Atribut
– xossa.
Bashorat –
kelajak haqidagi, ya‘ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin
rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar
ko‘rinishida hozirgi zamonda potentsial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar
haqidagi bilim.
Belgi
– boshqa bir predmet, xossa yoki munosabatni ifodalaydigan va
muayyan xabarni uzatish, saqlash yoki unga ishlov berishda ishlatiladigan moddiy,
hissiy idrok etiladigan predmet.
Garmoniya
– bir butun narsa qismlarining o‘zaro muvofiqligi.
Germenevtika
– falsafada – tarix, madaniyatni, o‘zga individuallikni
tushunish san‘ati.
Gipotetik
– ehtimol tutilgan, faraz qilingan, taxmin (gipoteza)ga asoslangan.
Globallashuv
– ijtimoiy hayotning turli jabhalarida yaxlit tuzilmalarning
dunyo miqyosida shakllanish jarayoni.
Globalistika
– globallashuv va uning oqibatlari mohiyatini anglab etishga
qaratilgan ilmiy va falsafiy tadqiqotlar fanlararo sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |