Ishbilarmonlik etikasi
– firmalarning bir-biri va jamiyat bilan o‘zaro
munosabatlar olib borishning turli ma’naviy jihatlarini o‘rganuvchi
izlanish sohasi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
– mamlakat iqtisodiyotining
xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqeyini
saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan
mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati.
Iqtisodiyotning real sektori
iqtisodiyotning bevosita moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi
bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa
tarmoqlarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |