FALSAFIY ATAMALAR (GLOSSARIY)
Agnostitsizm
– inson ob‘ektiv borliqni to‘liq bilishi mumkin emas, deb
hisoblaydigan falsafiy ta‘limot.
Antistsientizm
– fanning jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini salbiy
baholaydigan falsafiy nuqtai nazar.
Antropogen
– inson faoliyati bilan bog‘liq.
Antropotsentrizm
– dunyoni bilishda insonni ustun qo‘yuvchi falsafiy
yondashuv.
Aprior
– tajribadan tashqarida. Inson tafakkurida tajribada ko‘rilgunga qadar,
tajribadan qat‘iy nazar paydo bo‘lgan obraz, g‘oya, tushuncha.
Ateizm
– xudoning borligini inkor etuvchi falsafiy nuqtai nazar.
Do'stlaringiz bilan baham: |