Axborot inqilobi
– fan-texnika inqilobining rivojlanish bosqichi bo‘lib, bunda
axborot o‘ta muhim resursga aylanadi.
Irratsionalizm
– borliqni oqilona mantiqiy bilish imkoniyatini rad etuvchi
nuqtai nazar.
Kauzallik –
sababiyat, sabab va oqibatning qonuniy aloqasi.
Kommunikatsiya
(keng ma‘noda) – muloqot. Ekzistentsializmda – muloqot
turi bo‘lib, uning yordamida «Men» o‘zini boshqa odamda topadi.
Konstitutsiyalash
– yaratish, belgilash, muayyan tashkiliy tus berish.
Konsyumerizm
– iste‘mol qilishga bo‘lgan kuchli ehtiyoj.
Koevolyutsiya
– birgalikda tadrijiy rivojlanish.
Kreatsionizm
– butun borliqni Xudo yaratgan deb hisoblaydigan diniy
ta‘limot.
Materializm
– dunyoning moddiyligidan va ongdan qat‘iy nazar
mavjudligidan kelib chiqadigan falsafiy yo‘nalish.
Do'stlaringiz bilan baham: |