Innovatsion texnologiyalar –
iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish
bosqichlarida qo‘llaniluvchi usul va vositalar majmui bo‘lib, o‘z ichiga
joriy etish, trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini
oladi.
Innovatsiya jarayoni
– yangilik g‘oyasini rivojlantirishdan uning
pirovard iste’molchi tomonidan iste’mol qilinishigacha bo‘lgan mantiqiy
izchillikda harakatlanuvchi jarayon.
Inflatsiya –
pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy
valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi.
Infratuzilma
– tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo‘llar, aloqa,
transport, maorif, sog‘liqni saqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |