Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Download 4,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet573/665
Sana02.02.2022
Hajmi4,31 Mb.
#425111
1   ...   569   570   571   572   573   574   575   576   ...   665
Bog'liq
falsafa etika va estetika mantiq (1)

e). Teatr, kino san‘ati 

An‘anaviy teatr tarixi juda qadimiy va boydir. Uning kurtaklari ibtidoiy jamoa davridayoq 
Yuzaga kelgan. YA‘ni teatr san‘ati ov va boshqa mehnat jarayoni aks etgan taqlidiy raqslar, jangovar va 
xalq o‗yinlari, tabiat kuchlariga topinish oqibatida Yuzaga kelgan marosimlar shaklida namoyon bo‗lgan. 
O‗zbekistonning ko‗pgina soylari va g‗orlaridan topilgan qoyatosh tasvirlari va bizgacha etib kelgan ba‘zi 
o‗yinlar Shundan dalolat beradi. 

Teatr unsurlari tobora murakkablashib borib, tabiatga, qush va hayvonlarga, ruhlarga 
bo‗lgan ishonch-e‘tiqodlar, zardushtiylikdan kelib chiqadigan turli-tuman urf-odatlar, marosimlar bilan 
chatishib ketib, asrlar osha o‗ziga xos tomosha san‘atini vujudga keltirgan. Mil av. 7 – 6-asrlardayoq 
Turonda zardushtiylik va uning muqaddas kitobi Avesto bilan aloqador ikki toifa – kulgili va qayg‗uli 
tomoshalar shakllangan. Siyovush afsonaviy va ilohiy timsolga aylantirilib, unga teatr san‘atining piri 
sifatida e‘tiqod qilingan. Shu tarzda Turon teatr san‘ati keng malakali taraqqiyot yo‗liga tushib oladi, 
ya‘ni diniy marosimlar qobig‗idan chiqib, dunyoviy mazmun kasb etadi, inson hayoti, ijtimoiy 
munosabatlarni tasvirlashga e‘tibor kuchayadi. Mahalliy teatr, ayniqsa, 6-7 asrlarda yaxshi rivojlanadi; 
Turon mulkidan chiqqan cholg‗uchilar, xonandalar, raqqosalar, o‗yinchilar ipak yo‗li orqali qo‗shni 
yurtlarga safar qiladilar. Xitoy yilnomalarining ko‗rsatishicha, masalan, Turon san‘atkorlarining Xitoyga 
ta‘siri 4-asrdan kuchaya boshlaydi, 6-asrda ular shohanshoh saroyidan o‗rin oladilar, 7-asrda esa 
Xitoy poytaxti CHan-anning barcha ko‗ngil ochar joylarini egallaydalar.

Teatr ayniqsa Mirzo Ulug‗bek davrida (1394-1449) Movarounnahrda, Husayn Boyqaro davrida 
(1469-1506) Xurosonda taraqqiy topdi. Eng sara olimu fozillar, san‘at va hunar ahllari to‗plangan 
Samarqand va Hirot shaharlarida xonanda, sozandalarning o‗nlab uyushmalari bo‗lib, ular saroyda va 
xalq orasida tomosha berganlar. Bir qancha shaharlarda maxsus tomoshagohlar, sayilgohlar ishlab turgan. 

18-asr oxiri-19-asr boshida Turkistondagi xonliklar davrida an‘anaviy teatrda o‗ziga xos 
ko‗rinishlar paydo bo‗ladi. Buxoro amirligidagi yirik shaharlarda masxaraboz, qo‗g‗irchoqboz, raqqos va 
boshqa o‗yinchilarning uyushmalari vujudga kelib, bu o‗z navbatida ularning repertuarining boyishiga va 
ijrochilik mahoratining oshishiga olib boradi. Xorazm an‘anaviy teatrida ikki turkum tomoshalar – to‗kma 
va xatarli o‗yin yaxshi shakllanadi, masxarabozlar o‗z chiqishlarida tomosha san‘atining barcha 
vositalaridan uyg‗un foydalanadilar. Farg‗ona vodiysi va Toshkentda qiziqchilik va askiya taraqqiy etib, 
so‗z san‘atiga alohida e‘tibor beriladi. 

Rossiya mustamlakachiligi davrida Turkiston o‗lkasiga o‗z g‗oyaviy-estetik xususiyatlari 
bilan mahalliy an‘anaviy teatrdan keskin farq qiluvchi rus, keyinroq tatar va ozarbayjon teatr to‗dalari 
kirib kela boshladi. O‗zbek madaniyatining ilg‗or namoyondalari (Furqat, Ahmad Donish, Behbudiy, 
Abdulla Avloniy va boshqalar) ular ko‗rsatgan tomoshalarga katta qiziqish bilan qarab, mahalliy 
ziyolilarni ulardan o‗rganishga chaqirdilar. Shu tarzda Yangi ko‗rinishdagi milliy teatrni yaratish harakati 
Yuzaga keldi. Bu ishda jadidlar, ya‘ni ma‘rifatparvarlar bosh-qosh bo‗ldilar. 

1911 yil dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi. Mahmudxo‗ja Behbudiyning 
―Padarkush yoki o‗qimagan bolaning holi‖, Abdurauf Samadovning ―Mahramlar‖ va Fitratning ―Bir 
farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari‖ pesalari Shular jumlasidan. Shundan, 
ayniqsa‖ milliy istiqlolning otashin jarchisi Mahmudxo‗ja Behbudiyning ―Padarkush‖ dramasi 
ma‘rifatparvarlik g‗oyalarini yorqin ifodalagani bilan e‘tiborli bo‗ldi. 

1914 yil Samarqandda Behbudiy boshchiligida tashkil etilgan birinchi o‗zbek havaskorlik 
teatr guruhi uning ―Padarkush‖ dramasini sahnalashtirildi. O‗sha yili Toshkentda Abdulla Avloniy tuzgan 
teatr to‗dasi ham ―Padarkush‖ bilan ochildi. 

O‗zbekistonda faoliyat ko‗rsatayotgan teatrlarning soni asta-sekinlik bilan orta bordi. 
Andijon (1919), Qo‗qon (1919), Xiva (1922), Buxoro (1922)da teatrlar tashkil etildi. Buxoro teatrining 
dunyoga kelishida Mannon Uyg‗urning xizmati katta bo‗ldi. Andijon, Qo‗qon teatrlari, ayniqsa milliy 
dramaturgiyaga alohida e‘tibor berdi. ―Boy ila xizmatchi‖, ―Tuhmatchilar jazosi‖, ―Zaharli hayot‖, 
―Turkiston tabibi‖ (M.Uyg‗ur), ―YOndiramiz‖ (K.YAshin) va boshqalar Shular jumlasidan. 


358 

Urush yillarida o‗zbek teatri namoyandalari bir qancha Yangi spektakllar yaratdilar. 
(H.Olimjon – ―Muqanna‖, M.SHayxzoda – ―Jaloliddin Manguberdi‖ va boshqalar). 

50-60 yillarda Abdulla Qahhorning ―SHohi so‗zana‖ komediyasi, maqsud SHayxzodaning 
―Mirzo Ulug‗bek‖, U.SHekspirning ―YUliy Sezar‖ va ―Qirol Lir‖ tragediyalari asosida yaratilgan 
spektakllar mazmunan teranligi, falsafiy mushohadalarga boyligi va badiiy bo‗yoqlarining rang-
barangligi bilan tomoshabinlar e‘tiborini jalb etganlar. 

Teatr san‘ati vaqt va o‗rin belgilariga ega. Spektakilda ko‗pgina san‘at turlari qatnashadi. 
Undagi buyum jihozlar, sahna bezaklari, kiyim-kechak va nihoyat aktyorning o‗zi muayyan fazoli 
xususiyatga ega. Spektaklda vaqt mezoni ham muhim o‗rin tutadi. Aktyor mahorati teatr san‘atining 
barcha shakllari uchun muhim xususiyatdir. Teatr san‘atining tub va nodir xususiyatini aktyor maxorati 
tashkil etadi. Teatr san‘atining boshqa qismlari aktyor ijodini Yuzaga chiqarish uchun xizmat qiladi.

Teatrning bir qancha turlari mavjud. Masalan, dramma teatri, qo‗g‗irchoq teatri, opera va balet 
teatri, musiyqiy dramma teatri, bir aktyor teatri. Teatr san‘ati aktyorlarining ijrochilik mahoratiga bog‗liq 
izlanishlari natijasida shakllanadi. 

Shunday san‘atkorlar bo‗ladiki, ismi sharifini tilga olsangiz, ularning sahnada ijro etgan 
obrazlari ko‗z oldingizda gavdalanadi. Abror Hidoyatov – Ottelo, Shukur Burhonov – SHoh Edip, Sora 
Eshonto‗raeva – Jamla, Nabi Rahimov – Xlestakov, Zaynab Sadrieva – Farmon bibi, Soib Xojaev – 
Toshbolta, G‗ani A‘zamov – Usta Mo‗min, Obid YUnusov – O‗tkuriy, Maxmudjon G‗ofurov – Tohir.

Kino.
Ilk film namoyishi Toshkentda 1897 yil o‗tkazilgan. Dastlab O‗zbekistonda filmlar turli 
millat rejissyorlari tomonidan namoyish etilgan. O‗rta Osiyo xalqlari hayotini tasvirlashga urinib 
ishlangan filmlar mazmuni mahalliy xalq turmushidan juda yiroq edi. Birinchi bo‗lib milliy urf-odatlar, 
xalq mehnati, uning tashvish va quvonchlarini o‗z lavhalarida yorqin va to‗g‗ri ifoda etgan kinooperator 
Xudoybergan Devonov bo‗lib, o‗zbek kinosining shakllanishida uning xizmatlari katta. Dastlab O‗rta 
Osiyo bo‗yicha bor-yo‗g‗i 40 ta kichik kinotaetr bo‗lgan (20 tasi Toshkentda). O‗zbekiston hududiga 
joylashgan kinoteatrlar faqat eng katta shaharlarda va aynan evropaliklar joylashgan qismlargagina 
qurilgan. ―Eski shahar‖ga o‗xshash mahalliy xalqlar zich joylashgan mahallalarga umuman qurilmagan. 
Faqat musulmonlarning bayramlaridagina kinoprokatchilar tomonidan urf-odatlar, bozor hayoti, mahalliy 
xalqning yurish-turishi, Toshkent va o‗lka ko‗rinishlari, evropaliklar hayoti, Buxoro amiri hayotidan 
lavhalar tushirilgan lentalarni ochiq havoda namoyish etganlar. 

30-yillarga kelib kinoda anchagina milliy kadrlar etishib chiqdi. M.Qayumov, H.Sulaymonov, 
A.Rahimov, SH.Zohidov, A.Rahmonov, A.Saidov Shular jumlasidan. ―Avliyo qizi‖, (rej. O.Frelix), 
―So‗ngi bek‖ (rej. CH.Sabinskiy), ―YUksalish‖, ―Ramazon‖ (rej. N.G‗aniev), ―O‗lim qudug‗i‖ (rej. 
N.Klado), ―Qlich‖ (raj. Y.A‘zamov), ―Yigit‖ (rej. N.G‗aniev) singari filmlar ishlandi. Ovozsiz kino 
davrida o‗zbek kinosining shakllanishi va rivoj topishiga rus rejissyor va aktyorlari bilan birga N.G‗aniev, 
K.YOrmatov, R.Pirmuhamedov, S.Xo‗jaev, E.Hamroev, Y.A‘zamov, M.Qayumov kabi etishib chiqqan 
yosh milliy kino san‘ati vakillari ham salmoqli hissa qo‗shdi. 

1940 yil O‗zbekistonda birinchi to‗qmachilik kombinati haqida ―Asal‖ (rej. M.Egorov, 
B.Kazachkov) filmi yaratildi. Film musiqali sahnalar, qo‗shiqlarga boy bo‗lib, bosh rolni H.Nosirova ijro 
etgan. 

40-yillar suratga olingan ―Tohir va Zuhra‖, ―Nasriddinning sarguzashtlari‖ (1945, 1946, rej. 
N.G‗aniev), ―Alisher Navoiy‖ (rej. K.YOrmatov) kabi filmlar o‗zbek kinematografiyasining yirik yutug‗i 
bo‗ldi va ular o‗zbek kinosining oltin fondidan o‗rin oldi. 

1941-45 yillarda ―Ikki jangchi‖ (rej. L.Lukov), ―Nasriddin Buxoroda‖ (rej. YA.Protazanov), 
―217-kishi‖ (rej. M.Romm), YOqut rangli yulduzlar‖ (rej. A.Usolsev) kabi filmlar chiqarildi. 

―Temir erkak‖ (1991, rej. I.Ergashev), ―Kammi‖ (1991, rej. J.Fayziev), ―Tushlarida g‗amgin 
yig‗layman‖, (1991, rej. S.Nazaprmuhamedov), ―Ko‗zlarim yo‗lingda‖ (1991, rej. F.Musajonov, 
M.Abzalov), ―Qiyomat kuni‖ (1992, rej. D.Abdullaev), ―O‗g‗riyam odam‖, ―SHarif va Ma‘rif‖, ―Tilla 
bola‖ (1992, 1993, 1994, rej. I.Ergashev), ―Kim jinni‖ (1992, rej. A.Hamroev), ―Gunoh‖, ―Gunoh-2‖, 
―Tavba‖ (1992, 1994, rej. F.Haydarov), ―Odamlar...‖ (1993, rej. M.Mansurov), ―Dalol‖ (1993, rej. 
B.Odilov), ―Qaltis o‗yinlar‖ (1993, rej. Z.Royzman), ―Qarib quyulmagan‖ (1993, rej. M.Abzalov), 
―Ehtiros qurbonlari‖ (rej. A.Ismoilov, O.Ubaydullaev), ―Taqdir eshigi‖ (1994, rej. L.Fayziev), ―Tong 


359 
otguncha‖ (1994, rej. YU.Azimov), ―Bomba‖ (1994, rej. Z.Musaqov) va boshqalar o‗sha yillar 
mahsulidir. 

Respublika kinematografiyasini tashkil etish darajasi hamda uning O‗zbekiston xalqining 
ma‘naviy-axloqiy kamolotida tutgan o‗rnini oshirish, ko‗p asrlik ma‘naviy, madaniy qadriyatlar va milliy 
an‘analarni qayta tiklash hamda boyitish, Shuningdek bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda 
milliy kinematografiya taraqqiyotini davlat yo‗li bilan qo‗llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi 1996 yilda ―O‗zbekkino‖ Davlat aksionerlik 
kompaniyasiga aylantirildi. 


Download 4,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   569   570   571   572   573   574   575   576   ...   665




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish