Transmilliylashuv
jarayoni
–
korporatsiyalarning
milliy
chegaralardan tashqarida faoliyat yuritishi.
Transmilliy korporatsiyalar
(TMK) – bosh kompaniya va uning xorij
filiallaridan iborat yirik iqtisodiy-tashkiliy tuzilma.
To‘g‘ri investitsiyalar
– foyda olish bilan birgalikda kapital
qo‘yilayotgan obyekt ustidan nazoratni ta’minlash huquqini beruvchi kapital
qo‘yilmalari.
Umumiy bozor
– ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali
erkin ko‘chib o‘tishi ta’minlanadigan iqtisodiy integratsiya ko‘rinishi.
Unifikatsiya
– turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa
qo‘llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarni ratsional jihatdan
bir xilligini ta’minlash.
Fond bozori
– qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning
oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan
bozor.
FT-500
– Finansial Times tomonidan e’lon qilinadigan dunyoning
500 ta eng yirik TMKlari reytingi.
Do'stlaringiz bilan baham: |