Tashqi muhit tahlili tuzilmasi
– tashqi iqtisodiy, huquqiy, madaniy
va siyosiy muhitlar tahlilining majmuasi.
Tashkilot madaniyati
– shaxs yoki kishilar guruhining o‘ziga
xos jihatlarini aks ettiruvchi xulq-atvori.
Tashkiliy tuzilish
– tashkilotlar o‘z mehnat jarayonlarini alohida
topshiriqlarga bo‘lishi va ushbu topshiriqlar ustidan nazorat etish
usullarining yig‘indisi.
Talab –
xaridor, iste’molchilarni bozorda muayyan tovarlarni,
ne’matlarni sotib olish istagi; bozorga olib chiqilgan va pul imkoniyatlari
bilan ta’minlangan ehtiyojlar.
Tannarx
– mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha
xarajatlarning qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |