘arb mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi hamda AQSh
bilan hamkorlik qiladimi?
6. Rossiya sobiq Ittifoq respublikalari, hozirgi mustaqil davlat-
lar bilan qaysi sohalarda aloqalar o‘rnatadi?
Shu va shunga o‘xshash boshqa savollarga obyektiv javob olish
mumkin emas. Aytish lozimki, yaxshi rivojlanib borayotgan
Rossiya—AQSh munosabatlari Iroq urushi tufayli birmuncha sust-
lashdi. Umuman XX asrning so‘nggi yillarida shakllanib kelayot-
gan yangi iqtisodiy tartib barham topdi. Iroq urushi bir-ikki davlat
ittifoqi butun jahon hamjamiyatidan ustun bo‘lishi mumkinligini,
jahonda yangi AQSh davri, bir qutbli dunyo davri boshlanganli-
gini ko‘rsatmoqda. Bunday sharoitda iqtisodiy salohiyati past
davlatlar unga tobe bo‘ladi yoki boshqa o‘ziga o‘xshash davlatlar
bilan ittifoq tuzishga urinadi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda Rossiyaning Xitoy,
Indoneziya, hindiston, Eron bilan har xil shakllarga ega ittifoqlar
tuzishi mumkinligi ehtimoldan uzoq emas.
Rossiya iqtisodiyoti rus millati mentaliteti kabi o‘zgarishlarga
asta-sekin yon beradi. Bu esa yaqin o‘rtada yana ikki qutbli dunyo
barpo bo‘lishi mumkinligini inkor qiladi. Rossiya kamida 10—15
yil ichida o‘zining ichki muammolarini, birinchi navbatda hududiy
xavfsizlik muammolarini hal qilishi lozim bo‘ladi. Bu holat uning
geosiyosiy mavqeyini belgilab turadi.

Download 18,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish