277
Tashqi qarz –
mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik
korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan
qarzga olgan moliyaviy mablag‘larining jami hajmi.
Tashqi savdo
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
Tashqi savdo siyosati
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan
olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati.
Telekommunikatsiya
– simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit
tizimlardan foydalanib, signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki
boshqa ko‘rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish
jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: