Gnoseologiya
– bilish nazariyasi.
Deduktsiya
– tadqiqot yoki tavsiflash metodi, usuli bo‘lib, bunda ayrim
qoidalar umumiy xulosalar, aksiomalar, qoidalar, qonunlardan tadrijiy yo‘l bilan
keltirib chiqariladi.
Dezintegratsiya
– butunning ayrim qismlarga parchalanishi.
Deizm
– Xudo dunyoni yaratgach, unda ishtirok etmaydi va uning voqealari
tabiiy kechishiga aralashmaydi, deb hisoblaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Determinizm
– barcha voqealar va hodisalarning qonuniyligi va sababiy
bog‘langanligi haqidagi falsafiy ta‘limot.
Dialektika
– harakat, rivojlanish, o‘zgarish haqidagi falsafiy ta‘limot.
Do'stlaringiz bilan baham: |