Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet570/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   566   567   568   569   570   571   572   573   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

 
 

b). San‘at estetikasi 
―San‘at – mo‗jizadir. Yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki, unga faqat san‘at 
vositasidagina kirish mumkin‖.Ibn SINO 

San‘at – ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‗ziga xos shakli. San‘at inson mehnati, aql-
idroki, Shuuri bilan yaratilgan ijod mahsulidir. San‘at asarida shaxsning o‗ziga xos iste‘dodi namoyon 
bo‗ladi. San‘atning turli ko‗rinishlari voqelikni, undagi hodisa, narsa va holatlarni o‗zlariga xos usullar 


355 
yordamida aks ettiradi. (masalan, musiqada – tovushlar, ularning o‗zaro bog‗lanishi uyg‗unligi orqali, 
badiiy adabiyotda – so‗z, obrazlar orqali). Lekin Shu bilan birga ular o‗rtasida ma‘lum umumiylik 
mavjud. Bu umumiylik Shundan iboratki ularning hammasida voqelik badiiy-obrazli tarzda aks ettiriladi. 

San‘atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi 
davomida keskin bahs, tortiShuvlariga sabab bo‗lib kelgan. 

Masalan, ba‘zi san‘atkor va san‘atShunoslar uni ―tabiatning taqlidi‖ yo ―voqealikning ask 
ettirilishi‖ deb hisoblasalar, boshqalari san‘atni ―san‘atkorning sof shaxsiy 
ijodiy mahsuli‖, ―o‗z-
o‗zini izhor etishi‖dir, deb bilganlar. Bu san‘at predmetining murakkabligi uning xususiyatlari va 
shakllari, mujassamlashtirish usullarining xilma-xillligi hamda turli davrlarda san‘at nazariyotchilarining 
sinfiy v g‗oyaviy fikrlari o‗rtasidagi tafovutlar bilan izohlanadi. 

San‘atda go‗zallik kategoriyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Estetika fani go‗zallik 
san‘atning zarur sharti ekanligini, go‗zalliksiz san‘atning yo‗qligi va bo‗lishi mumkin emasligini uqtiradi. 
YA‘ni, go‗zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan narsalarning hammasi san‘atga 
aloqadordir.

San‘atning quyidagi ikki turi farqlanadi: amaliy va badiiy (nafis). Amaliy san‘at turlariga 
kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, zardo‗stlik, libos yaratish kabi sohalar kirsa, badiiy san‘at turlariga 
rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr, badiiy adabiyot kabilar mansub. San‘atda mazmun va 
shaklni bir-biridan ajratib bo‗lmaydi. San‘atning o‗ziga xos xususiyati uning voqealikning ilg‗or g‗oyaviy 
nuqtai nazardan turib badiiy obrazlarda aks ettirilishidir. San‘atning badiiy shakli til, uslub, obraz kabilar 
bo‗lib ular mazmunni ifodalash uchun xizmat qiladi. 

Insonning badiiy – ijodiy faoliyati rang-barang bo‗lib, u san‘at turlari yoki janrlarda namoyon 
bo‗ladi. Ular, o‗z navbatida, qator ko‗rinishlarga ega bo‗lishi mumkin. Umuman olganda, san‘at dunyoni 
badiiy – obrazli anglashning turli, ya‘ni umumiy va o‗ziga xos xususiyatga ega bo‗lgan usullar 
majmuasidan iborat tarixiy tizimdir. 

San‘at juda qadimiy tarixga ega. U jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni 
bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bog‗liq holda vujudga kela boshlagan. 

San‘atShunoslik – keng ma‘noda jamiyatning badiiy madaniyatini, umuman, san‘atni o‗rganish, 
tadqiq etish bilan Shug‗ullanuvchi ijtimoiy fanlar majmuidir. Bu majmuaga kiruvchi adabiyotShunoslik 
(filologiya fanlari sirasiga ham kiradi), musiqaShunoslik, teatrShunoslik,, kinoShunoslik va tor 
ma‘nodagi san‘atShunoslikdan iborat. Tor ma‘nodagi san‘atShunoslik tas‘viriy san‘at, amaliy bezak 
san‘ati va me‘morchilikni tadqiq etish bilan Shug‗ullanadigan ijtimoiy fan bo‗lib, san‘atShunoslik 
deganda, ko‗pincha uning Shu ma‘nosi ko‗zda tutiladi va keng ishlatiladi. Shu ma‘nodagi san‘at bir-biri 
bilan uzviy bog‗liq bo‗lgan uch tarmoq: a.San‘at nazariyasi; b.San‘at tarixi; v.Badiiy tanqiddan iborat.

San‘atShunoslik umuman, ana Shu tarmoqlar doirasida san‘atning borliqqa munosabati, uning 
tarixiy taraqqiyoti, ijtimoiy roli, jamiyat tarixiy taraqqiyoti ob‘ektiv qonunlari bilan bog‗liqligi, ijtimoiy 
tuzum va ishlab chqarish kuchlari darajasining san‘at va me‘morchilikka ta‘siri, san‘atning mazmuni va 
shakllari bilan bog‗liq masalalarni o‗rganadi. San‘atkorlarning ijodiy yo‗llarini tavsiflaydi, san‘at 
asarlarni tahlil etadi, ommalashtiriladi va targ‗ib qiladi. 

v). Me‘morchilik 

Me‘morchilik keng ma‘noda inson mehnatining muayyan sohasi sifatida juda qadim zamonlarda 
paydo bo‗lib, kishilarning eng zarur turmush ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan edi. Me‘morchilik 
jamiyatning amaliy foydali ehtiyojlarini qondirishni o‗zining zarur vazifasi va maqsadi qilib olingan. 
Me‘morchilik – me‘morlik san‘ati inson ijodiy faoliyatining qurilish bilan bog‗liq alohida turidir. 
Me‘morchilik – me‘morlik san‘ati tarixi, qonuniyatlari, nazariyasi, binolarning turi va uslubi, 
kompozitsiyasi kabi qator masalalarni o‗rganuvchi san‘at sohasidir. Inson dahosi va mehnati bilan 
yaratilgan muhit – turli-tuman binolar, inshootlar, shahar va qishloqlar me‘morchilik nomi bilan 
yuritiladi.

Me‘morchilik davr o‗tishi bilan o‗zgarib borib, jamiyat taraqqiyotidagi tuzumlarning tub 
mohiyatini o‗zida ifoda etadi. Me‘morchilik asari amaliy xizmatlari bilan bir qatorda, ma‘lum g‗oyaviy 
badiiy mazmun ham ifoda etadi. Me‘morchilik mahsuloti jamiyat moddiy madaniyatining tarkibiy 
qismini tashkil etadi va ayni vaqtda san‘at asari sifatida ham namoyon bo‗ladi. 


356 

Movarounnahrda 15-16 asrlarda Samarqand va Hirotda me‘morchilikning nodir namunalari 
yaratildi. Hashamatli jamoat binolari qad ko‗tardi. ―SHohi-zinda‖ majmuasidagi maqbaralari, 
SHahrisabzdagi ―Ko‗k gumbaz‖, YAssidagi ―Ahmad YAssaviy maqbaralari Shular jumlasidandir. O‗rta 
Osiyo me‘morchiligi va amaliy san‘atida asriy an‘analar takomillashtirildi. Bu me‘moriy obidalarning 
muhandisu me‘morlari go‗zallikning ob‘ektiv qonunlarni chuqur bilganlar va o‗z ijodlarida davrning 
g‗oyasi va ruhini bera olganlar. Ularning bu me‘moriy uslubi, naqshi, o‗ziga xos bo‗yoqlar jilosi beqiyos 
va takrorlanmasdir. Shu o‗rinda bobomiz Amir Temurning : ―Qudratimizga shak-Shubhangiz bo‗lsa, biz 
qurdirgan binolarga boqing‖ degan so‗larini eslash kifoya. 





Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   566   567   568   569   570   571   572   573   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish