Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
– ishlab chiqarishni
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan
yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-
tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon.
Xodimlar rotatsiyasi
(lot. Rotatio - doiraviy harakat)
–
“kerakli
ishchiga zarur joyni topish kerak” tamoyilliga, asosan, xodimlarning ish
o‘rnini doimiy o‘zgartirib turish hisoblanadi.
Xodimlar tizimi
– tashkilotning markaziy va eng murakkab tashkiliy
kichik tizimi bo‘lib, uning mehnat salohiyatini (uning miqdoriy, sifat va
tarkibiy ko‘rsatkichlari), uning turli qismlari – xodimlarni, shuningdek,
maqsadlar, qoidalar, ularning ishlashi va rivojlanishining mexanizmini
qamrab oladi.
Kommunikatsiya
– bu ikki va undan ortiq shaxslar o‘rtasida axborot
almashish jarayoni
Kapital qurilish
– yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish,
rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta
jihozlash, asosiy vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-
qidiruv ishlarini bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |